Gripp yoki shamollash: qanday farqi bor? to’liq malumot oling
Gripp yoki shamollash: qanday farqi bor?
Grippni shamollashdan farqlashda, hatto, shifokorlar ham xatolikka yoʻl qoʻyishlari mumkin. Chunki ularning belgilari bir-biriga juda oʻxshash. Shamollash tomoq qirilishi va burun bitishidan boshlanadi, undan keyin yoʻtal paydo boʻladi. Yoʻtal quruq yoki balgʻamli boʻlishi mumkin. Bir necha kun davomida tomoq ogʻriydi, burun bitib qoladi, tana harorati ham biroz oshadi, holsizlik, bosh ogʻrigʻi bezovta qiladi.
Gripp shamollashdan farqli oʻlaroq, birdaniga paydo boʻladi va “toʻla hajmda ish boshlaydi”. Uning oʻziga xos belgilari: bosh ogʻrigʻi, boʻgʻimlarning zirqirashi, quruq yoʻtal, ogʻriq va tomoqning boʻgʻilishi. Tana harorati 41 darajagacha koʻtariladi va titroq bilan kechadi. Bemor umumiy zaiflikni his qiladi, koʻproq uxlagisi keladi.
Oddiy shamollash belgilari bir necha kundan keyin pasayib, taxminan, 1 haftadan keyin butunlay oʻtib ketadi. Gripp esa uzoqroq davom etadi: odam 1 hafta mobaynida butunlay yotib qoladi. Toʻla sogʻayib ketishi uchun bir necha hafta kerak boʻladi.
Nemislarning vaksinatsiya boʻyicha doimiy komissiyasi (STIKO) har yili grippga qarshi emlashni tavsiya etadi. Chunki, surunkali kasalliklardan aziyat chekadiganlar, homiladorlar va 60 yoshdan oshganlar uchun grippni yuqtirish juda xavflidir. Shuningdek, komissiya kasbiga koʻra koʻp odamlar bilan ishlaydiganlarga (misol uchun tibbiyot xodimlari, jamoat tashkilotlarida ishlaydiganlar) ham emlanishi kerak, deb hisoblaydi.
Antibiotiklarni qachon qabul qilish kerak?
Shamollash kasalliklari va grippga viruslar sabab boʻladi. Viruslarga antibiotiklar mutlaqo taʼsir qilmaydi. Shuning uchun ularni qabul qilishdan maʼni yoʻq.
Bakteriyalarga antibiotiklar har xil taʼsir qiladi: yo butunlay mavh etadi yoki rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi. Masalan, penisillinlar, bakteriya hujayralarining sintezlanishiga yoʻl bermaydi, natijada hujayra yoriladi va bakteriya halok boʻladi.
Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, antibiotiklarni bakterial infeksiyali kasalliklarda qoʻllagan maʼqul. Gohida ular ham viruslar bilan birgalikda rivojlanishi mumkin. Bakteriya zaiflashgan immun tizimi orqali organizmga kiradi. Pnevmoniya, tonzillit, sistit, meningit kabi kasalliklarni odatda bakteriyalar chaqiradi va bunday hollarda antibiotiklardan foydalanish kerak..
Kasalliklar
Gripp yoki shamollash: qanday farqi bor?