9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi

9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi
9 fevral alisher navoiyga bagishlangan kecha ssenariysi 65caade96abd8

alisher navoiy gofur gulom

9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi

Mundarija скрыть
9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi
DO`STLARGA ULASHING:
Elchi: -Sultonimiz siz hurmatli zoti oliylariga ikki dona pichoq berib yubordilar. Ularning ikkoviyam bir xil sop, bir xil tig’li, qay biri podshoniki, qay biri vazirniki ekanligini aytib berishingizni so’raydilar. Sulton Vazirlarini yig’ib , ulardan so’rabdi , ammo ular javob topa olmabdilar. Podsho: – Do’stim Mir Alisher bo’lganida shuncha xaloyiqni to’plab ovora bo’lib yurmasdik. Shunday donishmand odamni badarg’a qilib, kunim sendek nodonlarga qolgan ekan-da, vodarig’! Bosh vazir: – Olampanoh, ko’p kuyinavermang. Bir emas, qirq vaziringiz bor. Bizga muhlat berin, inshollo, mushkulingizni oson qilib, yegan tuzimizni oqlagaymiz. Podsho: – Bo’lmasa 3 kun muhlat, shu 3 kun ichida pichoqlar kimniki ekanligini topsalaring yaxshi, yo’qsa qirqovingni bir qilib tilla dorga torttiraman! Vazirlar maslahatlashib Mir Alisherning oldiga yo’l olibdilar. Vazir: – Xullas, Hirotdek shahri azimda bu masalani echa oladigan ahli donnish topilmadi, endi butun umid sizdan. O’zingiz yordam bermasangiz, holimiz xarob, mavlono. Alisher Navoiy : – Bo’lmasa gap bunday. Hoziriq saroyga qaytib borib, biror joyda o’t yoqasizlar. O’sha pichoqlarning har ikkaloviniyam o’tga toblaysiz, shunda pichoqlarning biri terlaydi, ikkinchisidan esa ter chiqmaydi. Ana shu terlagan pichoq podshoniki bo’ladi, chunki ko’p ishlatilmaydi. Unisi esa vazirniki, chunki vazirning pichog’i ko’p urintirilgan. Vazirlar podshoning huzurida. Podsho: – Ho’sh topdilaringmi? Vazir: – Ha, taqsir, topdik! Pichoqlarni olovda toplab ko’rish kerak, Olovda terlagan pichoq podshoniki bo’ladi, terlamagani esa vazirniki. Podsho: – Rostini aytinglar, bu gap gap o’zlaringdan chiqdimi yo sizlarga birov o’rgatdimi? Vazirlar: – O’zimiz topdik, taqsir! Podsho: – Nega bo’lmasa avvalroq aytmasdan, uch kun muhlat so’radinglar? Shu 3 kun ichida saroyda bittangning ham qorangni ko’rmadim. Chamasi birorta donishmandni axtarib topib, maslahat so’raganga o’xshaysizlar. Senlarnig bu qovoq kallalaringdan kunduz kuni chiroq yoqib qidirsayam zig’ircha aql topilmasligini juda yaxshi bilaman-ku! Meni laqillatmoqchi bo’lyapsizlarmi hali?! Yoshi ulig’roq vazir: – Bir qoshiq qonimizdan kechinq, olampanoh! Ochig’ini aytsam, o’sha kuni kechasi tush ko’ribman, tushimda oppoq soqolli, malla choponli bir piru muborak qoshimga kelib, “Ko’p qayg’urmanglar, pichoqlarning kimga tegishli ekanligini aniqlashdan osoni yo’q”, deb o’sha gaplarni o’rgatib ketgan edi. Podsho: – Yolg’on gaplaring uchun dorga osaman, rostini aytinglar!

DO`STLARGA ULASHING:

9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi