BANGKOK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BANGKOK haqida malumot bilib oling.

BANGKOK, B a n k o k — Tailand poytaxti. Mamlakatning jan. da, Menamchao-Praya daryosining chap sohilida (oʻng sohilida Bangkokning bir qismi — Tonburi joylashgan). Aholisi 5,5 mln. kishi (1993). Koʻpchiligi siyomliklar, qisman xitoylar. B. mamlakatning eng katta shahri, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik tashqi savdo porti, xalqaro miqyosdagi aeroport bor. B. da mamlakat sanoat korxonalarining yarmidan koʻpi, jumladan eng yirik kemasozlik, taxta tilish, qogʻoz, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, toʻqimachilik f-kalari, metal-lsozlik, mashinasozlik, badiiy hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Shahar atrofida sement, neftni qayta ishlash, traktor va avtomobil yigʻuv z-dlari bor. Sholi oqlash poytaxt sanoatining asosiy tarmogʻidir. Mamlakatning 75% eksporti va 90 % importi Bangkok orqali oʻtadi. Un-t (1917), ijtimoiy fanlar unti, tasviriy sanʼat unti, tibbiyot, q. x., politexnika in-tlari, radiostansiyalar va telemarkaz, milliy muzey, kutubxonalar, oʻnlab teatr va kinoteatrlar bor. Bangkokning markaziy qismida qirol qarorgohi, asosiy maʼmuriy va hukumat binolari, saroylar, budda ibodatxonalari joylashgan. Tailandning qadimiy poytaxti Ayutiya sh. Birma qoʻshinlari tomonidan (1767) buzilgandan keyin qirol qarorgohi 1769-y. B. ga koʻchirildi va 1782-y. B. rasman poytaxt deb eʼlon qilindi.

Ensiklopediya.uz
BANGKOK