BORODINO XAZINASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BORODINO XAZINASI haqida malumot bilib oling.

BORODINO XAZINASIjez davri yodgorligi (mil. av. 14—13-a. lar). Bessarabiya xazinasi nomi bilan ham yuritiladi. 1912-y. BelgorodDnestrovskiy sh. yonidagi Borodino qishlogʻi yaqinidan topilgan. Borodino xazinasi asosan kumush buyumlarga oltin suvi b-n ishlov berilgan qurolaslahalardan iborat. Ular qabila boshligʻi yoki lashkarboshiga tegishli boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Borodino xazinasi jangovar tosh boltalari shakl jihatidan Kavkaz boltalarini eslatadi. Borodino xazinasi nayzalariga oʻxshash nayzalar Volga boʻyi, Kavkaz va Gʻarbiy Sibirdagi jez davri yodgorliklarida uchrab turadi. Borodino xazinasi gurzilari koʻproq Qora dengiz boʻyi va Kavkaz qabilalarining gurzilarini eslatadi. Bu oʻxshashliklar jez davrida yashagan Bessarabiya qabilalarining Qora dengiz shimoli, Kavkaz, Volga boʻyi va Gʻarbiy Sibir r-nlari, shuningdek Bolqon ya. o. qabilalari bilan madaniy aloqada boʻlganligidan dalolat beradi. Borodino xazinasi buyumlari Moskvadagi Tarix muzeyida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
BORODINO XAZINASI