5 sinf ona tili fanidan ko’rgazmalar

5 sinf ona tili fanidan ko’rgazmalar

Bu o`yin ijodkorlikka undovchi o`yinlardan bo`lib, undan yangi mavzuni mustahkamlashda, takrorlash va mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin.5 – sinfda «Morfologiya» bo`limining «So`zlarning tuzilish jihatdan turlari» mavzusi o`rganiladi. So`zlar tuzilish jihatdan sodda, qo`shma, juft va takroriy so`zlarga bo`linadi. “Qo`shma so`zlar” mavzusi o`rganilganda, shu o`yindan foydalanish yaxshi samara beradi. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. Sinf o`quvchilari beshta kichik guruhga bo`linadi. Har bir guruhga qo`shma so`zlarning bir qismi beriladi va ikkinchi qismini topish topshiriladi. O`quvchilarga bitta yoki bir nechta so`z berilishi mumkin. Agar bitta so`z berilib, shu so`zdan bir necha qo`shma so`zlar hosil qilish topshirilsa, o`quvchilar ko`proq izlanadilar. O`yin ikki bosqichda o`tkaziladi. Birinchi bosqichda qo`shma so`zning birinchi qismi berilib, undan qo`shma so`zlar hosil qilinadi. Guruh a’zolari topshiriqni quyidagi tartibda bajaradilar.
«Tengdosh» «Yog`du» «Tafakkur» «Umid» «Nihol»
gul gulbeor gulbahor gulbog` gulqaychi gultojixo`roz ko`z ko`zoynak ko`zmunchoq ko`zbo`yamachi ko`zboyloqchi qora qorabayir qorabotir qoramol qorakuya oq oqsaroy oqtepa oqqo`rg`on oqsoqol bir bir mahal bir oz bir ma’noli bir necha

Guruhlar topshiriqni o`z o`rinlarida yoki yozuv taxtasida bajarishlari mumkin. O`qituvchi guruhlarning javoblarini ko`rib chiqadi va o`z munosabatini bildiradi. O`yinning ikkinchi bosqichida qo`shma so`zlarning ikkinchi qismi beriladi va undan qo`shma so`zlar hosil qilish topshiriladi. Bu bosqichda topshiriq murakkabroq bo`lib, guruh a’zolarini ko`proq fikrlashga, izlanishga va o`zaro maslahatlashishga undaydi. O`quvchilar berilgan so`z ishtirokida qo`shma so`zlar hosil qiladilar.

«Tengdosh» «Yog`du» «Tafakkur» «Umid» «Nihol»
gul qoqigul karnaygul pechakgul kelmoq olib kelmoq borib kelmoq ko`rib kelmoq qilmoq qabul qilmoq e’lon qilmoq ta’zim qilmoq rang havo rang jigar rang bug`doy rang suv oqsuv qorasuv yettisuv

O`quvchilar shu tartibda o`yinda ishtirok etib, berilgan so`zlarning juftini topadilar va qo`shma so`zlar hosil qiladilar. Bu o`yin o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzuni yaxshiroq yodda saqlab qolishlariga yordam beradi, ularning ijodiy tafakkurini o`stiradi. «Juftini toping» o`yinidan «Juft so`zlar», «Antonim so`zlar», «Paronimlar» mavzularini o`rganishda ham foydalanish mumkin.

  1. “O`yla, izla, top”

Bu o`yin sinonim va omonimlar uchun qo`llansa, ko`proq o`rinli bo`ladi. Bu mavzulardan tashqari, o`zakdosh so`zlar, atamalar, tarixiy, olinma, uyadosh so`zlar mavzularini o`tganda ham qo`llasa bo`ladi. Bu o`yin o`quvchilarni topqirlikka, chaqqonlikka o`rgatadi va eng asosiysi, ularning darsga bo`lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi.

Masalan: Sinonim so`zlar mavzusi o`tilganda o`quvchilarga jadval berilib, unda bir sinonim so`zning ma’nodoshlarini topish topshirig`i beriladi.

j a n m yu a m b t o a t
yo m o l z f t a m a r a
s o t u r q o r ch e h n
x u n b s i l a z o r a

5 sinf ona tili fanidan ko’rgazmalar

–>

Adabiyot [561]
Arxitektura [40]
Astranomiya [38]
Axborot [71]
Biologiya [387]
Biznes [47]
Bojxona [42]
Davlat Huquq Asoslari [4]
Dunyo din tarixi [32]
Ekologiya [109]
Estetika va Etika [30]
Falsafa [48]
Fizika [254]
Fransuz-Tili [22]
Geografiya [141]
Geometriya [6]
Huquqshunoslik [281]
Informatika [643]
Texnologiya [274]
Internet [43]
Ingliz tili [680]
Iqtisodiyot [1133]
Jahon tarixi [276]
Jamiyatshunoslik [24]
Kimyo [82]
Kasbiy Ta’lim [11]
Konsitutsiya [60]
Ma’naviyat [48]
Matematika [89]
Milliy G’oya [128]
Musiqa [2]
Nemis-tili [30]
Ona-tili [50]
Oshpazlik [39]
O’zbekiston tarixi [197]
Pedagogika [104]
Prezident Asarlari [17]
Psixologiya [149]
Rus-tili [44]
Qishloq xo’jaligi [92]
Siyosatshunoslik [25]
Soliq va Soliqga tortish [18]
Tilshunoslik [9]
Tibbiyot [64]
Turizm [172]
va Boshqalar. [332]
Sport [7]
Sxemotexnika [13]

–>

ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA VAZIFALARI RO’XATI

Yukladi: routerboy Fan: Adabiyot

Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!

Qaytish Yuklandi: 10616

  • Adabiyot fanidan savollar
  • Adabiyot fanidan takomillashtirilgan Davlat ta’lim standarti
  • Ona tili va adabiyot boshlang’ich 1-2kurs
  • 5-sinf adabiyot
  • Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida (adabiyot)
  • Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida
  • Adabiyot qoidalari
  • ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI
  • Adabiyot 1 kurs 2 semestr reja bo’yicha
  • Adabiyot janrlari
  • Adabiyot -so’z san’ati
  • Adabiyot test
  • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
  • Adabiyot
  • Adabiyot test
  • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
  • ADABIYOT YASHASA-MILLAT YASHAR
  • Adabiyot
  • BADIIY ADABIYOT HAQIDA TA’LIMOT
  • Istiqlol davri o’zbek adabiyot

Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.

5-“ ” sinf ona tili fani ” 201

1-topshiriq. Ertalab turib ota-onangizga, oila a’zolaringizga nima deysiz? Ular bilan gaplashayotganda qaysitildan foydalanasiz? Ona tili deyilishi sababini izohlang.

2-topshiriq. Nima uchun Rossiyada yoki Amerikada o’zbek tilida gapla- shishmaydi? Nega rus, ingliz, nemis, arab tillarini maxsus o’rganamiz? Shu til sohiblari qayerlarda yashashini ayting.

Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi.

Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o’zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o’lik tildir.

Siz kitoblar, kinofilmlar orqali yovvoyi hayvonlar orasida o’sgan bolalar haqida ma’lumot olgansiz. O’shanda bir narsaga e’tibor berganmisiz? Bunday bolalar hayvoniy qiliqlarga ega bo’lib, eng muhim

insoniy fazilatdan-so’zlashdan mahrum edilar.

Demak, til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosa- batga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi.

1-mashq. Quyidagi so’zlarning o’zbek tilida paydo bo’lish sabablarini aniqlang.

Yer yuzida tillar ko’p. Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra ularning miqdori 3000 dan ortib ketadi. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar. Tillarning barchasi insonlar o’rtasidagi aloqa- aralashuvni ta’minlash vazifasinibajaradi.

kollej, litsey, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat.

2-mashq. Matnni o’qing va undagi g’oya haqida o’z fikringizni bayon qiling.

Podshoh bir kuni vazirlariga:

– Menga eng lazzatli taom pishirib keltiringlar,-dedi.

Vazirlar maslahatlashib unga til go’shtidan taom pishirib keldilar.

Taom podshohga ma’qul bo’ldi.

U: – Endi esa menga eng achchiq narsadan tayyorlangan ovqat olib kelinglar, – deb farmon berdi.

Bu gal ham unga til go’shtidan ovqat pishirib keldilar.

Podshohga topshiriqning ijrosi maqbul bo’ldi. Nima uchun?

3-mashq. Quyidagi maqollarni daftaringizga yozib oling va yodlang.

Tig’ yarasi bitadi, lekin til yarasi bitmaydi. Odobning boshi – til. Yaxshi so’z-jon ozig’i, yomon so’z – bosh qozig’i. Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqadi, yomon so’z bilan pichoq – qinidan. Til – dil kaliti.

4-mashq. Topishmoqlarning javobini toping. O’zingiz ham til, so’z, ilm, kitob haqida bilgan topishmoqlaringizni o’rtoqlaringizga aytib bering.

1. Tilsiz aql o’rgatar. 2. Og’izdan chiqquncha meniki, og’izdan chiqqani elniki. 3. Asaldan shirin, zahardan achchiq. 4. Temir qo’rg’on ichida qizil toychoq o’ynaydi. 5. Bir nafasda olamni kezar.

Savollarga javob bering

1. Yer yuzidagi xalqlar nima uchun har xil tilda gaplashishadi?

2. Til-ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?

3. Nima uchun yowoyi hayvonlar ichida o’sgan bolalar gapira olmaydi?

4.0’zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishi haqida so’zlab bering.

5.Ijtimoiy so’ziga izoh bering.

6.O’zingiz o’rganayotgan xorijiy til haqida nimalarni bilasiz?

V. O`quvchilarni baholash:
VI. UYGA VAZIFA:

5-mashq. Uyga topshiriq. Bugungi ozod va obod hayotimiz haqida fikrlaringizni yozing.
5-________________” SINF ONA TILI

FANI
«____”____________201___

Mavzu: 2-dars. O’ZBEK TILI – DAVLAT TILI

Maqsad: A) ta`limiy maqsad-______________________________________

B) tarbiyaviy maqsad-____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

S) rivojlantiruvchi maqsad –_______________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

Dars turi: ______________________________________________________

Darsda foydalanilaniladigan

metod: ____________________________________________

Darsda foydalaniladigan jihoz: ____________________________________________
DARSNING BORISHI:

I.Tashkiliy qism:

B) Davomatni aniqlash.

V) o`quvchilarni darsga tayyorlash

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

1. Yer yuzidagi xalqlar nima uchun har xil tilda gaplashishadi?

2. Til-ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?

3. Nima uchun yowoyi hayvonlar ichida o’sgan bolalar gapira olmaydi?

4.0’zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishi haqida so’zlab bering.

5.Ijtimoiy so’ziga izoh bering.

6.O’zingiz o’rganayotgan xorijiy til haqida nimalarni bilasiz?

III. YANGI MAVZU BAYONI.
2-dars. O’ZBEK TILI – DAVLAT TILI

1- topshiriq. Nima uchun ota, aka-uka yoki opa-singil tili emas, aynan onaga nisbat berib ona tili atamasidan foydalanamiz? Shu haqda bahs yuriting.

2- topshiriq. Siz yashayotgan yoki Sizga yaqin bo’lgan ko’cha, mahallaning 10—15 yil oldin qanday nom bilan yuritilganini eshitganmisiz? Agar farqlansa, buning sababini aytib bering.

Har bir millat o’z hayoti davomida aloqa-aralashuv quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o’rni beqiyos bo’lganligi, bola ilk tovushlarni, so’zlarni onasidan eshitganligi bois, bu tilga ona tili deyiladi.

Ota-bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab-avaylab kelganlar.

1989-yilning 21-oktabr kuni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim-tarbiya ishlari, majlislar, ish qog’ozlari, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi.

Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi.

Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o’rganish uchun keng yo’l ochildi.

6-mashq. Quyidagi hikmatli so’zlarni daftaringizga ko’chirib yozing. O’zingiz ham shunday misollar toping.

Ona tilim – jon-u dilim.

Ona tilim – jonimga masih.

Ona tilisini unutganlar xor bo’ladi.

7-mashq. She’rni o’qing va unda ilgari surilgan g’oyani aniqlang. Uning mustaqillik g’oyasiga birlashadigan jihatlari haqida gapiring.

Ona tilim – onajonim tili bu- Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa. El-u yurtim xonumonim tili bu, Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa.

Tayanch so’ z 1 ar: ona, bola, chaqaloq, beshik, alia, mehr, Vatan, munosib, farzand, ulg’aymoq, tarbiyalamoq, sevmoq, duosini olmoq, xizmat qilmoq

Savol va topshiriqlar

IV. MUSTAHKAMLASH

1. Ona tili deganda nimani tushunasiz?

2. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

3. Tilimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar haqida nima deysiz?

V. O`quvchilarni baholash:
VI. UYGA VAZIFA:

9-mashq. Uyga topshiriq. Mustaqillik tufayli tilimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar haqida hikoyacha yozing.

5-________________” SINF ONA TILI

FANI
«____”____________201___

Mavzu: TAKRORLASH AYRIM UNLILAR IMLOSI

Maqsad: A) ta`limiy maqsad-______________________________________

B) tarbiyaviy maqsad-____________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

S) rivojlantiruvchi maqsad –_______________________________ ____________________________________________________________________________________________________________

Dars turi: ______________________________________________________

Darsda foydalanilaniladigan

metod: ____________________________________________

Darsda foydalaniladigan jihoz: ____________________________________________
DARSNING BORISHI:

I.Tashkiliy qism:

B) Davomatni aniqlash.

V) o`quvchilarni darsga tayyorlash

II.O`TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

1. Ona tili deganda nimani tushunasiz?

2. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

3. Tilimizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar haqida nima deysiz?

III. YANGI MAVZU BAYONI.

AYRIM UNLILAR IMLOSI

10-mashq. Maqollarni o’qing, unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.

1. Vatanni sevmoq iymondandir. 2. Ona yurting omon bo’lsa, rang-u ro’ying somon bo’lmas. 3. Bulbul chamanini sevar, odam- Vatanini. 4. O’z yurtingning qadri o’zga yurtda bilinadi. 5. Qush ham iniga qarab intiladi.

11-mashq. Nuqtalar o’rniga i yoki u harflaridan mosini qo’yib ko’chiring.

But. n, sov. q, uyq. kulg. shov. llamoq, sup. rmoq, quv. r, uch. n, qiz. q, . st. qlol.

  1. mashq. Quyidagi so’zlarni daftaringizga ko’chirib yozing. E harfining yozilish o’rinlariga diqqat qiling.

Qiziqarli malumotlar
5 sinf ona tili fanidan ko’rgazmalar