BICHERSTOU haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BICHERSTOU haqida malumot bilib oling.

BICHERSTOU (BeecherStowe) Garriyet (1811, 14.6, Lichfild 1896, 1. 7, Florida) — amerikalik adiba. Ijodini lavha yozishdan boshlagan. Bicherstou nomini jahonga taratgan «Tom togʻaning kulbasi» (1852) romani Amerikada ijtimoiyiqtisodiy ziddiyatlar keskinlashuvi, negrlar qulligiga qarshi kurash ifodasi sifatida dunyoga keldi. Unda quldorlikning mudhish koʻrinishlari zoʻr mahorat b-n tasvirlangan. Bicherstou «Tom togʻaning kulbasiga kalit» (1853) da quldorlik dahshatlari haqidagi hujjatlarni eʼlon qiladi. «Dred, laʼnati botqoqlik haqida qissa»da (1856) negrlar qulligi masalasini islohotlar bilan hal etib boʻlmasligini koʻrsatadi. Boshqa asarlari ham ijtimoiy masalalarga bagashlangan. «Tom togʻaning kulbasi» asari Sharif Rizo tomonidan uzbek tiliga tarjima qilingan (1948).

Ensiklopediya.uz
BICHERSTOU