9-Fevral Alisher Navoiy tavalludiga tadbir ssenariysi to’liq malumot oling
«G’AZAL MULKINING SULTONI» tadbir ssenariysi
Mundarija
скрыть
|
G’AZAL MULKINING SULTONI2-boshlovchi: ”Davron elining jismida jon bo’lg’on”mo’tabar ustozlar Assalomu alaykum!1-boshlovchi: Jahonki muqaddas neni ko’ribdi,Bariga onasan, ey qodir xayot.Asrlar qaridan boqib turibdi,Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.2-boshlovchi: Shu buyuk o’g’ilni ardoqlab dildanXalqim ta’zim etsang arzigay tamom.Uning nomi bilan birga bitilganDunyo daftariga o’zbek degan nom.1-boshlovchi: Xoqoniy oily maqom Shoxrux sultoning podsholik davrida izzat va iqbol gulshanida omonlik va umid mevalari beradigan bir daraxt ko’kardi.Martaba va ulug’lik osmonda baxt-saodat ko’zini yorutuvchi bir yulduz porladi.Sahna ko’rinishi:Domla, farzand muborak! G’iyosiddin Mir janoblari, iloho umri uzun,tolei baland bo’lg’ay!G’iyosiddin kichikina:-Qulluq, taqsir, endi o’zingiz azon aytib otaliq vazifamni ado etmoqqa ko’maklashursiz.Domla:-Bu, albatta, biz uchun ham qarz, ham farz.G’iyosiddin janoblari bu go’dakka xudoning nazari tushgan,buni men qalbim bilan his etib turibmen,buni go’dak yuzidagi ilohiy nurdan payqadim.Qani,O-omin, o’g’lingiz xudo hohlasa el nazariga tushib uning baxti saodati yo’lida xizmat qilg’ay va yer yuzida undan dilobar inson bo’lmag’ay,ollohu akbar.Bizga endi javob (ular chiqib ketadilar).2-boshlovchi: Har yerda bahor bo’lsa,chaman bo’lsa kerak,Har yerda chaman, gulu-suman bo’lsa kerak,Har qayda xazon bo’lsa, tikon bo’sa kerak,Har qayda tikan mihan bo’lsa kerak.Sahna ko’rinishi:Alisher:Assalomu-aleykum, ustoz.Mavlona lutfiy: Valeykum assalom o’glim,kimning o’g’lidursiz,bag’oyat tarbiyali oila farzandi ko’rinasiz ?Alisher:-Men G’iyosiddin (kichkina) Bahodirning o’g’lidurmen, ustoz.Lutfiy:-Ey shunday deng, barakallo.Meni taniysizmi, kaminani ustoz deb hurmatlashingizga ne sabab?Alisher:-Siz haqingizda eshitmagan,sizning g’azallaringiz ila sehrlanmagan kishi bo’lmasa kerak.Mavlono Lutfiy nomi oilamizda juda hurmatlanadi,men sizning go’zal g’azallaringiz-la tanishmen, she’riyatga havasim baland,o’zim ham gohi-gohi mashq qilib qog’oz qoralaydur men.Lutfiy:-Balli,balli bo’tam qani marhamat aylang, kaminaga ijodingizdan namunalar o’qib lutf aylang-chi.Alisher:-Orazin yopmoq kozimdin sochilur har lahza yosh,Bo’ylaykim paydo bo’lur yulduz,nihon bo’lg’och quyoshLutify-(Bayntni takroran qaytaradi) Voolloh,agar muyassar bo’lsa edi o’zimning 10-12 ming fors va turkiy baytlarimni ushbu g’azalga almashtirardim va bu ishning yuzaga chiqishini zo’r muvaffaqiyat deb sanardim.1-boshlovchi;-1465-yil Samarqand tomon yo’l oladi va shoir sifatida juda katta shuhrat topadi.Shoirning dastlabki yozgan she’riy kitob “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir.Shu bilan bir qatorda shoir (1469-1472)yillari saroyda muhrdor,(1472-1476) yillarda vazir,(1487-1488)yillarda Astrobodda hokimlik qilgan.Yorabki,inoyatingni yor ayla mangaYo’qlukka xidoyatningni bor ayla mangaHar qahri kifoyatingni dor ayla mangaHar duri inoyating nisor ayla mangaG’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emishEl anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish.O’n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur.Ne ajabkim sarvinozim, o’n sakkiz yoshindadur.Desa bo’lg’aykim,yana ham o’n sakkiz yil husni bor,O’n sakkiz yoshinda bunchakim fitna boshindadur.Boshni fido qilg’il ato bo’shig’aJismni qil sadqa ano qoshig’aTun kuningga aylagali nur fosh,Birisin oy ayla,birisin quyosh.Odami ersang demagil odami,Oning kim yo’q xalq g’amidin.Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot,Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik birla ot.Haq yo’linda kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila,Aylamak oson emas haqqin ado yuz ganj ila.Hunarni asrabon netgumdir oxirOlib tuproqqami ketgumdir oxir.Chin so’zni yolg’onga chulg’amaChin ayta olur tilni yolg’onga bulg’ama.Umrni zoye etma mehnat qilMehnatni saodantning kaliti bil.RaqsXamsa asari haqida.Hamsaning birinchi dostoni “Hayrat-ul abror”(Yaxshi kishilarning hayratlanishi),falsafiy axloqiy-ta’limiy asar.Hajmi 3988 bayt 63 bob bo’lib ularning 21 bobi muqaddima 20 bobi maqolat 20 bobi hikoyat va masallar,oxirgi 2bobi xotimadan iborat.“Layli va Majnun” “Xamsa”ning uchinchi dostondir.Unda oldingi dostonda bo’lgani kabi zaminiy muhabbatning ilohiy muhabbatga eshligi o’zining go’zal badiiy ifodasini topgan. U mazkur doston bilan o’zbek adabiyotida bu mavzuni boshlab berdi.“Sab’ai Sayyor”dostoni yetti iqlim shahanshohi Bahrom taqdiri mavzusini yoritadi.“Xamsa”ning yakunlovchi “Saddi Iskandariy” dostoni dunyoning mashhur siymolaridan biri jahongir Iskandarga bag’ishlangan. “Saddi Iskandariy”dostoni hajmi jihatidan eng katta asardir.U89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan.Sahna ko’rinishiUch yomonning ta’rifi.Sulton Husayin bir kuni o’z vazirlarining aql farosatini donishmandligini sinab ko’rish uchun ularni huzuriga chaqiribdi:Podshoh:- Menga uch yomon odam topib kelinglar ,topganinggizga yuz tillo mukofot, topa olmaganingizga 70 darra, sizlarga uch kun muhlat .Boshlovchi:- Vazirlar zir yugurishib uch yomon odam topa olmabdilar .Alisher Nayoiv:-Jallod,qassob va sayyodni boshlab podsho huziriga kelibdi.Podshoh:- Mana do’stim Alisher sizga yuz tillo donoligingizga tassanno.Endi mana shu uch yomonga ta’rif berishingizni so’raymen.2-boshlovchi:-Vazirlar podshoning bu savoliga ham javob bera olishmabdi.ShundaAlisher:-Jallodga faqat farmon bo’lsa bas, haqmi nohaqmi baribir to’g’ri kelgan odamni qilichdan o’tkazaveradi.Qassob hayvonlarning eng yaxshisini so’yadi.Sayyod jonivorlarni ovlaydi,chiroyli qushlarni tutib qafasda saqlaydi.Ularni hayot go’zalliklaridan mahrum qiladi.Sulton Husayin:- Do’stim Alisher, aqlu farosatingizga, donolingizga yana bir marotaba qoyil qoldim.BAHRU-BAYTMehr ko’p ko’rguzdim,ammo mehribone topmadim.Jon base qildim fido oromi jone topmadim.Meni ishqdin man etar sodda shayx,Dema sodda shayx,aytkim loda shayx.Har necha dedimkim kun-kundin uzay sendin ko’ngul,Vahki, kun-kundin battarroq mubtalo bo’ldim sangaAhli ma’ni guruhida zinhor ,Hech or aylama gadolig’indin.Ki bularga gadolig’ ortug’durAhli suratka podsholig’indin.Desang kim, yemay dahr ishindin afsus.Siri ishqimni ko’ngul ko’zi birla etmak ne tong,Qalbi tor domanni men chun sohib asror istadim.Munglug’ boshim ostidagi toshimnimu dey?Tosh ustidagi g’arib boshimnimu dey ?Hayrat suyidin sa’brok maoshimnimu dey?Vatan tarkini bir nafas aylama,Yana ranju g’urbat havas aylama.2-boshlovchi:-Aziz bobomiz jozibador baytlari bilan insoniyatga so’zning sehrini, hayotning ma’nosini, saodatning eshigini ochib berayotgandek.Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilish ekanligini anglatadi.Sahna ko’rinishiYaxshidan bog’ qoladi.Ko’klam kunlarining birida sulton Husayn saroyda yolg’iz o’tiraverib zerikibdi.Ancha vaqtdan beri Mir Alisherni ko’rmaganligi tufayli do’sti yashaydigan mahallaga yo’l olibdi.Borib qarasa, do’sti yeng shimarib bog’da ishlayotgan ekan.Husayn:-Hormang, do’stim! Nega shoirlar majlisida ko’rinmay qoldingiz desam, bog’bonlikni pesh qilibsizda?Alisher:-”Ko’klam kelsa, ko’chat ek” — degan ekan mashoihlar. Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga uch-to’rt tup yong’oq ekayapman.Husayn:-Ey do’stim-ey, qarigan chog’ingizda bog’ qilishni nima keragi bor axir?Bu yong’oqlar qachon hosilga kiradi –yu, mevasini qachon yeysiz? Undan ko’ra shu bog’da tinchgina gazal bitib o’tiravermaysizmi?Alisher:- Do’stim,yaxshidan bo’g’ qoladi,degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko’chatlarni o’zim uchun emas, balki mahhalla bolakaylari uchun ekayapman.Bir kun kelib “Bu bog’Mir Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o’zi har qanday ne’matdan lazzatliroqdir.Husayn:- Bo’lmasa, shu tillolarni olib qo’ying do’stim. Ko’chat olursiz!Alisher:- Ana ko’rdinggizmi, do’stim, ekayotgan ko’chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.1-boshlovchi:-Birin- ketin o’tib borar asrlarning karvonlariOh, ne choqlik xatarlidir uning oshar dovonlari,Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi,2-boshlovchi:-Fursat keldi do’stu g’anim kimligini bilay bu kun,Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,Ko’kka boqib sahar chog’i iltijolar qilay bu kunE’tiboringgiz uchun rahmat! |
Darsliklar
9-Fevral Alisher Navoiy tavalludiga tadbir ssenariysi