Oʻzbekistonda soʻngi oʻn yillikda YIM hajmi qancha boʻlgan? to’liq malumot oling
Oʻzbekistonda soʻngi oʻn yillikda YIM hajmi qancha boʻlgan?
Mazkur davrdagi ko‘rsatkichlarga qaralsa, O‘zbekiston YIM hajmi 791,8 trln so‘mga ko‘payganini ko‘rish mumkin(rasmda).
2022-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha YIMning shakllanishida Toshkent shahri 16,6 foiz ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.
Toshkent va Navoiy viloyatlari 10,5 foiz va 7,5 foiz ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. O‘zbekiston YIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (2 %) va Jizzax (3,1 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
2020-yilda pandemiya sababli YIM o‘sish ko‘rsatkichi 1,6 foizni tashkil qilgandi. Qolgan yillarda esa o‘sish ko‘rsatkichi doimiy tarzda 5 %dan yuqori bo‘lgan.
2023-yil oxiriga kelib YIM hajmi 5,3 foizga o‘sishi kutilmoqda (https://daryo.uz/2023/02/06/ozbekistonda-songgi-on-yillikdagi-yim-hajmi-qanday-bolgan).
Boshqa mavzular
Oʻzbekistonda soʻngi oʻn yillikda YIM hajmi qancha boʻlgan?