7 sinf informatika ochiq dars ishlanmasi

7 sinf informatika ochiq dars ishlanmasi

Kino, klip, qo’shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.

Matematika-informatika fani o’qituvchisi Ataqulova Navotoy Xolmurodovnaning «Informatika va axborot texnologiyalari fanidan «5-«B» sinfida «Klaviatura trenajorida mashqlar» mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi.

Dars- muqaddas
Sana: 23.10 2018-yil
Sinf: 5-“B”
Fan: Informatika va axborot texnologiyalari
Mavzu: Klaviatura trenajorida mashqlar
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchilarga klaviatura tugmachalarining vazifalari hamda klaviatura trenajor mashqlari dasturlari haqida ma’lumotlar berish.
b)tarbiyaviy-o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,ularni kun tartibiga rioya qilishga o’rgatish, odob-axloq qoidalarini singdirish.
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarni faolligini, iqtidorini va tafakkurini rivojlantirish, maktabda, oilada , jamiyatda o’tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o’zining burchini bilish , unga rioya qilish.
Dars turi: yangi bilimlar berish, ko’nikma va malaka hosil qilish
Dars uslubi: noan’anaviy, amaliy
Dars usuli: “Klaviatura tugmachalarini yig’ish”, “Sherigini top” usuli, ”Klaster” usuli, “Kim chaqqon” o’yinlari
Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar, informatikaga oid ko’rgazmalar, didaktik rasmlar,
AKT vositalari
Darsning texnologik xaritasi:
1. Tashkiliy qism 8min
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash 10min
3. Yangi mavzu bayoni 12min
4. Yangi mavzuni mustahkamlash 10min
5. O’quvchilarni baholash 3min
6. Uyga vazifa 2min
Darsning bоrishi:
I. Tashkiliy qism:
1. Salоmlashish
2. Sinf tоzaligiga e`tibоr
3. O‘quvchilar davоmatini tekshirish (Sh’eriy tarzda)
O’qituvchi:
Qani ayting bolalar,
Duru gavhar lolalar,
Sinfda kim navbatchi
Bugun tartib saqlovchi
O’quvchi:
Navbatchi menman ustoz,
Har gapingiz dilga mos
So’zlang javob beraman
Hurmatim bildiraman
O’qituvchi:
Qani qizim Sabina
So’zlari bol, durdona
Sinfga kelmagan bormi?
O’zligin bilmagan bormi?
O’quvchi:
Yo’q-yo’q ustoz, muallim,
To’g’ri bergansiz ta’lim
Bugun hammamiz bormiz
Axir bilimga zormiz.
O’qituvchi:
Juda xursandman bundan
So’ray bugun har kimdan
Mavzuni ayt o’quvchim
Ijodkorim to’quvchim
Bugun o’tajak mavzu
Bilim uchun tarozu
Informatika fanim
Gapirganda yayrar dilim
Tayyormisiz bolalar
Iqtidorli saralar
Hamma o’quvchilar:
Ha, tayyormiz muallim,
To’g’ri bergansiz ta’lim
Faningizni sevamiz
Unga sodiq bo’lamiz.

Darsda quyidagi qoidalarga rioya qiling!
1. Intizom 5. Chaqqonlik
2. O’zaro hurmat 6. Bilimdonlik
3. Hamkorlikda ishlash 7. Vaqtdan unumli foydalanish
4. Bir-birining fikrini tinglash

Sinfni 2-guruhga bo’lamiz.

I-guruh “Alifbo-raqamli tugmachalar” II-guruh “Boshqarish tugmachalari”
Har bi guruh o’zining maqsad va shiorlarini aytishadi.

Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.
Guruhlar baholanishi: Qaysi guruh berilgan shartlar bo’yicha “Kompyuterning asosiy qurilmalari” kartochkalarini yi’gib bilsa, o’sha guruh g’olib sanaladi.
O’quvchilar baholanishi: Guruhlar o’rtasida faol qatnashgan o’quvchiga “OFARIN” kartochkasi, o’rtacha qatnashgan o’quvchiga “BARAKALLA” kartochkasi, sust qatnashgan o’quvchiga esa “INTIL” kartochkalari beriladi.

Ma’naviy daqiqa: Kunning muhim yangiliklari so’raladi.
Aziz o’quvchilar hozirgi kunda chet tillariga, ayniqsa ingliz tilini o’rganishga katta e’tibor qaratilgan. Bizning informatika fanimizda ham ko’pgina atamalar ingliz tilida berilgan. Kelinglinglar , informatika fanining ba’zi atamalarini ingliz tilidagi tarjimalarini yodga olsak, qani kim aytadi?

Dasturiy ta’minot- software Yaratish- invent
Apparat ta’minot- hardware Nusxa olish- copy
Operatsion sistema- operation system jo’natish- send
Oynalar, lavhalar- windows saqlash- save
Hujjatlar jildi- fayl Sichqoncha- mouse
Sistemali blok- Block system CD disk- compact disk
Klaviatura- keyboard DVD — digital video disk

II. Otilgan mavzuni mustahkamlash

Biz o’tgan darsda “Klaviatura bilan tanishuv” mavzusini o’tgan edik.
“Klaviatura tugmachalari yig’ish” o’yinini o’tkazamiz. Qani aziz o’quvchilar mana bu yoyilib yotgan klaviatura tugmachalarini yi’g’ib, bir butun klaviaturani hosil qiling-chi?

“Sherigini top” usulida har bir guruhdan o’quvchilar chiqib, klaviatura tugmachalari yozilgan qog’ozlar to’g’risiga o’sha tugmachalarning vazifalari yozilgan qog’ozchalardan mosini, ya’ni sherigini topib qo’yadilar.

ENTER-buyruq yoki amalni tasdiqlash Esc-oxirgi amalni bekor qilish
Caps Lock-faqat bosh harflarni yozish Back Space-kursordan chapda turgan belgini o’chirish
Delete -kursordan o’ngda turgan belgini Insert-harf yoki belgini almashtirish tartibiga o’tkazish
o’chirish
Home-kursorni satr boshiga o’tkazish End-kursorni satr oxiriga o’tkazish
PageUp-kursorni avvalgi sahifaga o’tkazish PageDown-kursorni keyingi sahifaga o’tkazish

III. Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Klaviatura trenajorining vazifasi.
2. Klaviatura trenajori dasturlari.
3. Klavtren va Star Boom dasturlari.
Kompyuter klaviaturasi yordamida hujjatlar tayyorlash, xat yozish yoki chop etish kabi vazifalarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik va belgilarni to‘g‘ri ishlata bilish ko‘nikmalari talab etiladi. Kompyuterda ishlash ko‘nikmasi bo‘lmagan va birinchi bor ishlash istagi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ko‘pgina qiziqarli klaviatura trenajorlari (mashq bajaruvchi kompyuter dasturlari) yaratilgan. Ko‘pincha bunday trenajorlar bir necha bosqichli bo‘ladi. Ular sodda mashqlardan boshlanadi, 1-bosqichda yaxshi natijalarga ega bo‘lgach, murakkab mashqlarni bajarishga o‘tiladi. Trenajor mashqlari yordamida qo‘l barmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, qulay usullardan foydalangan holda ishlash tezligini oshirishga erishish mumkin.
Bunday trenajorlar qatoriga: Babytype, Parole, Solo, Klavtren, Star Boom! kabi dasturlar kiradi.

«STAR BOOM!» trenajori
«Star Boom» (ingl.«yulduzlar yog‘dusi») trenajor dasturi 2 ta mashqni o‘z ichiga olgan. Trenajor dasturini CD disk yoki flesh-xotiradan kompyuterning asosiy xotirasiga qiyinchiliksiz ko‘chirib olish va ishga tushirish mumkin.Ekranda dasturning asosiy oynachasi ochiladi (1-rasm).

Mashqlar lotin yoki kirill harflarini tanlash orqali ishga
tushiriladi. Demak, mashqlarni o‘zbek (kirill, lotin), ingliz va rus tillaridabajarish imkoniyatlari bo‘ladi.

«Klavtren» trenajori
“Klavtren” trenajor dasturi 2 ta mashqni o‘z ichiga olgan. Trenajor dasturini CD disk yoki flesh-xotiradan kompyuterning asosiy xotirasiga qiyinchiliksiz ko‘chirib olish va ishga tushirish mumkin.Ekranda dasturning asosiy oynachasi ochiladi

Mashqlar lotin yoki kirill harflarini tanlash orqali ishga tushiriladi. Demak, mashqlarni o‘zbek (kirill, lotin), ingliz va rus tillarida bajarish imkoniyatlari bo‘ladi

1-mashq. Sodda mashqlar turiga kiradi. Oynachaning yuqori qismidan tushib kelayotgan harfl arga mos tugmacha topiladi va uni tezda bosish orqali vazifa bel gilanib boriladi. Bu mashq yordamida klaviaturadagi harflarning joylashishi o‘rganiladi

Mashqni bajarishda vaqt, tezlik va xatolar soni, albatta, hisobga olinadi. Boshlovchilar uchun 1-tezlikni tanlagan ma’qul. Harfl ar joylashuvi bilan tanishib olingach, keyingi tezlikka o‘tish tavsiya etiladi.

2-mashq. Ekran bo‘ylab aks etib turgan matnni xatosiz terish. Mashq qisqa vaqt ichida terilgan belgilar soniga ko‘ra baholanadi.

Agar matn to’liq kiritilsa, quyidagicha baholanadi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
“Klaster” usuli

Mavzuni yanada mustahkamlash uchun matn terish bo’yicha “Kim chaqqon” o’yinini o’tkazamiz. Buning uchun o’quvchilar kompyuter yoniga o’tirib, Klavtren dasturini ishga tushirib, berilgan matnni kiritish uchun 5-minut vaqt beriladi. Shu vaqt ichida o’quvchilar qancha harf yoki belgilarini kiritganliklari aniqlanadi. Shunga qarab o’quvchilar baholanib, qaysi guruhdagi o’quvchilar ko’proq matn kiritgan bo’lsa o’sha guruh g’olib bo’ladi.
MATN
Biz O’zbekistonda yashaymiz. Bizning vatanimiz O’zbekiston. Bu yerda shaharlar, daryolar, baland tog’lar bor. Vatanimiz meva va sabzavot, qovun va tarvuz, paxta, oltin, neft va gazga boy. Biz o’z vatanimizni sevamiz.

V. Yakuniy qism. O’quvchilarni baholash.
Baholarni jamlaylik,
Olamni yashnataylik.
Bugungi mavzu hammaga tushunarli bo’ldimi? Tushunarli bo’lgan bo’lsa darsimizning g’olib gurunini aniqlaymiz va eng faol qatnashgan o’quvchilarni baholab olamiz.
Yig’ilgan tarqatmalar asosida o’quvchilarni baholaymiz. Kompyuterning asosiy qurilmalarini to’lagan gurunni g’olib deb hisoblaymiz va guruhni tabriklaymiz
VI. Uyga vazifa
Uy ishini eslab qol,
Topshiriqni bilib ol! Mavzuga oid savollarga javob yozib kelish

Informatikadan dars ishlanma

2) Tarbiyaviy maqsad: Milliy va umummadaniy kompetensiyasi orqali Vatanni sevish, insonlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash.

3) Rivojlantiruvchi maqsad: OAxborotlar bilan ishlay olish kompetensiyasi orqali ommaviy axborotlardan foydalanib, zarur ma’lumotlarni izlay olishni shakllantirish.

Dars tipi: Yangi bilim va ko’nikma hosil qilish

Dars uslubi: ko’rgazmali – amaliy.

Dars jihozi: Kompyuter qurilmalari, darslik

Dars bosqichlari: Tashkiliy qism (3m)

O’tilgan mavzuni mustahkamlash (12 m)

Yangi mavzu bayoni (15 m)

Yangi mavzuni mustahkamlash (10 m)

Vazifa berish va tushuntirish (2m)

O’quvchilarni baholash (3m)

DTS: Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari haqida ma’lumotga ega bo`lish.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun takrorlash savollari

  1. Elektr toki inson hayoti uchun xavflimi?
  2. Kompyuterning inson sog’lig’iga zararli tomonlarini so’zlab bering.
  3. Kompyuter xonasida nimalar mumkin emas?
  4. Xavfsizlik texnikasi qoidalarini so ‘zlab bering.
  5. Sanitariya-gigiyena talablari nima uchun kerak?
  6. Yangi mavzuni o`rganish

Insoniyat asrlar davomida to’plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan belgilar va qog’oz o’ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.

Ajdodlarimizdan bizga qadar minglab qo’lyozmalar va kitoblar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.

Avvallari kam nusxadagi qo’lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab, yillab navbat kutishga to’g’ri kelardi. Ba’zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi kitob yoki qo’lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo’lmagan.

Texnikaning rivojlanishi natijasida bu kabi muammolar hal bo’ldi. Hozirgi kunda kompyuterlar asosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yoki qo’lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob va maqolalarni o’qish, filmlarni ko’rish, biror joyga xat jo’natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirish mumkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma-bir sanab chiqish qiyin.

Demak, inson tafakkurining mahsuli bo’lgan kompyuter juda kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o’rganish lozim.

Kompyuter qanday tuzilgan?

Kompyuter ko’rinishidan uch asosiy bo’lakdan iborat:

Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o’xshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko’rilayotgan film unda namoyon bo’ladi.

Monitor har xil ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumot va buyruqlar kiritiladi.

Sistema bloki himoya g’ilofiga o’ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig’ilgan bo’lib, asosiy plata deyiladi.

Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi.

U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.

Ma’lumotlar qanday saqlanadi?

Biz ma’lumotlarni (kino, klip, qo’shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo’yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.

Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluv­chan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma’lumotlarni ko’chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma’lumot yozish va undagi ma’lumotni o’qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko’p ma’lumot saqlash mumkin. Kompakt disklardagi ma’lumotlarni o’qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.

Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma’lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.

Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?

Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo’llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o’ng tugma yordamchi amallar ro’yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro’yxat kontekst-menyu deb ataladi.

Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog’ozga chop etish mumkin.

Kino, klip, qo’shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.

Kompyuter qanday ishga tushiriladi?

Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

® kompyuter elektr manbayiga ulanadi;

® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;

® monitor alohida ishga tushiriladigan bo’lsa, © uning rasmli tugmachasi bosiladi.

Esda tuting! Kompyuterlarni ishga tushirayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo’ling.

  1. Mustahkamlash
  2. Monitorning vazifasi nimalardan iborat?
  3. Klaviaturada nimalar bor va uning vazifasi nimalardan iborat?
  4. Sistema bloki haqida so ‘zlab beting
  5. Protsessor haqida so ‘zlab bering.
  6. Ma’lumotlar kompyuterning qaysi qurilmalarida saqlanadi?
  7. Disketa va vinchester nima uchun tashqi xotira deb ataladi?
  8. Kompyuterning qanday tashqi xotiralarini bilasiz?
  9. Ma ‘lumotlami qog’ozga chop etish uchun qanday qurilma ishlatiladi?
  10. Sichqoncha haqida so ‘zlab bering.
  11. Kompyuterni ishga tushirish ketma-ketligini so ‘zlab bering.
  1. Chap ustundagi qurilmalami о ‘ng ustundagi xususiyatlariga mos qo’ying.

Ochiq dars ishlanmasi

Dars mavzusi:Microsoft Word matn muharriri haqida umumiy ma’lumotlar ”.

Dars maqsadi: O’quvchilarga kompyuter bilan samarali ishlashi uchun Microsoft Word dasturi haqida o’quvchilarga umumiy malumot berish.

Tayanch iboralar va jihozlar: MS Word dasturi, menyu buyruqlari, asboblar paneli, chizg’ichlar, matn, hujjat, holat satri, list, sistemali menyu tugmalari

O’quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

O’quv mashg’ulotiga kirish

Dars rejasi:

1. Matn muharriri haqida umumiy ma’lumotlar.

  1. MS Word dasturini yuklash.
  2. MS Word matn muharririning imkoniyatlari
  3. Dasturda ishni tugallash

Tezkor so’rov, savol-javob, aqliy hujum, orqali bilimlarni faollashtiradi;

O’quvchilarni individual ravishda baholaydi;

Mustaqil ish uchun topshiriq beradi;

Sahifani rasm yoki matn shaklida kоmpyuter xоtirasiga оlib beruvchi qurilma. Word qanday yuklanadi?
Пуск -> Программы -> Microsoft Office-> Microsoft Word. Word dasturida panellar qaysi menyu оrqali urnatiladi?
Вставка. Yangi yaratilgan dasturni diskka yozish uchun qaysi buyruqlar tanlanadi?
Сохранить, Сохранить как. Word da yangi sa-hifa оchish uchun qaysi buyruqdan fоydalaniladi?
Правка. Word ishi qanday yakunlanadi?
[За­крыть] Alt+F4. Mа’lumotni qog’ozgа chiqаrish uchun klаviаturdа qаysi tugmаchаlаr bosilаdi?
Ctrl+P. Найти va Заменит buyrug`i qanaqa vazifani bajaradi?
Matnni izlash va o’zgartirish uchun Monitorning vazifasi nima?
Foydalanuvchiga bajarilayotgan vazifalarni korsatib turadi Katalog nima ?
Fayllar majmui va ichki katalog saqlanuvchi diskdagi maxsus joy «Корзина» yorlig’ini vаzifаsi nimа?
Nokerаk dаsturlаr, fayllаr vа kаtаloglаr uzilkesil yuqotilishi oldidаn vаqtinchа sаqlаsh uchun moljаllаngаn yorliq. Word dasturida panellar qaysi menyu оrqali urnatiladi?
Вставка Avval yaratilgan malumоt yoki xujjatni оchish uchun qaysi buyruqlar tanlanadi?
ish stolining konteks menyusi; Skaner nima vazifani bajaradi?

381053340K r a s v o r d.00K r a s v o r d.

Qiziqarli malumotlar
7 sinf informatika ochiq dars ishlanmasi