Zreniyasi past ayollar farzand ko’rganida ko’ziga zarari bormi? to’liq malumot oling

Zreniyasi past ayollar farzand ko’rganida ko’ziga zarari bormi? to’liq malumot oling

📍Zreniyasi past ayollar farzand ko’rganida ko’ziga zarari bormi?🤔

🔴Bunda ko’pchilik: tuqqanda zreniya tushib ketadi, yoki homilaga salbiy ta’sir qiladi deyishadi.

Bu gap ma’lum darajada to’g’ri, ma’lum darajada noto’g’ri.

💊Tug’ish jarayonida zreniyaning tushib ketishi bu miopiyaga bog’liqmas, balki ko’zni o’rab olgan pardalarga bog’liq.

💊Ko’zning diametri normada 23-24 mm.

Bunda har 1 mm ga o’sish, ko’zning -3 ga o’zgarishini anglatadi.

Masalan: sizning ko’zingiz -6 deb olaylik, bunda ko’zning diametri 26 mm bo’ladi, ya’ni ko’z cho’zilgan. Bunday bemorlarda ko’zni o’rab turuvchi pardalar noziklashgan bo’lishi mumkin.

Manashunday hollardagina tug’uriq jarayoniga ruxsat berilmaydi va faqatgina kiserva yo’li bilan tug’ishga ko’rsatma beriladi.

💊Agarda xuddi shu holatda, ya’ni -6 zreniyali ayolda ko’zni qoplab olgan pardalar o’z holida erkin va noziklashmagan bo’lsa, demak siz bemalol farzand ko’rsangiz bo’ladi va bu sizga ham, farzandingizga ham xavf solmaydi

⏩Demak, bu holatdan shunday xulosa qilamizki, zreniyaning nechchiligi bilan tug’uriq jarayonini belgilamaymiz, balki ko’zni o’rab turuvchi pardalarning holatiga e’tibor berishimiz kerak. Buni esa albatta «oftalmolog» shifokori tekshirib aniqlaydi.

Ko’zning zreniyasini qanday dori bilan davolasa bo’ladi degan savol ham ko’pchilikni qiynaydi?

👨🏻‍⚕️Javob: Hech qanday dori vositasi ko’zning zreniyasini o’z holiga qaytarmaydi, faqatgina zreniya pasayishini sekinlashtirishi mumkin, bular: «a» vitaminiga boy mahsulotlar va dorilar hisoblanadi.

Eng yaxshi yo’l ko’zga mos ochki, kontakt linza(bolalarga tavsiya qilinmaydi) va lazer operatsiyasi(18 yoshdan boshlab)

@tashxis1

Ayollar uchun
Zreniyasi past ayollar farzand ko’rganida ko’ziga zarari bormi?