7-noyabr Ispaniyada kaytserfing festivali to’liq malumot oling

Ispaniyaning Kanarsk orollaridan birida har yili 8-noyabr sanasiga yaqin bo’lgan dam olish kunlarida Xalqaro kaytserfing festivali bo’lib o’tadi. Xalqaro kaytserfing festivali – go’zal, sport bayrami bo’lib, uch kun davom etadi. Ayniqsa oxirgi vaqtlarda u juda mashhur bo’lib ketdi. Sportning bu turiga qiziquvchilarning soni borgan sari ortib bormoqda, festivalning o’zi esa ommabop va tomoshabop bo’lib bormoqda. Aktiv va qiziqarli bo’lgan bu festival nafaqat qatnashchilarga, balki tomoshabinlarga ham huzur bag’ishlaydi. Kaytserfing (kitesurfing) yoki kayting-sportning birmuncha yosh turlaridan bo’lib, atrofida dunyo bo’yicha yuz minglab muxlislarni yig’a oldi. Kite-tarjima qilinganda «havo iloni”, Surfing-» to’lqinda uchish” ma’nosini beradi. Bu sport turining mohiyati shundaki, katta havo ilonli taxtada to’lqinlar aro sirg’anish, tortishish kuchi ta’siridagi harakat esa uning asosini tashkil qiladi. Ayniqsa, sportsmenlarning suv ustida bir necha metrga sakrab, turli akrobatik nomerlar, qiyin elementlar bajarishi juda ham qiziqarli. Klimat sharofati bilan Ispaniyada kaytserfing sporti faol rivojlanib bormoqda. Axir, Ispaniya sportning bu turi bilan shug’ullanish uchun Yevropadagi eng zo’r joy hisoblanadi — O’rtayer dengizi qirg’oqlaridan to Pireney yarim orollarigacha cho’zilgan oq qumloq plyaj, doim esib turadigan kuchli shamol- kaytserfing uchun mukammal joyni yana qaerdan topish mumkin. Bu yerlarda faqat professionallargina emas yangi o’rganayotganlar ham uchishlari mumkin, kaytserfing maktablari, o’rgatuvchi tajribali konstruktorlar yetarli, maxsus magazinlardan kerakli anjomlarni sotib olish mumkin. Festival tanatanali ravishda juma kunida ochiladi, Bu kun «erkin uchish” kuni hisoblanib, qatnashchilar o’zlarining kayt-havo ilonlarini namoyish qilishadi, tomoshabinlar esa bu go’zallikdan, parlanayotgan ilonlar dizaynining originalligidan bahra olishadi. Ikkinchi kun – shanbada kaytserfing ustalarining jiddiy musobaqalari boshlanadi va unda kaytserferlar qiyin tryuklar, bajarilishi shart bo’lgan elementlarni ko’rsatishadi. Tashkilotchilar o’sib kelayotgan yangi avlod, balki bo’lg’usi kaytserfinglarni ham eslaridan chiqarishmaydi. Shuning uchun yakshanba — oilaviy kun, ko’p tadbirlar bolalarga ataladi. Hamma yoshdagi o’g’il va qiz bolalar havo ilonlarini yasashni o’rganishlari mumkin. Bayram oxirida yasagan havo ilonlarini osmonga uchirishadi.
Mundarija скрыть

Muhim sanalar
7-noyabr Ispaniyada kaytserfing festivali

Оставьте комментарий