8 dekabr konstitutsiya haqida eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling
8-dekabr Konstitutsiya haqida sherlar to‘plami. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan.
Qomusim bor, baxtim bor
Har satrida inju-zar,
Ajdodlar ruhi kezar,
Hayotim, umrim bezar,
Qomusim bor, baxtim bor.
El-ulusni teng deydi,
Xalqning g‘amini yeydi,
Dillar cho‘ng Baxtni tuydi,
Qomusim bor, baxtim bor.
Hech kimdan kam emasman,
Erta g‘amin yemasman.
O‘zga yurtni demasman,
Qomusim bor, baxtim bor.
Vatan obod, ko‘ngil to‘q,
Zarra bo‘lsin armon yo‘q,
Dilda o‘chmas mangu cho‘g‘,
Qomusim bor, baxtim bor.
Boshim baland, qo‘lda soz,
Madh etayin kuylab boz,
Do‘stlar, bo‘ling jo‘r ovoz,
Qomusim bor, baxtim bor.
Qomusim sharofati
Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Bizning konstitutsiya
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So’ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo’lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so’nmasin aslo.
Sportmi yo san’atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma’naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne’matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O’qib o’rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
Konstitutsiya muqaddas
Konstitutsiya kitobi
Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
Nodir qomusimiz
Oddiylik adolatdir
Baxtiyorman hur elimning,
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Qomusimni bilmoq istadim
Qomus berdi huquqimni, burchimni,
Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning.
Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam,
Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.
Muqaddas kitob
Amu bilan Sirdaryodan
Kamol topgan o‘zbekmiz.
O‘z erkiga, huquqiga
Ega bo‘lgan o‘zbekmiz.
Xalqim diliga yog’du,
Sochar misoli oftob.
Qonunlar majmuasi,
Muqaddas, ezgu kitob!
Konstitutsiya oliy qomusim
Elimning qomusi
Konstitutsiya inson xizmatida
Konstitutsiya eng oily hakam
Konstitutsiya baxtimsan Huquqlaring bilib ol
A’lo bo’lsang har ishda,
Dono bo’lsang yumushda,
Bilginki, sen ustivor!
Gaplarimni unutma,
Vaqt o’tadi, sen kutma!
O’qi, bedor bo’lsang ham,
Hayotda bo’lmaysan kam.
Konstitutsiya baxtnoma
Bosh qomusim
Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!
Qomusimni kuylayman
Konstitutsiya moddalariga sherlar
Burchlarimizdan so’zlar,
Bilsang, o’n birinchi bob.
Burchimni anglashimda,
Qomusim misli oftob.
* * *
Bepul bilim olamiz,
Hur Vatanim qo’ynida,
Vatanga xizmat qiiish —
Har o’g’il, qiz o’yida (41-modda).
* * *
* * *
O’ttiz yettinchi modda,
Mehnat qilish haqida.
Har kim sevsa kasbini,
Egallagay baxtini.
* * *
O’ttiz to’qqizinchi modda,
So’zlaydi ta’minotdan.
Har bir inson keksaygach,
Mamnun bo’lar hayotdan.
* * *
Moddaning to’rtinchisin,
Ulug’ tilim tasdiqlar.
Ajdodlarim orzusi,
Ko’zlarimda charaqlar.
* * *
Huquq, erkinlik haqda,
18-, 21-, va 31-modda.
O’qib, uqib, o’rganib,
Amal! qilamiz, albatta.
* * *
Yetmish oltinchi modda,
Yurtim oliy organi —
Oliy majlis haqida,
Qunt bilan o’rgan uni.
* * *
Yuz yigirma beshinchi,
Moddani anglash kerak.
Ozod, hur Vatan uchun ,
Dovyurak o’g’lon kerak.
Milliy boyligimizni,
Qadriga yetmoq kerak.
Yer, suv, o’simlik bari
Elimga doim kerak (55-modda).
* * *
Oltmish oltinchi modda,
Farzandlik burchin so’zlar.
Har soniya, soatda,
Insoniylikni ko’zlar.
Sherlar
8 dekabr konstitutsiya haqida eng sara sherlar to‘plami