Davlat korxonalariga asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan yangi ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish yoki qurish taqiqlandi to’liq malumot oling

Davlat korxonalariga asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan yangi ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish yoki qurish taqiqlandi to’liq malumot oling

davlat korxonalariga asosiy faoliyatiga xos bolmagan yangi kochmas mulk obektlarini sotib olish yoki qurish taqiqlandi 1

2022-yil 1-iyuldan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish va ijroiya organi a’zolarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yagona siyosat joriy etildi.

Shu bilan birga, ijroiya organi a’zolariga to‘lanadigan har qanday qo‘shimcha to‘lovlar, yil davomidagi ish haqi va mukofotlardan tashqari, bekor qilindi.

Davlat ishtirokidagi korxonalarga quyidagilar taqiqlanadi:
asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan yangi ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish yoki qurish;
raqobat rivojlangan sohada asosiy faoliyatidan tashqari qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanish;
asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalida ishtirok etish yoki undagi ulushni sotib olish taqiqlandi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklar tomonidan mulkni sotish, boshqa korxonaga investitsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalar korxonalar kuzatuv kengashi bilan kelishilishi shart.

Davlat korxonalarining homiylik xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof daromadning 3 foizidan oshmasligi kerak.

Foydali Maslahatlar
Davlat korxonalariga asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan yangi ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish yoki qurish taqiqlandi