Pedagogik kreativlik to’liq malumot oling

Pedagogik kreativlik: pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bо‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
Mundarija скрыть
1-yo‘l: kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy e’tibor markazida bo‘lib, talabalar fe’llar ѐrdamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo‘naltiriladi. Xususan, o‘qituvchilar kreativ fikrlash ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe’llarning bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa, talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’riflab bering” mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi “ta’riflab bering” tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra “mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o‘ting” deyish bilan teng. Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so‘z (fe’l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo‘liga ko‘ra pedagoglar turli, antiqa, noan’anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so‘z (fe’l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. M: “bog‘liqlikni toping”, “yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni mantiqan baѐn eting”, “tasavvur qiling” kabi so‘z (fe’l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi. Agarda pedagog talabalardan “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’riflab berish”ni talab qilish o‘rniga, “yurak va qon aylanish tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikning barcha turlarini keltirish”ni so‘rashi lozim. Natijada talabalar ham mavjud bilimlarni umumlashtirish, ham yangi fikr va g‘oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pedagoglar birinchi yo‘lni qo‘llash – talabalarda kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda ѐsh o‘qituvchilarning “Kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
4-yo‘l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo‘lni tutishda pedagog talabalarga “Odamning qon aylanish tizimi” mavzusida Power Point dasturi ѐki mul’timediya ѐrdamida taqdimotni yaratish topshirig‘ini berishi mumkin. Taqdimotni tayѐrlash jaraѐnida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi. Talabalar o‘zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to‘la namoѐn qilishlari mumkin. Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini samarali shakllantirish ѐki rivojlantirish mumkin bo‘lmaydi. Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.Bu jaraѐnda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar (3-mavzu) muhim ahamiyat kasb etadi. Kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar o‘rganaѐtgan mavzuning mazmuni, o‘quv axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000). M: talabalar “Immigratsiya hodisasining mohiyati”ni “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o‘rganish jaraѐnda, eng avvalo, strategiyaning o‘zi nimaligini, uni qanday qo‘llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim. Muayyan omillar pedagoglarda kreativlik sifatlari, malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jaraѐnda o‘qituvchilar ushbu omillarni barataf etishga e’tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi:

2 — yo‘l:  a maliy  kreativ  harakat  ko‘nikmalarini  rivojlantirish.

Pedagoglar  talabalarda  kreativ  harakat  ko‘nikmalarini  shakllantirish  va rivojlantirishda  ko‘rsatmali  metod  va  usullardan  foydalanadi.  Bu o‘rinda  savollardan  foydalanish  faqat  qisqa  muddatda  ѐrdam  berishi mumkin,  biroq,  talabalara  interfaollik  va  kirishimlilikni rivojlantirmaydi.

3- yo‘l:  kreativ  faoliyat  jaraѐnlarni  tashkil  etish.  Mazkur  yo‘l talabalarni  muammoni  yechish  va  innovasion  g‘oyalarni  ilgari  surish jaraѐnida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beradi. Mazkur jaraѐnlarda kreativ  metod  va  usullar  faol  qo‘llanilmasa-da,  kreativ  fikrlash  yuz beradi.  M:  “Yurak  va  qon  aylanishi  tizimi  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni topish”  (Isaksen & Treffinger, 1985). Topshiriqni bajarar ekan, talabalar odamning qon aylanishi tizimi bilan bog‘liq turli muammolarni tahlil qiladi.  Natijada  ushbu  jaraѐnda  ko‘p  tomonlama  fikrlash,  mushohada yuritish ro‘y beradi.

4-yo‘l:  kreativ  mahsulot  (ishlanma)lardan  foydalanish.  Bu yo‘lni  tutishda  pedagog  talabalarga  “Odamning  qon  aylanish  tizimi” mavzusida   Power  Point  dasturi  ѐki  mul’timediya  ѐrdamida  taqdimotni yaratish  topshirig‘ini  berishi  mumkin.  Taqdimotni  tayѐrlash  jaraѐnida talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalari faol rivojlanadi. Talabalar  o‘zlarining  kreativ  fikrlash  qobiliyatlarini  qulay muhitda  to‘la  namoѐn  qilishlari  mumkin.  Agar  talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo‘rquv hissi mavjud bo‘lsa, fikrni  noto‘g‘ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ  fikrlash  ko‘nikmalarini  samarali  shakllantirish  ѐki rivojlantirish  mumkin  bo‘lmaydi.  Talabalarda  kreativlikni  odatga aylantirish  orqaligina  kreativ  fikrlash  ko‘nikmasini  muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.Bu jaraѐnda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va  kreativ  fikrlash  ko‘nikmalarini  baholashda  qo‘llaniladigan  metod  va vositalar (3-mavzu) muhim ahamiyat kasb etadi. Kreativ  xarakterga  ega  muhitdagina  talabalar  o‘rganaѐtgan mavzuning  mazmuni,  o‘quv axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani  tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000).  M:  talabalar  “Immigratsiya  hodisasining  mohiyati”ni  “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o‘rganish jaraѐnda, eng avvalo, strategiyaning o‘zi nimaligini, uni qanday qo‘llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim. Muayyan  omillar  pedagoglarda  kreativlik  sifatlari,  malakalarini rivojlantirishga   to‘sqinlik  qiladi.  Shu  sababli  pedagogik  jaraѐnda o‘qituvchilar  ushbu  omillarni  barataf  etishga  e’tibor  qaratishlari  lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi:

1)  o‘zini tavakkaldan olib qochish;

2)  fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish;

3)  shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;

4)  boshqalarga tobe bo‘lish;

5)  har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash

Darsliklar
Pedagogik kreativlik