«Dasturlashni o’rganmoqchiman, qaysi tilni tanlay?» haqida to’liq ma’lumot oling

«Dasturlashni o’rganmoqchiman, qaysi tilni tanlay?» haqida to’liq ma’lumot oling

DO`STLARGA ULASHING:

«Dasturlashni o’rganmoqchiman, qaysi tilni tanlay?»

Dasturlashdagi eng qiyin narsa — uni boshlash. Ikkinchisi esa qaysi tilni tanlash va uni o’rganish. Agar sizni ham shu savol qiynasa, post aynan siz uchun.

TIOBE statistikasiga qarasak, 1-o’rinni C tili egallab turibdi. 2-o’rin Python, 3-o’rin esa o’sha afsonaviy Java. java yil boshida liderlikni hech kimga bermayotgan edi. Ammo ko’nglim sezganidek, Java’ning reytingi tushib ketdi, kutganimdek Python yuqoriga otildi.

Dasturchi sifatida sizga Python, PHP, Node.JS, React.JS yoki front-end sohasi sizga ma’qul bo’lsa (sayt dizayni, tashqi ko’rinishi) HTML, CSS va Javascriptni o’rganing. Institutda o’rgatiladigan C++ ga frilansda talab yo’q. Frilans bozorida asosan back-end uchun python, PHP, yoki Node’ga talab yuqori. Chunki ushbu tillar bilan saytning server qismini sifatli optimizatsiya qilish mumkin, va shuning uchun ham talab anchagina yaxshi.

Front-end sohaga ham talab yuqori. Chunki mijoz uchun saytning dizayni muhim omil. Agar fantaziyangiz boy, kreativ fikrlasangiz — marhamat, front-end sizga to’g’ri keladi.

2-savol — tillarni qayerdan o’rgansam bo’ladi?

Turli o’quv markazlaridan, yoki YouTube. Hozirda Youtube da ham o’zbekcha sifatli kontent ko’payyabdi, izlang, toping o’rganing.

Malumotlar
«Dasturlashni o’rganmoqchiman, qaysi tilni tanlay?»