9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi to’liq malumot oling

9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi to’liq malumot oling

9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi
Mundarija скрыть

Mavzu va ularga qisqa tavsif: Oqituvchiga qo’yilgan talab O’quvchilarga va ota-onalarga qo’yilgan talablar

Maqsad va kutilyatgan natijalar:

Ta’limiy maqsad: A.Navoiyning hayoti va ijodi bilan tanishtirish. Asalaridan olingan parchalar ma’nosini tushuntirish. Berilgan rol matnlarini va she’riy misralarni yod olish va ifodali ijro etish.

Farzandlariga rollarni va she’rlarni yodlashda yordam berish. Ifodali she’r o’qish malakasini oshirish. Rivoyatlarda muallif so’zlarini qahramonlar so’zlaridan ajratib olishga o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad: Buyuk allomalrga, ularning asarlariga va hayotiga nisbatan qiziqish uyg’otish, ular bilan faxrlanish hissini tarbiyalash Ijro etilgan sahna ko’rinishlardan yod olingan asarlardan odob-axloq, komillik,o’zlikni anglash, vatanparvarlik haqida tushunchalarga ega bo’liish. Alisher Navoiy ijodi va hayotiga nisbatan qiziqishni oshirish. Qo’shimcha ma’lumotlarni izlash orqali ijodiy ishlar tayyorlash

Rivojlantiruvchi maqsad Hazrati Navoiyning hayotida bo’lib o’tgan qiyinchiliklar bilan tanishtirish. Qadimiy joy nomlari bilan tanishtirish. Do’stlik va hiyonat, ko’rolmaslik va bahllik orqali kishilarga zaraz keltirish mumkinligi haqida va yaxshilik, ezgulik, aql-idrok doim g’olb bolishi haqidagi tushunchalarini rivojlantirish. O’quvchilar tadbirdan so’ng o’zlari uchun kerakli xulosani chiqrib olishlari va kelajakda barkamol avlob bo’lib yetishishlari.

1-b Hirot tuprog’ida voyaga yetgan,

“Qush tili” yo’llarin munavvar etgan,

Yillar to’zonidan sog’-omon o’tgan,

Navoiy bobomlar, buyuk odamlar.

2-b Necha yil o’tdi, yoddasiz hamon.

G’azai mulkida, O’zingiz sulton.

Ilm bog’boni, Navoiy bobom,

G’azal sultoni Alisher bobom.

1-b Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar. Bugungi tadbirimiz buyuk bobokalonimiz hazrati Alisher Navoiyga bag’ishlanadi.

Har yili 9-fevral kuni ulug’ bobomizning tug’ilgan kunlari Toshkent shahridagi Milliy bog’ hamda Shayxontohur mavzeidagi xiyobonga o’rnatilgan haykallari poyiga gullar qo’yib, xotiralarini yod etish qat’iy an’anaga aylangan.

2-b Nima uchun shunday ehtirom va e’zoz bildiramiz shoir bobomizga? Asarlarini qayta-qayta nashr etib keng targ’ibot etamiz? Buni asosiy sababi shunda-ki, hazrati Alisher Navoiy bizning Vatanimiz tarixidagi barcha zamonlarda, xoh o’tmish, xoh bugun yo kelgusida bo’lsin, eng ulug’ syimodir. Bu zot millatimizni dunyodagi eng madaniyatli, ma’rifatli xalqlar qatoriga olib chiqqan, jahon adabiyotining eng buyuk siymolari qatorida turadigan zotdirlar.

O’quvchi: Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o’sdi. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. 3-4- yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim anvarning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Besh yoshida esa uni maktabga berdilar. U bo’lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi.

Alisherning onasi

Bilmam, qanday ayol bo’lgan Alisherning onasi.

Balki uning aqliga ham lol qolgan zamonasi.

Balki uning ko’zlarida bo’lgan og’ir bir xayol.

Balki g’amgir bir zotdir u, balki sho’xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor aytib bergan ertaklar.

Mayliga, u kim bo’lmasin, yolg’iz bir so’z ma’nosi:

Alisherning onasi u, Navoiyning onasi.

BOSH VA QILICH (sahna ko’rinishi)

Muallif: Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro yoshligidan juda qalin do’st bo’lganlar, maktabda ham birga o’qiganlar. Ularning domlasi g’oyat o’tkir zehnli kishi ekan.

U kishi bir kuni shogirdlarining zehnini, nimaga qiziqishlarini bilmoqchi bo’libdi. Har ikkalasiga bosh va qilich rasmini chizib beribdi-da, sharh yozib kelishni topshiribdi.

Ustoz: – Mana shu rasmlarg’a sharh yozib kelinglar.

Alisher: – So’z gavharig’a erur oncha sharaf,

Kim bo’lsa olmas anga gavhar sadaf.

To’rt sadaf gavharining durji ul,

Yetti falak axtarining burji ul.

Husayn: – Men qilichga hamdu sanolar aytamen, jangu jadallar haqida madhiya kuylaymen.

Ustoz: – Sharhlarni tinglabdi-da, Osmonga qarab, charaqlagan quyoshni Alisherga, qora bulutni esa Husayn Mirzoga ko’rsatib, Alisherga: “Ofarin!”-dedi.

Husayn: -Ustod, meni taqdirlashni unutdingiz chog’i.

Ustoz: Shahzodaga qarab :

– Sizga vodarig’ mukofati yozilgan ekan. Bosh aql ramzi bo’lib, insonlarga hizmat qiladi. Qilich esa aqlga qarshi turib, boshga “vodarig’” kulfatini soladi.

1-b Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir. Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qilolgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak choqqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik “ko’b va xo’b” (Bobur) yozmagan edi.

2-b Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki ular o’zlarini “Xitoydan to Xurusongacha yoyilgan turkiy “qavm”larning shoiri , deb bilardilar. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir ko’rsatdilar.

DONO “SAVDOGAR” (sahna ko’rinishi)

Muallif: Navoiy otasi vafotidan keyin Samarqandga borib madrasada o’qibdi. Ko’p qiyinchiliklar ko’rib, o’qishni tamomlab, o’z shahriga qaytibdi. Ot-ulovsiz , piyoda yurib, bir joyda mo’ysafid chol bilan uchrashib qolibdi.

Alisher Navoiy o’zini ko’tarib katta qilgan, otasining cho’ponini tanibdi.

Cho’pon: -Tushimmi, o’ngimmi? Deb. Darrov belbog’ini yozib nonu sut bilan mehmon qilibdi.

ALisher: – Bu qo’ylar kimniki?

Cho’pon: – Bolam, bu qo’ylarning hammasi sizniki, u yoqdaligingizda otangizdan qolgan mollar har kimning qo’lida qolib edi. Otangiz hayot vaqtida 200 qo’yni sizga atab menga topshirgan edi. Bu qo’ylar hozir bolalab 700dan oshdi. Otangizni vasiyatini oz o’rniga qo’yganim uchun xursandman, bu qo’ylarni endi sizga topshirdim.

Alisher: – Ota, siz ham bola-chaqali odamsiz, mana bu 200 ta qo’yni xizmat haqingiz uchun oling!

Qolgan qo’ylarni bozorga haydabdi, qo’ylar semiz bo’lgani uchun atrofini xaridorlar o’rab olibdilar.

Odamlar: -Qo’yingiz necha pul?

Alisher: – Men qo’yimni nasiyaga sotaman. Shu shart bilanki, pulini podsho o’lgan kuni berasizlar. Shartimga ko’ngan kishi bittadan yetaklab ketaversin!

Podshoning saroyi.

Ayg’oqchi: -Ey podshohi olam, bugun bozorga bir qalandarsifat yigit kelib 500 qo’yini xalqqa nasiyaga tarqatib yubordi. Pulini podsho o’lgan kuni berasizlar, deb sizga o’lim tiladi.

Podsho gazablanib: – Boringlar, o’sha qalandarni mening huzurimga hozir qilinglar.

Qo’lini orqasiga bog’lab, Alisherni podshoning huzuriga keltiribdilar. Podsho qarasa, yoshligidagi do’sti Alisher Navoiy ekan.

Podsho: – Nima uchun shuncha qo’yni xalqqa berib yubordingiz. Mening o’limim sizga nega kerak bo’lib qoldi,?

Alisher: – Ey do’stim, men chakki ish qilganim yoq. Sizning podsho bo’lganingizni eshitib, qo’ylarni talatib yubordim. Shunday ham berib yuborishim mumkin erdi. Biroq ba’zi bir odamlar tekin moldan hazar qiladilar. Shuning uchun qo’yni pulini podsho o’lgan kuni berasizlar, deb aytdim. Endi qo’ylarni olib ketgan odamlar “ Ishqilib, podshohimiz o’lmasin. Podsho o’lsa, savdogar pulini qistaydi , deb sizga umr tilab yurishadu.

Husayn: – Ofarin do’stim, bugundan e’tiboran siz vazir etib tayinlanasiz !

RAQS

1-b Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko’rdi. Buyuk shoir “amiri kabir” ( ulug’ amir), “amirul mugarrab” (podshoga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo’ldi. Uning vazirlik yillarida Hirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab yashnagan davr bo’ldi.

2-b Ulig’ amir o’zlari bosh bo’lib, suvsiz yerlarga suv chiqardilar, eski ariqlarni tozalattirdilar , yangi kanallar qazdirdilar. Ayniqsa, Husayn Boyqaro hokimiyatini mustahkamlash , yurt osoyishtaligini ta’minlash, temuriyzodalar toj-u taxt uchun olib borayotgan kurashlarning oldini olish borasidagi xixmatlari katta bo’ldi.

Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari

Umrni zoye etma, mehnat qil,

Mehnatni saodating kaliti bil.

Donau dur so’zini afsona bil,

So’zni jahon bahrida durdona bil.

Boshni fido qilg’il ato boshig’a,

Jismni qil sadqa ano qoshig’a.

Tun-kuningga aylagali nur fosh,

Birisin oy ayla, birisin quyosh.

Haq yo’linda kim senga bir harf o’qitdi ranj ila,

Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.

Qil yaxshiligu demakni doxil qilma,

Mehnat bila yaxshilikni botil qilma.

Ilm Navoiy , senga maqsud bil,

Emdikim ilm oldi, amal aylagil.

1-b Alisher Navoiy 1438-yilda turkiy tilida birinchi bo’lib “Xamsa” yozishga kirishdilar va juda qisqa muddat-ikki yilda besh yirik dostondan iborat “Xamsa”ni yozib tugatdilar. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo’r shodlik bilan qarshi oldi. Abdurahmon Jomiy Navoiy “Xamsa” siga yuksak baho berdilar. Husayn Boyqaro buyuk shoirini o’zining oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib, Hirot ko’chalarini aylantirdilar.

“Xamsa” asari haqida

“Xamsa” ning birinchi dostoni “Hayrat ul abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi)-falsafiy, axloqiy-ta’limiy asar. Hajmi 3988 bayt, 63 bob bo’lib, ularning 21 bobi muqaddima, 20 bobi maqolat, 20 bobi hikoyat va masallar, oxirgi ikki bobi xotimadan iborat.

Maqolatning birinchi baytidanoq shoir iymonning inson hayoti, insoniylik mohiyatida tutgan o’rnini belgilab beradi.

“Kimki jahon ahlida inson erur,

Bilki nishoni anga iymon erur.”

“Xamsa”ning ikkinchi dostoni “Farhod va Shirin” dostonidir. Hajmi 5782 bayt. Dostondagi voqea insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o’zligini tanitadi, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu – o’ylari ham ifoda etilgan.

Ochildi bog’ida bir otashin vard,

Demaykim vard, bilkim shulayi dard.

“Layli va Majnun” “Xamsa”ning uchinchi dostonidir. Unda oldingi dostonda bo’lgani kabi zaminiy muhabbatning ilohiy muhabbatga eshligi o’zining go’zal badiiy ifodasini topgan. U mazkur doston bilan o’zbek adabiyoti bu mavzuni boshlab berdi:

Men turkcha boshlabon rivoyat,

Qildim bu fasonani hikoyat.

“Sab’ai Sayyor” dostoni yeti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi.

Navoiy asar voqealarini o’z Vatani Xuroson, Movarounahr hayoti bilan bog’lashga harakat qildi. Shuningdek, bu mashhur qissaga turkona ruh berdi.

Shohkim mulk ocharni qilsa nasaq,

Yuz tuman qon to’kar bari nohaq.

“Xamsa”ning yakunlovchi “Saddi Iskandariy” dostoni dunyoning mashhur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bag’ishlagan.

“Saddi Iskandariy” dostoni hajm jihatdan eng katta asardir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan.

Eshittimki “Iskandari” nomdor,

Chu bo’ldi jahon ahliga komgor.

2-b Navoiyning shoh qoshida oshib borayotgan mavqe’-e’tibori saroydagi Majididdin boshliq bir guruh el haqidan hazar qilmaydigan amaldorlarni tashvishga solib qo’ydi. Ular shohning adolattalab amirini ko’zdan uzoqroqqa jo’natish yo’lini izlay boshladilar va bunga muvaffaq bo’ldilar. Shoir 1487-1488-yillarda Astrobodga hokim tayinlanib, poytaxtdan uzoqlashtirildi.

Qaysi pichoq podshoniki? (sahna)

Husayn Boyqaroning oldig’a Chin-Mochin mamalakatining podshosidan elchi kelibdi.

Elchi: -Sultonimiz siz hurmatli zoti oliylariga ikki dona pichoq berib yubordilar. Ularning ikkoviyam bir xil sop, bir xil tig’li, qay biri podshoniki, qay biri vazirniki ekanligini aytib berishingizni so’raydilar.

Sulton Vazirlarini yig’ib , ulardan so’rabdi , ammo ular javob topa olmabdilar.

Podsho: – Do’stim Mir Alisher bo’lganida shuncha xaloyiqni to’plab ovora bo’lib yurmasdik. Shunday donishmand odamni badarg’a qilib, kunim sendek nodonlarga qolgan ekan-da, vodarig’!

Bosh vazir: – Olampanoh, ko’p kuyinavermang. Bir emas, qirq vaziringiz bor. Bizga muhlat berin, inshollo, mushkulingizni oson qilib, yegan tuzimizni oqlagaymiz.

Podsho: – Bo’lmasa 3 kun muhlat, shu 3 kun ichida pichoqlar kimniki ekanligini topsalaring yaxshi, yo’qsa qirqovingni bir qilib tilla dorga torttiraman!

Vazirlar maslahatlashib Mir Alisherning oldiga yo’l olibdilar.

Vazir: – Xullas, Hirotdek shahri azimda bu masalani echa oladigan ahli donnish topilmadi, endi butun umid sizdan. O’zingiz yordam bermasangiz, holimiz xarob, mavlono.

Alisher Navoiy : – Bo’lmasa gap bunday. Hoziriq saroyga qaytib borib, biror joyda o’t yoqasizlar. O’sha pichoqlarning har ikkaloviniyam o’tga toblaysiz, shunda pichoqlarning biri terlaydi, ikkinchisidan esa ter chiqmaydi. Ana shu terlagan pichoq podshoniki bo’ladi, chunki ko’p ishlatilmaydi. Unisi esa vazirniki, chunki vazirning pichog’i ko’p urintirilgan.

Vazirlar podshoning huzurida.

Podsho: – Ho’sh topdilaringmi?

Vazir: – Ha, taqsir, topdik! Pichoqlarni olovda toplab ko’rish kerak, Olovda terlagan pichoq podshoniki bo’ladi, terlamagani esa vazirniki.

Podsho: – Rostini aytinglar, bu gap gap o’zlaringdan chiqdimi yo sizlarga birov o’rgatdimi?

Vazirlar: – O’zimiz topdik, taqsir!

Podsho: – Nega bo’lmasa avvalroq aytmasdan, uch kun muhlat so’radinglar? Shu 3 kun ichida saroyda bittangning ham qorangni ko’rmadim. Chamasi birorta donishmandni axtarib topib, maslahat so’raganga o’xshaysizlar. Senlarnig bu qovoq kallalaringdan kunduz kuni chiroq yoqib qidirsayam zig’ircha aql topilmasligini juda yaxshi bilaman-ku! Meni laqillatmoqchi bo’lyapsizlarmi hali?!

Yoshi ulig’roq vazir: – Bir qoshiq qonimizdan kechinq, olampanoh! Ochig’ini aytsam, o’sha kuni kechasi tush ko’ribman, tushimda oppoq soqolli, malla choponli bir piru muborak qoshimga kelib, “Ko’p qayg’urmanglar, pichoqlarning kimga tegishli ekanligini aniqlashdan osoni yo’q”, deb o’sha gaplarni o’rgatib ketgan edi.

Podsho: – Yolg’on gaplaring uchun dorga osaman, rostini aytinglar!

Vazir: – Buni biz Mir Alisherdan so’rab bilib oldik,.

Sulton: – Baringni yig’sa, Mir Alisherning bir mo’yigayam arzimas ekansizlar-u, yana kelib-kelib shunday alloma bilan bellashasizlar-a?! Ahvollaring shu ekan, uni g’iybat qilishni kim qo’yibdi sizlarga. Sen g’alamislarni gapiga kirib qushdek boezor do’stimning dilini og’ritgan mening o’zim axmoq. Hoziroq borib Mir Alisherdan Uzr so’rab uni saroyga olib kelaman, saltanatimizning muhri muboragini unga topshiraman.

Bahru bayt.

Uyquda vaq-vaq gapirgandan kular oqil kishi

Kulgiga bois agar kimning so’zi lofu puchak.

Kim tutar jabru jafo yo’lin agar johil o’sha,

Jahlidan ketsa yiroq ilmi oning zohir demak.

Ko’pni ko’rgan keksa gar ko’rsa uzoqni ne ajab,

Jomi Jamshiddir dili, ko’zgui Iskandar yurak.

Komil odam ko’zlari XIzr bulog’idur hanuz,

Kim ani totmish suvin topgay abadlikdan darak.

Qolgan umrim o’tkazay ahli fano ichra modom,

Shuldir ahdim, olam ichra ahdi chin, mahkam qani?

Ishqibozlar ko’ksiga tushdi g’amu otash alam,

Joni fidolar joniga g’am ustiga g’am bo’ldi zam.

Maqsadin pok gavharidur kasbi ranjidin agar.

Mardi kosib kaftida bo’lsa qabarchiq naq g’o’lak.

RAQS

1-b Hazrati Mir Alisher butun kuchini, aql-idrokini xalqqa, Vatanga hizmat qilishga, ilm-fan, adabiyot va san’atning rivojiga bag’ishlaydi. Uning o’lmas asarlari dunyo xalqlariga ma’naviy ozuqa bo’lib kelmoqda. Alisher Navoiy yonimizda bo’lmasada, qalbimizda abadiy yashaydi. O’zbek xalqi ulug’ mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bilan g’ururlanadi, jon dildan sevadi va yuksak darajada qadrlaydi.

2-b O’lsam yasamang munda mozorimni mening,

Yuklab eliting jismi figorimni mening.

O’tru chiqarib ahli diyorimni mening,

Ko’yida qo’yung tani nizorimni mening.

Mana, ulug’ bobomizga bag’ishlangan kechamiz yakuniga yetdi. Ular haqida qancha gapirsak , shuncha oz. Ularning asarlari bizni odob-axloqqa, mehr- oqibatga, ilmga, ona Vatanni sevishga va ardoqlashga, tilni e’zozlashga, o’zlikni anglashga undaydi.

Boshqa mavzular
9-Fevral Alisher Navoiyga bag’ishlangan kecha ssenariysi