BOʻZGONTEPA haqida malumot bilib oling.
BOʻZGONTEPA, Buzgontepa — arxeologik yodgorlik (mil. 1—16-a. lar). Toshkent sh. ning sharqiy chekkasida (Chingeldi degan joyda), Chirchiq daryosining oʻng sohilida joylashgan istehkomsiz arkli qishloqxarobasi. 1949-y. I. Baishev va M. Masson tomonidan qayd qilingan. 1978—79 y. larda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (I. A. Ahrorov, Oʻ. Alimov) B. ning 1—3a. lardan mavjudligini va Hovunchi madaniyatiga mansub dehqonchilik qishlogʻining xarobasi ekanini anikladi. 3-a. da xom gʻishtlardan bino qilingan mudofaa devori arkning mustahkam fortifikatsiya inshooti boʻlib qolgan. U 6 — 8-a. larda qoʻshimcha tashqi mudofaa devorlari bilan bir necha bor mustahkamlanib, Chirchiq sohilida Choch poytaxti va uning dehqonchilik vohasini shim. sharq tomondan keladigan koʻchmanchilardan toʻsib turgan muhim istehkomga aylangan. 8-a. 1choragida arab fotixlari tomonidan vayron qilingan. 10—12-a. larda qayta tiklanib, Movarounnahrdan oʻtgan savdo yoʻlining shim. qismidagi muhim qarorgohdan biriga aylangan. Bu davrda u arab manbalarida Jabgʻukash deb atalgan va Choch poytaxti Binkatdan 2 farsax uzoklikda Chirchiq sohilida joylashgan. 13-a. boshida moʻgʻullar bosqini vaqtida vayron boʻlgan. Boʻzgontepa 14-a. oxiri — 15-a. dan qayta tiklanib, Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻlidagi soqchilik qarorgohlaridan biri sifatida vodiyda muhim rol oʻy nagan.
Ensiklopediya.uz
BOʻZGONTEPA