BOLGAR QALAMPIRI haqida malumot bilib oling.
BOLGAR QALAMPIRI (Capsicum annuum L) , chuchuk garmdori — tomatdoshlarga mansub bir yillik sabzavot ekini. Vatani — Amerika. Barcha mamlakatlarda yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda, ayniqsa Oʻzbekistonda koʻp ekiladi. Tupi oʻrtacha, tik, kam barg, yashil. Koʻkarib chiqqandan keyin mevasi 130— 138 kunda yetiladi. Bargi yirik (boʻyi 10—11 sm, eni 5—6 sm), tuxumsimon, yashil. Gultoj barglari oq, gulkosasi yalpoq. Mevasi oʻrtacha, boʻyi 8—8,5 sm, eni 4,5—5 sm, ogʻirligi 60—115 g, yashil, ayrim navlari pishganda kizil rangga kiradi. Pusti dagʻalroq, eti 2—3 mm, tarkibida 10 — 11% quruq modda, 2—6% qand, kraxmal, 1,5% oqsil, yogʻ, kletchatka, vitamin S (100 g da 800 mg), oz mikdorda vitamin V, va V2, karotin bor. Urugʻi fev. boshida parnik yoki issiqxonaga sepiladi. 8—12 kunda maysalari koʻrinib qoladi. Birinchi chinbarg chiqarganda koʻchirib, 5—8 sm oralikda oʻtqaziladi. Koʻchatlari parnikda 5—10 kun oralatib, ikki marta (10 l suvga 7—8 g selitra, 25 g superfosfat va 15 g kaliy tuzi) oziklantiriladi. Koʻchatlar dalaga apr. ning birinchi yarmida 70×30 sm oraliq bilan ekiladi. Har gektar yerga 100 kg sof azot, 120 kg sof fosfor, 60 kg sof kaliy hisobidan mineral oʻgʻit va 10—15 t chirigan goʻng solinadi. Goʻngning hammasi, fosfor va kaliyli mineral oʻgʻitning 75% kuzgi shudgorlash oldidan, qolgan qismi va azotli oʻgʻit oʻsish davrida yerga solinadi. Dastlab har 8—10 kunda, keyin har 11 — 13 kunda sugʻorilib, qator oralari 4—5-marta yumshatiladi. Yetilishiga qarab bir necha marta terib olinadi. Har gektardan 300 s gacha hosil beradi. Ovqatga ishlatiladi va konservalar tayyorlanadi. Oʻzbekistonda ekiladigan navlari: Bolgar 79. Oʻrtapishar nav, mevasi yashil, kesik piramida shaklida.
Toshkent sovgʻasi. Oʻrtapishar nav, kasallikka chidamli, mevasi konussimon, serhosil, urugʻi kam, ogʻirligi90—115g.
Yirik sariq903. Mevasi toʻq yashil, xiyol qovurgʻali (yana q. Qalampir).
Ad.: Boʻriyev H., Abdullayev A., Tomorke sabzavotchiligi, T., 1994.
Orif Qodirxoʻjayev.
Ensiklopediya.uz
BOLGAR QALAMPIRI