5 sinf online maktab

5 sinf online maktab

Дата включения сведений об интернет-магазине 5element.by
в Торговый реестр Республики Беларусь – 11.04.2018
Номера городских телефонов уполномоченных по защите прав потребителей:
+37517-368-80-69 – администрация Московского района г. Минска;
+37517-218-00-82 – главное управление торговли и услуг Мингорисполкома.

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi 55-umumta’lim maktabiga bordi

Davlat rahbari xalqqa Murojaatnomasida maktab o‘quvchilarini xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish zaruratini aytgan edi. 20-yanvar kuni bu boradagi vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblarga o‘rgatilishi rejalashtirildi.

Bu maqsad joylarda hayotga ko‘cha boshladi. Xususan, Andijon tumanidagi 55-umumta’lim maktabi ta’mirlanib, qo‘shimcha sharoitlar yaratildi. Maktabning bo‘sh turgan yerto‘lasi tadbirkorlarga ajratib berilib, yoshlarni kasbga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yildi.

Prezident ushbu xonalarni kirib ko‘rdi.

Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bu yerda tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat to‘qish, ko‘rpa-to‘shak tikish kabi yo‘nalishlarni o‘rganmoqda. Shuningdek, maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.

Shu qatarda Shavkat Mirziyoyev kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.

– E’tibor bersangiz, kasb egallamay o‘qishni bitirganlar hayotda qiynaladi, ish topolmaydi. Kimning qo‘lida hunari bo‘lib, chet tilini bilsa, yo‘li ochiq. Sizlarda shunday imkoniyat bor. O‘zingizni qiynab, qunt bilan bilim oling, hunar o‘rganing. Qarorlar, sa’y-harakatlar qachon natija beradi? Mutaxassis zo‘r bo‘lsa. Investorlar ham kadrlarning bilim va malakasiga ishonib keladi. Mamlakatimizning eng katta boyligi – yoshlar, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

5 sinf online maktab

Президент Шавкат Мирзиёев айни вақтда Фарғона вилоятидаги фаоллар йиғилишида иштирок этмоқда. Давлат раҳбари ўз нутқи давомида кластерлар олдига ўзини-ўзи энергия билан таъминлаш талаби қўйилишини билдирди.

Сўнгги хабарлар

36 дақиқа олдин

Барча судланувчиларга нисбатан «қамоққа олиш» тарзидаги эҳтиёт чораси қўлланилган.

Видео хабарлар

Муҳаррир танлови –>

Гўёки азал-азалдан бу дунёда яшашдан мақсадимиз тўй кўриш, элга ош бериш ва шу орзуларгина бизни мурод-мақсадимизга етказади. Эртакларимиз бошқачароқ якунланганида бугун бошқачароқ яшаётган бўлармидик.

Дунё, Муҳаммаджон, Эъзоза. Бу рўйхат ҳали узууун. Йигирмата беғубор бола. Илоҳим, ундан ошмасин энди. Шифо деганлари заҳар чиққан сиропнинг қурбонлари улар.

Ўтган асрнинг 70-йилларида Ўзбекистон компартияси МҚ биринчи котиби тегишли идоранинг илтимосига кўра, «биринчи ўзбек разведкачиси» ва «ўзбек разведкачилик мактаби асосчиси» Баҳром Иброҳимовга Совет Иттифоқи Қаҳрамони унвонини бериш масаласида Москвага мурожаат этган.

Фотохабарлар

Инфографика

Колумнист минбари

Барно Султонова
Журналист

Муаллифлар

Бобур Наби
журналист

Бахтиёр Шералиев
биолог-ихтиолог / генетик

scattered clouds
Бугун
03-феврал
overcast clouds
шанба
04-феврал

Валюта курслари

USD 11 295.23 +12.25
EUR 12 423.62 +144.35
RUB 161.33 +0.41
GBP 13 943.96 +46.71
CNY 1 679.99 +6.58
JPY 87.60 +0.73
KRW 9.24 +0.07
CHF 12 441.05 +124.73
KZT 24.58 +0.08
Жума, 03/02/2023

«Xabar» ахборот-таҳлилий портали 2017 йилнинг 27 декабрида электрон ОАВ сифатида давлат рўйхатидан ўтказилган. Гувоҳнома рақами: 1210. Муассис: «Xabar» газетаси таҳририяти. Таҳририят манзили: 100000, Тошкент шаҳри, Амир Темур 1-тор кўчаси, 2-уй (мўлжал: Олой бозори). Масъул муҳаррир Абдуғани Абдураҳмонов. Электрон манзил: mail@xabar
Материалларимиздан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда «Фойдаланиш шартлари»га амал қилиниши шарт. Барча ҳуқуқлар Ўзбекистон Республикасининг оммавий ахборот воситалари тўғрисидаги ҳамда муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ҳимояланган.

Сайтда имловий ёки услубий хатога кўзингиз тушдими? Хато жумлани белгиланг ва CTRL+ENTER босиш орқали бизга хабар беринг.

5 sinf online maktab

Самые популярные телевизоры за 2022 год

Видеообзоры
Пылесос Dreame M12
Cмартфон Huawei Nova Y61
Планшет Huawei MatePad SE
QLED телевизор TCL 65С935
Для обеспечения удобства пользователей сайта используются cookies
Принять Отклонить Подробнее
Мы в социальных сетях

  • Как сделать заказ
  • Доставка
  • Оплата
  • Обмен и возврат товара
  • Юридическая информация
  • Обработка персональных данных
  • Программа «Защита+»
  • Установка техники
  • Для мобильных устройств
  • Для компьютеров
  • Подписки на видеосервисы
  • Сервисные центры

(29) 5-700-700

  • (29) 5-700-700
  • (44) 5-700-700
  • (25) 6-700-700

Скачай мобильное приложение Защита+

Закрытое акционерное общество “ПАТИО”
220036, г. Минск, пр. Дзержинского, д. 8, каб. 1302 (13 этаж).
Свидетельство о государственной регистрации ЗАО «ПАТИО» выдано
Мингорисполкомом на основании решения от 18.04.2001 № 491. УНП 100183195.
Режим работы интернет-магазина: с 9.00 до 21.00 ежедневно.

Дата включения сведений об интернет-магазине 5element.by
в Торговый реестр Республики Беларусь – 11.04.2018
Номера городских телефонов уполномоченных по защите прав потребителей:
+37517-368-80-69 – администрация Московского района г. Минска;
+37517-218-00-82 – главное управление торговли и услуг Мингорисполкома.

5 sinf online maktab

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi taʼlim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, intellektual rivojlanishini taʼminlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyi 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni o‘qishga taklif etadi.

Akademik litseyga o‘qishga kirish istagini bildirgan Sirdaryo viloyati hududida yashovchi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun arizalar 2023 yilning 1 fevral kunidan 15 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

Taʼlim yo‘nalishi: ijtimoiy gumanitar fanlar.

Qabul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

1. Dastlabki tanlov: yakka tartibdagi dastlabki suhbat, individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish, tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tish.

2. Maxsus-professional tanlov: yozma ish (diktant), jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov, yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

3. Test sinovi.

O‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchilar (nomzodlar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1. Ariza (belgilangan shaklda, ota-ona ishtirokida).

2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (asli va nusxasi, dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa maʼlumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa bu haqda FHDYO organlarining maʼlumotnomasi).

3. Yaqin qarindoshlarining pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi (nikohdan ajralganligi haqidagi guvohnomasi), vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasi (asli va nusxalari).

4. 3×4 sm . o‘lchamdagi 6 dona fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9×12 sm . o‘lchamdagi 2 dona fotosurat (bosh kiyimsiz).

5. Tarjimai hol.

6. So‘rovnoma (belgilangan shakldagi).

7. O‘qish joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (haqiqatdan 9-sinfda tahsil olishi to‘g‘risida).

8. Mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi maʼlumotnomaning asli va nusxasi.

9. Fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan (maktab direktori tomonidan tasdiqlangan) maʼlumotnoma.

10. Ota-onasining Ichki ishlar vazirligining akademik litseyiga o‘qishga kirishiga rozilik xati (belgilangan shaklda).

Manzilimiz: Sirdaryo shahri, Baxt-iqbol ko‘chasi, 15-uy. (Mo‘ljal: Selmag chorrahasi.)

Ta’lim sohasida 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar

Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida davlat organlarining sohaga oid bo‘lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali maqbullashtirish hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar ijtimoiy soha, jumladan ta’lim sohasidagi masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda ta’lim ustuvorligini e’tirof etgan holda, ta’limning sifati va erkinligini ta’minlash, bu sohada davlat boshqaruvining samarali tizimini yaratish bo‘yicha tizimli va keng doiradagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi besh yilda ta’lim sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 100 yaqin farmon va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 220 dan ortiq qarorlari qabul qilindi. Har yili O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy xarajatlar, jumladan, ta’lim xarajatlari uchun ajratiladi. 2022 yilning 9 oyligida bolalar bog‘chalari, maktab, oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 26,4 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Buning natijasida ta’lim sohasi bir qator islohotlar amalga oshirildi.

Xususan, hozirda mamlakatimizda yangi turdagi va sifat bosqichidagi umumta’lim maktablari, xususan Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 9 oyligiga mo‘ljallangan byudjet parametrlari doirasida xalq ta’limi sohasiga 19,8 trln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratildi. Jumladan:

Umumta’lim maktablarini keng polosali internet tarmog‘iga ulash dasturiga muvofiq 4,4 mlrd. so‘mlik mablag‘lar ajratilishi natijasida:

– umumta’lim muassasalarida “Elektron ta’lim” tarmog‘i uchun yaratiladigan videokontentlar soni 418 taga oshirildi;

– kompyuter sinf xonalaridan samarali foydalanish, jumladan o‘qituvchilarni mahalliy va halqaro ommaviy ochiq onlayn kurslarga (“Yosh dasturchi” (code), “Bir million o‘zbek dasturchilari” va boshqalar) 757,3 ming nafar o‘quvchilar jalb etildi;

– maktablardagi o‘qituvchilar orasida oliy toifali o‘qituvchilarning ulushi 8,4%ga (reja 8%) va oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning ulushi 90,1%ga yetkazildi;

Umumta’lim maktablarini darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash dasturi doirasida 509,0 mlrd.so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilishi natijasida:

– tegishli fan bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlangan o‘qituvchilar ulushi (jami o‘qituvchilar soniga nisbatan) 10,8%ni hamda darsliklar hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlangan o‘quvchilar ulushi (jami o‘quvchilarga nisbatan) 40,9%ni tashkil etdi;

– maktab o‘qituvchilari foydalanishlari uchun 409,2 ming nushada tegishli fan bo‘yicha metodik qo‘llanmalar hamda maktab o‘quvchilariga 17977,3 ming nushada darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar chop etildi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda ta’lim sohasidagi yana bir eng muhim yutug‘i bo‘lgana maktabgacha ta’limning sifat jihatidan yangi tizimi yaratildi. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, maktabgacha ta’lim muassasalari kengaytirildi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlandi. Agar 2016 yilda respublikada 5211 ta bolalar bog‘chasi bo‘lgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 20 mingga yaqinlashdi, bunda 6 yosh bolalarni qamrab olish darajasi 84%ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda qamrov doirasi past bo‘lgan joylarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, 2022 yilning 9 oyiga mo‘ljallangan byudjet parametrlari doirasida Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga 3,9 trln. so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirildi. Buning hisobiga:

Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish dasturiga muvofiq 1,7 trln.so‘m yo‘naltirilishi natijasida:

– nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalar soni 661,4 ming nafar (prognoz 552,1 ming)ga yetkazildi;

– oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalar soni va ulushi (jamiga nisbatan) 502,2 ming nafar yoki 75,9% (reja 76,4%) tashkil etdi;

– bir nafar tarbiyachiga to‘g‘ri keladigan tarbiyalanuvchilar ulushi 20,7%ni va bolalarning o‘yin maydonlari bilan ta’minlanishi (bir bola uchun to‘g‘ri keladigan joy) darajasi 3,3%ni tashkil etdi.

Maktabgacha ta’lim tizimida 6 yoshdagi bolalarni keng qamrab olish dasturi doirasida 32,7 mlrd.so‘m miqdorida moliyalashtirilgan bo‘lib, buning hisobiga:

– 6 yoshdagi bolalarni qamrab olish darajasi (jami 6 yoshgacha bolalar soniga nisbatan) 588,7 ming nafarni yoki 84%ni tashkil etdi;

5769 ta bolalar uchun boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etildi;

Shuningdek, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 87,0 mlrd. so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirilgan holda:

– «Bolalar bog‘chasi» maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi joriy etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 875 taga (reja 472 ta) va ulushi 4,1% (prognoz 2,2%)ga yetkazildi.

Xuddi shunday, oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida jiddiy islohotlar amalga oshirildi. So‘nggi besh yilda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 67 ta yangi OTMlari hamda ularning filiallari barpo etildi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab “Yangi O‘zbekiston universiteti” o‘z faoliyatini boshladi.

2022 yilning 9 oyligida oliy va o‘rta maxsus ta’limi sohasiga 2,7 trln. so‘mlik byudjet mablag‘lari ajratildi. Xususan:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy xarajatlari uchun 2,5 trln.so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi va sohada qo‘yidagi natijalarga erishildi:

– bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi (jami bitiruvchilarga nisbatan) 38%ga (reja 35%) yetkazildi hamda oliy ta’limga 190,4 ming nafar (reja 186,7 ming) o‘quvchilar kirdi;

– oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilarining ulushi (jami o‘qituvchilarga nisbatan) 39%ni tashkil etdi;

– oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini axborot tizimi orqali boshqarish (oliy ta’lim muassasalariga nisbatan) darajasi 85%ga (prognoz 70%) yetkazildi;

33 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari (jumladan DXSh shartlari asosida tashkil etiladigan nodavlat OTM) tashkil etildi;

1375 nafar professor-o‘qituvchilar xorijda malaka oshirdi va stajirovkadan o‘tdi hamda 13450 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy darajani qo‘lga kiritdi.

«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga amaliyot o‘tagan vaqtida subsidiyalar ajratish dasturi doirasida 0,5 mlrd. so‘mlik mablag‘ ajratilgan holda:

968 nafar «Yoshlar daftari»ga kiritilgan o‘quvchilarga subsidiyalar ajratildi hamda professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan «Yoshlar daftari»dagi o‘quvchilar soni 363,3 ming nafarni tashkil etdi.

Davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy ta’lim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etish dasturi doirasida 43,2 mlrd.so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilib, 2 ta yangi talabalar turar joyi barpo etildi, turar joyi sig‘imi 92351 o‘ringa yetkazildi hamda talabalarni turar joyi bilan qamrab olish darajasi (ehtiyojga nisbatan) 43,7%ni tashkil etdi.

2022 yil sentyabr oyi holatiga 17 ta (8 ta davlat, 8 ta nodavlat va 1 ta xorijiy) yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil etilib, OTM soni 117 taga (113 ta davlat, 33 ta nodavlat va 31 ta xorijiy) yetkazildi. Transformatsiya dasturiga muvofiq, 17 ta OTM filiallari institutga aylantirildi, 8 ta institutga universitet maqomi berildi va 8 ta OTMlari boshqa tashkiliy-xuquqiy shaklga transformatsiya qilindi.

Shuningdek, OTMlarining ilmiy kadrlar salohiyati yaxshilanib, ularda falsafa doktorlar (PhD)10 651 nafar (jami ilmiy kadrlarga nisbatan 8%), fan doktorlar (DSc) 2 799 nafar (31%) va ilmiy darajasiz o‘qituvchilar 21 089 nafar (61%)ni tashkil etdi. Hisobot davrida 1 513 ta, shundan fan doktori (DSc) darajasini olish uchun 1 364 nafar (jamiga nisbatan 90%) va falsafa doktori (PhD) unvoni uchun 149 ta (10%) dissertatsiyalar himoya qilindi. Barcha oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallaridagi o‘quv jarayoni Yevropa mamlakatlari kredit tizimi (ECTS) kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Bunda, 625 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 634 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari ish beruvchilarning takliflari asosida ishlab chiqildi.

Shuningdek, oliy ta’limning ma’muriy va moliyaviy boshqaruv, o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyat jarayonlarini HEMIS tizimiga raqamlashtirish orqali 900 ming nafar talaba va 34 569 nafar o‘qituvchilar (100%) qamrab olindi. Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda 11 990 nomdagi yangi avlod o‘quv adabiyotlari yaratildi va nashr etishga ruxsat berildi. «Elektron kutubxona» platformasi ishga tushirilib, unga 100 mingdan ziyod nomdagi adabiyotlar kiritildi.

Ushbu davrda 65 nomdagi 141 435 dona yangi o‘quv adabiyotlar ta’lim muassasalariga yetkazildi. Texnikumlar 9 192 nomdagi 122 ming nusxada bo‘lgan o‘quv materiallari va 103 ming nomdagi elektron resurslari bilan ta’minlandi.

Qolaversa, yil boshidan beri 30 956o‘rinli 60ta (shundan DXSh asosida 20 866 o‘rinli 39ta) talabalar turar joylari barpo etilmoqda. Umumiy hisobda jami 35 100 nafar talabalar, shundan 12 755 nafar maktab va bog‘chalardagi vakant o‘rinlariga, 11 396 nafar karera markazlari orqali, 3 914 nafar bo‘sh joylarni o‘quv kurs va to‘garaklar tashkil etish uchun ijaraga berish hisobiga, 3 700 nafar oliygohlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga, 2 522 nafar oliygohlarda joylashgan tadbirkorlar faoliyati hisobiga va 813 nafar yotoqxonalarda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali, bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, 4695nafar rahbar va pedagog kadrlarni yangi metodika bo‘yicha malakasi oshirildi va 20 ming nafar pedagog kadrlar uchun 17 ta onlayn seminar-treninglar o‘tkazildi.

Professional ta’limda kadrlar tayyorlash va xalqaro tajribani joriy etish hisobiga 330 ta kasb-hunar maktabiga 105 768 nafar 9-sinf bitiruvchilari (20%) qabul qilindi, 33 647 nafar aholi 101 ta kasblar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitildi. Shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan 3 ta metodik qo‘llanma tayyorlandi, “dual” ta’lim bo‘yicha 603 ta korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatildi va 20 ta kasblarning o‘quv rejasi ishlab chiqildi, kasb-hunar maktablariga 143 nafar, kollejlarga 3 431 nafar va texnikumlarga 1 439 nafar o‘quvchilar “dual” ta’limga qabul qilindi.

Shu bilan birgalikda, 296 ta kasb va mutaxassisliklar ta’lim dasturlari takomillashtirildi, 27 ta yangi kasblar kiritildi, 7 803 nafar o‘qituvchilarning malaka toifalari qaytadan ko‘rib chiqildi va ularning sifat tarkibi 9,2%dan 28,7%ga ko‘tarildi.

Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi (€4,8 mln) bo‘yicha bitim tayyorlandi, Germaniyaning KfW banki bilan “Professional ta’limi tizimini takomillashtirish” (€40,0 mln) hamda Koreyaning Eksim banki bilan Professional ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish” loyihalari (€50,0 mln) ishlab chiqilmoqda.

Kelgusi 2023-2025 yillarda ta’lim sohasidagi islohotlar ham izchil davom ettirilib, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda oliy va o‘rta maxsus ta’limi sohasining joriy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlari uchun davlat byudjeti hisobidan jami 140,3 trln. so‘m, shundan 2023 yil davomida 43,6 trln. so‘m, 2024 yilda 46,7 trln. so‘m va 2025 yilda 50 trln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, Xalq ta’limi vazirligiga jami 95,2 trln. so‘m, shundan 2023 yilda 29,6 trln. so‘m, 2024 yilda 31,7 trln. so‘m va 2025 yilda 33,9 trln. so‘mlik mablag‘lar ajratilishi va buning natijasida qo‘yidagi maqsadli mo‘ljallarga erishish rejalashtirilmoqda. Xususan:

  1. Xalq ta’limi tizimining joriy xarajatlari uchun 2023 yilda 27,8trln. so‘m, 2024 yilda 29,7trln. so‘m va 2025 yilda 31,8trln. so‘m (2023 yilga nisbatan114,4% ko‘p) miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirish hisobiga:

– xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk) bo‘yicha kamida V2 darajadagi xalqaro tan olingan yoki unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega bo‘lgan xorijiy til o‘qituvchilari ulushini (jami o‘qituvchilarga nisbatan) 2023 yil boshidagi prognoz 21%dan 2025 yil ohirigacha 40%gacha oshirish;

– maktablarda oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushini (jami o‘qituvchilar soniga nisbatan) 2025 yilgacha 95%ga oshirish;

– maktablarda toifaga ega o‘qituvchilar ulushini 2025 yilga kelib 55%dan 67%ga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

  1. Umumta’lim maktablaridagi eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun 2023 yilda 100mlrd. so‘m, 2024 yilda 107mlrd. so‘m va 2025 yilda 114,5mlrd. so‘m, jami 321,5mlrd. so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish nazarda tutilmoqda:

– zamonaviy kompyuter sinfi bilan ta’minlangan maktablar ulushini (jami maktablar soniga nisbatan) 2023 yildagi 49,9%dan 2025 yilga kelib 60,4%ga (2023 yilga nisbatan 30%) oshirish;

– kompyuter sinflar sonini 2023 yildagi 7944 tadan 2025 yilda 9622 taga (2023 yilga nisbatan 1678 ta yoki 21%ga) oshirish;

– maktablarda yangilangan kompyuter sinf to‘plamlari sonini 2023 yilda 636 taga va 2025 yil yakuni bilan 915 taga (2023 yilga nisbatan 279 ta yoki 43,9%ga) oshirish rejalashtirilmoqda.

  1. Umumta’lim maktablarini darsliklar va boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlash uchun byudjetdan 2023 yilda 920mlrd. so‘m, 2024 yilda 984,4mlrd. so‘m va 2025 yilda 1053,3mlrd. so‘m, jami 2957,7 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratilib, buning natijasida:

– yangi metodik qo‘llanma bilan ta’minlangan o‘qituvchilar ulushini (jami o‘qituvchilarga nisbatan) 2023 yilda 36%ga, 2024 yilda 72%ga va 2025 yilga kelib esa 100%ga hamda yangi darsliklar bilan ta’minlangan o‘quvchilar ulushini (jamiga nisbatan) 2023 yilda 36%ga va 2025 yil yakuni bilan 100%ga yetkazish;

– maktab o‘qituvchilarini 2023 yil davomida 679 ming nusha, 2024 yilda 942 ming va 2025 yilda 818 ming nushada bo‘lgan aniq fanlar bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash hamda maktab o‘quvchilarini 2023 yil davomida 55713 ming, 2024 yilda 53946 ming va 2025 yilda 54450 ming nushada o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

  1. Maktablarda o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanishi va jismoniy tarbiya fanini talab darajasida o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2023 yilda 62,1mlrd. so‘m, 2024 yilda 66,4mlrd. so‘m va 2025 yilda 71,1mlrd. so‘m, jami uch yilda 199,6 mlrd. so‘m miqdorida byudjet mablag‘lar ajratiladi. Natijada, maktablar sport jihozlari bilan ta’minlanish darajasi 100%ga yetkaziladi va 10 104dona yangi sport jihozlari to‘plamlari bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi rivojlantirish dasturlariga jami 25,8 trln. so‘m, shundan 2023 yil davomida 8 trln. so‘m, 2024 yilda 8,6 trln. so‘m va 2025 yilda 9,2 trln. so‘mlik byudjet mablag‘lari ajratilishi hamda natijada sohada qo‘yidagi maqsadlarga erishish rejalashtirilmoqda. Jumladan:

  1. Davlat-xususiy sherikchilik sharti asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 2023 yilda 2,3mlrd. so‘m, 2024 yilda 2,4mlrd. so‘m va 2025 yilda 2,6mlrd. so‘m, jami ushbu davrda 7,3mlrd. so‘mlik moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Bunga ko‘ra:

– 3-7 yosh bolalarning nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 2023 yilda 26,2%ga, 2024 yilda 27,9%ga va 2025 yilga kelib 26,6%ga yetkazish;

– xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydigan bolalar sonini 2023 yilda 58,6 ming nafarga, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnaydigan bolalar sonini esa 2023 yilda 549,9 ming nafarga, 2024 yilda 589,2 ming nafarga va 2025 yilga borib 638,5 ming nafarga hamda davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnaydigan bolalar sonini 2023 yilda 127,3 ming nafarga, 2024 yilda 129,8 ming va 2025 yil yakuni bilan 132,8 ming nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 yoshdagi bolalarni qamrab olish darajasini (jami 6 yoshgacha bolalar soniga nisbatan) 2023 yilda 638,4ming nafar (90%)ga, 2024 yilda 690,6ming nafar (95%)ga va 2025 yilda 744,5ming nafar (100%)ga yetkazish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga 2023-2025 yillarda jami 19,2 trln. so‘m, shundan 2023 yilda 6 trln. so‘m, 2024 yilda 6,4 trln. so‘m va 2025 yilda 6,8 trln. so‘mlik byudjet mablag‘lari ajratiladi. Buning natijasida sohada qo‘yidagi natijaga erishiladi. Xususan:

  1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim joriy xarajatlari uchun 2023 yilda 4,9trln. so‘m, 2024 yilda 5,2trln. so‘m va 2025 yilda 5,6trln. so‘mlik byudjet mablag‘lari yo‘naltiriladi. Buning hisobiga:

– aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini (jami bitiruvchilar soniga nisbatan) 2023 yilda 42,6%ga, 2024 yilda 45,3%ga va 2025 yilda 47,5%ga yetkazish;

– oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini axborot tizimi vositalari orqali boshqaruv ulushini (OTMlari soniga nisbatan) 2023 yilda 90%ga, 2024 yilda 95%ga va 2025 yilda 100%ga yetkazish;

ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni 2023 yilda 16 ming, 2024 yilda 20 ming va 2025 yilga 24 ming nafarga oshirish;

– 2023 yilda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar ulushini (jami magistrlar soniga nisbatan) 45%ga yetkazish, tahsil olayotgan xotin-qizlar soni 2023 yilda 17,8 ming nafarga, 2024 yilda 18 ming nafarga va 2025 yilda 19 ming nafarga yetkazish;

– talabalarni turar joyi bilan qamrab olish darajasini (ehtiyojga nisbatan) 2023 yil o‘quv yilida 50,8%ga, 2024 yilda 50,9%ga va 2025 yilda 52,9%gacha oshirish;

– 2023 yilda 18 ta, 2024 yilda 19 ta va 2025 yilda 20 ta yangi talabalar turar joylar barpo etish hamda talabalar turar joyi sig‘imini 2023 yildagi 119,6 ming nafardan 2025 o‘quv yiliga kelib 135,2 ming nafarga hamda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan va subsidiya ajratilayotgan talabalar turar joylari qamrov darajasini (umumiy joyga nisbatan) 2023 yildagi 8,4%dan 2025 yilda 11,1%ga yetkazish;

– “yoshlar daftari”ga kiritilgan holda subsidiya ajratiladigan o‘quvchilar sonini 2023 yilda 1200 nafarga 2024 yilda 1500 nafarga va 2025 yilda 2000 nafarga yetkazish;

– 2025 yilga qadar oliy toifadagi o‘qituvchilar oylik ish xaqini $1 ming yetkazish rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, OTMlarining o‘zini-o‘zi boshqarish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Umumiy hisobda kelgusi 2023 yilda ta’lim sohasida islohotlarni yanada takomillashtirish maqsadida 2023 yilga mo‘ljallangan Byudjet qonuni loyihasida ta’lim sohasiga 40,7 trln. so‘m, shundan Xalq ta’limi vazirligi tizimiga 26,7 trln. so‘m (shundan joriy xarajatlar, ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun qo‘yilmalar uchun 25,8 trln.so‘m), Maktabgacha ta’lim vazirligiga 8 trln.so‘m (6,5 trln.so‘m) va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 6 trln. so‘m (4,1 trln.so‘m) miqdorida byudjet mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida davlat organlarining sohaga oid bo‘lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali maqbullashtirish hisobiga bo‘shaydigan mablag‘lar ijtimoiy soha, jumladan ta’lim sohasidagi masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Usmonov Qahramon,
Nurmurodov Kamoliddin
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

  • Ta’lim
  • Kamoliddin Nurmurodov
  • Qahramon Usmonov

Qiziqarli malumotlar
5 sinf online maktab