Ramazon Hayiti 13-may kuniga belgilandi. Ketma-ket 4 kun dam olinadi to’liq malumot oling
Ramazon Hayiti 13-may kuniga belgilandi. Ketma-ket 4 kun dam olinadi
— Prezident qaroriga ko’ra, O’zbekistonda 13-may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda (https://t.me/uzauz/853).
— Bundan tashqari, prezidentning 10-maydagi Farmoni bilan 14-may (juma) hamda 15-may (shanba) kunlari qo’shimcha dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan, O’zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi:
13-may, payshanba — Ramazon Hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni);
14-may, juma — qo’shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
15-may, shanba — qo’shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
16-may, yakshanba — umumiy dam olish kuni.
Boshqa mavzular
Ramazon Hayiti 13-may kuniga belgilandi. Ketma-ket 4 kun dam olinadi