6-sentyabr Svazilend Qirolligi Mustaqillik kuni
6-sentyabr Svazilend Qirolligi Mustaqillik kuni
DO`STLARGA ULASHING:
6-sentyabr Svazilend Qirolligi Mustaqillik kuni
Rasmiy nomi-Svazilend Qirolligi. Poytaxti-Mbabane. Hududi-17363 km.kv. Aholisi – 1220400 kishi (2012). Davlat tili — ingliz va avani. Aholi xristian dini (60%) va majusiylikka (40%) e’tiqod qiladi. Pul birligi- lilangeni. Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining janubiy qismida joylashgan davlat. Janub, janubi-sharq, g’arb va shimolda-JAR (chegara uzunligi-430 km), sharqda esa Mozambik (105 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi –535 km. Mamlakat g’arbidan sharqqa tomon tepaliklari pasayib boruvchi Vel’d qirliklarida joylashgan. Eng baland cho’qqisi-1445 m. Svazilendda bir nechta pasttekisliklar bor. Asosiy daryolari – Usutu, Kamati, Umbeluzi. Asosiy tabiiy boyliklari: ko’mir, yog’och, gidroenergiya resurslari, o’rmonlari, shuningdek, uncha katta bo’lmagan oltin va olmos konlari bor. Hududining 11% i haydaladigan yerlar, 62% i esa yaylov va o’tloqlar. Iqlimi – subtropik. Svazilendning o’simlik dunyosi g’arbda savanna, sharqda esa kserofit (cho’l iqlimiga chidamli o’tlar) changalzorlari bilan xarakterlanadi. Florasi juda boy: 2400 ga yaqin o’simlik turi mavjud – lishayniklar va paporotniklardan tortib magnoliya va fikuslargacha o’sadi. Faqat aloening 25 turi, orxideyaning 12 turi, nilufar gullarining 10 turi bor. Yirik sut emizuvchilardan «ko’k” qo’toslar uchraydi. Shuningdek, burama shoxli antilopa, zebra, begemotlar ham bor. Daryolarida timsohlar ko’p. Svazilend 1968-yil 6-sentyabrdan mustaqil davlat bo’ldi (undan oldin – Buyuk Britaniya protektorati). Bu sana – Milliy bayram – Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi. Davlat boshlig’i — qirol.
6-sentyabr Svazilend Qirolligi Mustaqillik kuni