5-sinf geografiya fanidan test savollari 1-mavzu; Geografiya nimani o’rganadi

5-sinf geografiya fanidan test savollari 1-mavzu; Geografiya nimani o’rganadi

2. 1:10000 masshtabli xaritaning, 2smda qancha masofa bor?

Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)

Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari (10-11-sinflar uchun)

On 16.08.2018 By shuhrat In DTS va o’quv dasturlari, Taqvim-mavzu rejalar 0 fikr

Yangi tayanch o‘quv reja

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorlariga muvofiq, shu yil 27-iyulda Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 191-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlandi.

Buyruqqa asosan 2018-2019 o‘quv yilida 2- va 6- (6-sinfda faqat chet tili) hamda 11-sinflarda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq tuzilgan o‘quv dasturlari amaliyotga joriy etilishi belgilandi. Respublika ta’lim markaziga xalq ta’limi hududiy boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda tayanch o‘quv reja va uning ijrosi bilan bog‘liq hujjatlarning mazmun-mohiyatini avgust kengashlarida va bevosita pedagogik jamoalarda keng tushuntirish ishlarini tashkil qilish vazifalari topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tayanch o‘quv reja va tushuntirish xatida belgilangan vazifalar ijrosi 2018-2019 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarida to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.

Mazkur buyruq qabul qilingani munosabati munosabati bilan Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 16-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2017-2018-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining

2018-yil 27-iyuldagi191-sonli buyrug‘iga 1-ilova

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI sinflari uchun

2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-XI cinflari uchun

2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejaga

TUSHUNTIRISH XATI

Mazkur tayanch o‘quv reja va uning tushuntirish xati quyidagi huquqiy – me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-PQ-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3304-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 124-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 iyuldagi 803-f-son farmoyishi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 18-avgustdagi 65QQ/43-sonli qo‘shma qo‘shma qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQvaM) asosida tuzilgan.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tayanch o‘quv rejasi yo‘nalishi va xususiyatiga ko‘ra quyidagi oltita blok-modullardan tashkil topdi:

tabiiy va iqtisodiy fanlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi 2018 yil 9 fevraldagi 11-son majlis bayoniga asosan boshlang‘ich sinflarda (I-IV sinf) o‘quv haftasining davomiyligi 5 kun etib belgilandi.
  2. Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda rus tili fani, ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fani haftasiga 2 soat hajmida II sinfdan boshlab o‘qitiladi.
  3. Ta’lim qardosh (qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman) tillarida olib boriladigan maktablarda rus tili fani o‘quvchilar va ularning ota-onalari xohishiga qarab o‘quvchilar soni 25 nafargacha bo‘lgan II-XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat olinib II sinfdan boshlab o‘qitilishi mumkin.

O‘quvchi soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan holatda II-VI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 2 soat, VII-IX va XI sinflarda ona tili va adabiyot fanidan 1 soat, X sinfda maktab ixtiyoridagi 1 soat, VII-XI sinflarda matematika fanidan 1 soat olinib sinf ikki guruhga bo‘lib haftasiga 1 soatdan rus tili fani o‘qitilishi mumkin.

Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.

  1. Jahon tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan;

O‘zbekiston tarixi fani VII-IX sinflarda 1-yarim yillikda haftasiga 1 soatdan, 2-yarim yillikda haftasiga 2 soatdan;

dunyo dinlari tarixi fani IX–XI sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

  1. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2001-yil 4-yanvardagi F-1322-sonli farmoyishi asosida I-IV sinflarda “Konstitutsiya alifbosi” kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi;

V-VI sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” kursi “Vatan tuyg‘usi” fanidagi mavjud takrorlanishlar hamda takrorlash va nazorat ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan soatlar hisobidan alohida dastur asosida 17 soatdan o‘qitiladi;

VII sinfda 17 soat hajmida maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan o‘qitiladi.

Bu mashg‘ulotlar dars jadvaliga kiritilishi va V, VI, VII sinf jurnalida alohida bet ajratilib qayd etilishi lozim.

Mazkur darslarning mazmunida “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bolalarning mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi 182-konvensiya, “Ishga qabul qilishuchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi 138-konvensiya to‘g‘risida o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda tushunchalar berish tavsiya etiladi.

  1. Astronomiya fani XI sinfda haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi
  2. Iqtisodiy bilim asoslari:

I-IV sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” kursining o‘quv materiallari ona tili, o‘qish, odobnoma, matematika, atrofimizdagi olam fanlari tarkibida, sinflar kesimida 10 soatdan;

V-VII sinflarda “Iqtisod va soliq saboqlari” o‘quv kursi tarix, matematika, fizika, geografiya, Vatan tuyg‘usi fanlari tarkibida sinflar kesimida 17 soat hajmida singdiriladi;

VIII-IX sinflarda iqtisodiy bilim asoslari fani haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi.

XI sinfda tadbirkorlik asoslari 1 soatdan o‘qitiladi.

  1. Jismoniy tarbiya fani I–X sinflarda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1 soat o‘qitiladi.
  2. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani X sinfda haftasiga 2 soatdan, XI sinfda 1,5 soat o‘qitiladi.
  3. O‘quvchilarga X–XI sinflarda haftada 1 kun 6 soat hajmda kasbiy ta’lim o‘rgatiladi. Mazkur mashg‘ulotlar O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida o‘tkaziladi.
  4. O‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillariga asoslanib, shuningdek, kasbiy faoliyat yo‘nalishini tanlashga maqsadli tayyorlash uchun IX-X sinflarda haftasiga 1 soat maktab ixtiyoridagi soatlar ajratilgan.Ushbu soatlar o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda filologiya, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, amaliy fanlar yo‘nalishida chuqurlashtirilgan sinflar tashkil etiladi.
  5. Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash
va amalga oshirish mumkin.

  1. “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘rgatish uchun:

I sinfda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga 0,5 soat ajratilib, 17 soat o‘qitiladi,sinf jurnalida alohida sahifada o‘tilgan mavzular qayd etiladi;

II-VIII sinflarda bu mashg‘ulotlar tasdiqlangan dastur asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan tarbiyaviy soatlar hisobidan 8 soatdan o‘qitiladi. “Yo‘l harakati qoidalari” mashg‘ulotlari II-VIII sinflarda maktab dars jadvaliga kiritiladi va sinf jurnalida tarbiyaviy soatlar uchun ajratiladigan sahifada o‘tilgan mavzular qayd etib boriladi.

  1. “Hayot xavfsizligi asoslari” mashg‘ulotlarini o‘rgatish uchun:

I-IV sinflarda atrofimizdagi olam, odobnoma, jismoniy tarbiya fanlari tarkibida 17 soatdan;

V-XI sinflarda fizika, kimyo, biologiya, geografiya, Vatan tuyg‘usi va Milliy istiqlol g‘oyasiva ma’naviyat asoslari fanlari dasturlari tarkibida sinflar kesimida 17 soatdan o‘tiladi.

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining I-IV sinflarida “Salomatlik darslari” o‘quv kursi o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik,odobnoma, jismoniy tarbiya va fanlari tarkibiga, V-VII va IX sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursi biologiya, texnologiya, jismoniy tarbiya fanlariga integratsiya qilingan holda o‘qitiladi.

VIII sinfda maktab ixtiyoridagi soatlardan foydalangan holda yiliga 17 soat o‘qitiladi.

Davra suhbatlariga mutaxassis tibbiy xodimlarni taklif etish tavsiya etiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan “Tejamkorlik saboqlari” o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlari, shuningdek atrof muhitni himoya qilish yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar I-XI sinflarda 17 soatdan fanlar bo‘yicha dars mavzulari zamirida to‘garak mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy soatlarda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda singdirib o‘tish tavsiya etiladi.
  2. V-X sinflarda geografiya va iqtisodiy bilim asoslari va XI sinfda tadbirkorlik asoslari fanlari tarkibida “Davlat byudjeti”ga doir 1 soatlik mavzularni singdirib o‘qitish tavsiya etiladi.
  3. “Ekologik tarbiya va atrof muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan bilimlar” I-IV sinflarda o‘qish, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, odobnoma hamda tarbiyaviy soat tarkibida, V-XI sinflarida biologiya, kimyo, geografiya fanlariga singdirib o‘qitiladi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan quyidagi hollarda sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:

o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I-XI sinflarida chet tili fani, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashtirilgan fanlar, V-XI sinflarda informatika
va axborot texnologiyalari, ta’lim tili o‘zbek tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida o‘zbek tili fani hamda ta’lim tili rus tilida bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining II-XI sinflarida rus tili, o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar VIII-XI sinflarda jismoniy tarbiya, V-IX sinflarda texnologiya, X-XI sinflarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi.

Ushbu fanning o‘qitilishi Respublika ta’lim markazining tavsiyalari asosida, tegishli o‘quv dasturlari va taqvim-mavzu rejalarga muvofiq tashkil etiladi.

  1. V-XI sinflarda jismoniy tarbiya fani bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar sport seksiyalar tarzida o‘tkaziladi.
  2. Ta’lim qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tillarida olib boriladigan maktablarda maktab pedagogik kengashining qaroriga binoan ayrim fanlar va kurslar o‘zbek tili(davlat tili)da o‘qitilishi mumkin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

“Oila asoslari” kursi V-VI sinfda “Vatantuyg‘usi”, VII sinfda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanlari tarkibida
10 soatdan;

“Oila etikasi va psixologiyasi” kursi VIII-X sinflarda “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani tarkibida 10 soatdan o‘qitiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori hamda 2018-yil 9-fevraldagi 11-son majlis bayoniga muvofiq, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (I sinflar uchun 33 hafta);

o‘quv haftasining davomiyligi — I-IV sinflarda 5 kun,
V-XI sinflarda 6 kun;

dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi
— 5-10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi
— 15-30 daqiqa).

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

O‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki ta’til — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

  1. Mazkur tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasi 2018-2019-o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv reja va tushuntirish xatini ishlab chiqadi va avgust oyidagi pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.
  2. Barcha turdagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darslar va mashg‘ulotlar mazkur o‘quv reja asosida davlat tomonidan to‘liq moliyalashtiriladi.
  3. O‘quv yili yakunida V-VIII sinf o‘quvchilarining mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan, ota-onalar va mahalla qo‘mitalari raislari bilan kelishilgan, maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maktabda, Xalq ta’limi vazirining 2003-yil 3-noyabrdagi 159-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga qat’iyan rioya qilgan holda V-VI sinflarda 6 kun 3 soatdan, VII sinfda 10 kun 3 soatdan, VIII sinfda 16 kun 4 soatdan amaliy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

01/08 2018

5-sinf geografiya fanidan test savollari 1-mavzu; Geografiya nimani o’rganadi?

1.Qadimda kim kitob yozib uni ,,Geografiya’’ deb atagan?

a) Magellan b) Erotosfen c)Ibn Sino d) Beruniy

2. Geografiya’’ so’zining ma’nosi?

a) Yerni o’lchash b)Yerni aylanish c) Yerning tasviri d) Yer kattaligi.

3.Geografiya bilan shug’ullanadigan kishilar kimlar deb ataymiz?

a)Arxeologlar b) Geologlar c) Geograflar d) O’lkashunoslar

4.Geografiya fanini nechaga bo’lib o’rganamiz?

a) 4 b) 5 c) 2 d) 1

5.Tabiatning holati ,o’zgarishi,ro’y beradigan hodisalarni qaysi kursda o’rganamiz?

a) tabiiy geografiya b) ijtimoiy c) iqtisodiy d) siyosiy

6.Tabiiy geografiya joy tabiatining nima uchun……ekanligi sababini o’rganadi

A) xilma-xil B) har xil C) O`xshash D) O`xshamaydigan

7.Geografiya nimani o`rganadi?

A)odamlar B)Tabiat va aholi C)Hayvonlar D)hasharotlar

8.Geografiyaning rivojlanib borayotgan yo`nalishiga quyidagilardan qay biri kirmaydi?

A) ijtimoiy B) iqtisodiy C) tabiiy D)siyosiy

9.Geografiya so`zining ma`nosi?

10.Geografiya so`zi qaysi so`zdan olingan?

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8
Javob B C C C A A B D

9.Javob:_Yerning tasviri

10.Javob:Yunoncha

2-mavzu:Qadim zamonlarda odamlar Yerni qanday tasavvur qilishgan?

1.Qadimgi kishilar bundan necha ming yil ilgari Yerning shaklini chizishga harakat qilgan?

A)5 ming B)6 ming C)7 ming D)9 ming

2.Dengiz bo`yida yashaydigan yerni nima ko`tarib turadi deb tasavvur qiladi?

A) nahang B) toshbaqa C) Fil D)ho`kiz

3.Dunyodagi eng katta globus qayerda?

A)Toshkent B)Samarqand C)London D)Xiva

4.Yer sharsimon yumaloq degan dastlabki tasavvurlar qachon paydo bo`lgan?

A)2500 yil B)2400 yil C)3000 yil D)4000 yil

5.Dunyodagi eng birinchi xaritani kim chizgan?

A) Erotosfen B) Ibn sino C) Magellan D) Beruniy

6.Eng katta globusning diametri qancha?

A) 2m B) 6 m C) 5m D)10m

7. Eng katta globusning bo`yi qancha?

A) 3,5 B) 6 C) 2,5 D) 5

8. Eng katta globusning massasi qancha?

A) 500 kg B) 700 kg C) 1000 kg D) 490 kg

9. Yerning modeli – globusni O`rta Osiyoda kim yasagan?

10. Javob:Yevropa va Osio katta qismi ,Afrikaning shimoliy

3-mavzu:Yer yuzining kashf etilishi va o`rganilishi.

1.1492-yil kim Hindistonga ekspeditsiya qilgan?

A) N.Xisrav B) Kolumb C) Magellan D) Beruniy

2.Safarnoma asari kimniki?

A) Kolumb B) Magellan C) Beruniy D) Xisrav

3. 1519-1522-yillarda kim ekspeditsiya qilgan?

A) Beruniy B) Kolumb C) Magellan D)Xisrav

4.Antarktidada nechanchi yil sayohat bo`lgan?

A)1890 yil B)1767 yil C)1885 yil D)1820yil

5.1498-yil kimlar Afrikani aylanib Hindistonga bordi?

A) Portugallar B) Ruslar C) Inglizlar D)Ispanlar

6.Nosir Xisrav yetti yil davom qilgan sayohatida qancha yo`l bosgan?

A)17000 km B)15000 km C)16000 km G)20000 km

7.Antarktidani kimlar kashf qilgan?

A) Ruslar B) Portugallar C)Inglizlar D)Ispanlar

8.O’rta Osiyolik Nosir Xisrav ………… sayohat qilib, ko’plab geografik ma’lumotlar to’plagan.

A) 4 B) 6 C) 5 D) 7

9.Hozirgi zamon geograflari qanday texnik vositalardan foydalanishadi?

10.Yer yuzasidagi har bir nuqtaning koordinatalari yerning ……. Yordamida aniqlash mumkin?

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8
Javob B D C D A B B D

9. Javob: Hisoblash texnikasi ,kompyuter ,kosmik surat

10. Javob: Sun’iy yo’ldoshlar

5-mavzu: Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi va kattaligi

1.Yer bir sutkada o`z o`qi atrofida …….. tomon bir marotaba aylanadi?

A) g`arbdan -sharqqa B) shimoldan-janubga C)sharqdan –janubga D)janubdan-sharqqa

2.Yer aylanish o`qining Yer yuzi bilan tutashgan ikki nuqtasi nima deyiladi?

A) Ekvator B) Yerning qutblari C) Meridianlar D) paraller

3.Yer yuzida qutblardan barobar uzoqlikda o`tkazilgan aylana chiziq … deyiladi.

A)Yerning qutblari B)Meridianlar C)parallel D)ekvator

4.Ekvator yerni ikkita yarim sharga …. va … ajratadi.

A)Shimoliy ,sharqiy B)shimoliy, g’arbiy C)shimoliy, janubiy

D) janubiy, sharqiy

5. Soatiga ming km tezlik bilan uchadigan samalyot 150 mln km masofani nech yilda bosib

A) 12 B)14 C)16 D)17

6.Raketa soatiga necha km tezlikda uchsa,Quyoshga 5 oyda yetib boradi?

A) 39600 km B)1000 km C)12756 km D) 40000 km

7. Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o’tkazilgan yarim aylana chiziqlar nima deyiladi?

A) Meridianlar B) Parallellar C) Ekvator D) Daraja to’ri

8.Yer ekvatoriga parallel qilib chizilgan aylana chiziqlar esa………..

A) Meridianlar B) Parallellar C) Ekvator D) Daraja tori

9.London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridian……….deb qabul qilingan.

10.Daraja to’ri nima?.

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8
Javob A B C C D A A B

9. Javob:Bosh meridian

10. Javob:Parallel vaMeridian chiziqlar kesishida hosil bo’ladi.

6-Mavzu:Yerning Quyosh atrofida aylanishi.

1.Yer Quyosh atrofini qancha vaqtda bir marta to’liq aylanib chiqadi?

A) 365 sutka 6 soat B) 4 yilda C) 366 kunda D)1 yilda

2.Quyoshning qishki turish kuni qachon kuzatilgan?

A) 22- dekabr B) 23-sentabr C) 22-iyun D) 21- mart

3.Qutblarda qishda necha sutka tun bo’ladi?

A)186 B)170 C)178 D)365

4.Globus,Yarimsharlar xaritalarda 23,5 shimoliy va janubiy kengliklardan uzuq-uzuq chiziqli parallel o’tkazilgan.Bu qaysi chiziqlar?

A) Janubiy tropic B) Tropik chiziq C) SHimoliy tropik D)Mo’tadil

5.Quyosh ufqdan baland ko’tarilib, yil bo’yi quruqlik va okeanlarni qattiq isitadi.Bu joylar…..

A)Yerning issiq mintaqasidir B)Mo’tadil mintaqa C) Qutbiy mintaqa D) Sovuq mintaqa

6. Qutbiy mintaqa qanday mintaqa hisoblanadi?

A)Issiq B)Sovuq C)Iliq D)O’rtacha

7.Quyosh turish kuni qachon kuzatiladi?

A)22-iyun B)22- dekabr C)23- sentabr D)21- mart

8. Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig’i Quyoshdan kamroq yorug’lik va issiqlik oladi. Bu yerlar……….

A) Mo’tadil mintaqa B) Tropik mintaqa C)Qutbiy mintaqa D) Subtropik mintaqa

9.Kabisa yili nima?

10. 21-mart va 23- sentabr kunlari…………………

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8
Javob A A C B A B A A

9. Javob;Har uch yildan keyin tortinchi yil 366 kun boladi

10.Javob:_Bahorgi va Kuzgi teng kunlik

Mavzu:8-dars Masshtab.

1.Joydagi masofaning chizmada ,plan va xaritada tasvirlanganda necha marta kichraytirilganini ko’rsatuvchi kasr son?

A) Masshtab B)Azimut C)Sonli masshtab D)Oriyentirlash

2. 1:10000 masshtabli xaritaning, 2smda qancha masofa bor?

A) 20sm B)10sm C)20km D)10km

3.Masshtab necha turga bo’linadi?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

4Teng qismlarga bo’lingan to’g’ri chiziq shaklida bo’lsa,qanday masshtab bo’ladi?

A) Sonli B) Chiziqli C)Nomli D) Azimutli

5. Sonli masshtab bu……………………

A). 1sm da 100m B)To’g’ri chiziq shaklda C)1:10000 deb yozilsa D) Egri chiziq shaklda

6. Agar maktabga 315 azimut bilan borilgan bo’lsa, ortga qanday azimut bilan qaytish lozim?

A)135 B)270 C)225 D)45

7. Agar kompas ustiga gugurt cho’pi qo’yib uchini 90 ga to’g’irlasak, gugurtning ikkinchi uchi qaysi azimutni ko’rsatadi?

A) 45 B)180 C) 270 D) 0

8. Quyidagi asboblardan qaysisi bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani o’lchashda ishlatiladi?

A) kompas B) kurvimetr C) ruletka D)masshtab

9.Masshtab necha xil ko’rinishda bo’ladi?

10. 45 km li masofani 1:10000000 mashtabda da ftaringizga to’g’ri chiziq ko’rinishida tushiring.

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8
Javob A C C B A A C C

9. Javob; 3 xil ko’rinishda masofani

10. Javob: Yechish: 1 sm da 10 km

45 km :10 km=4,5 sm

Mavzu:7-dars. Yo’nalish azimuti va masofani o’lchash.

1.Yer yuzi o’rganishning eng qadimgi va sinalgan uslubi bo’ylab……………..chizishdir.

A) Joy plani B) Azimut C)Masofani o’lchash D)Oriyentrlash

2.Osmon bilan Yer tutashgan chegara nima deb ataladi?

A) Ufq tekisligi B) Ufq C)Azimut D)Masshtab

3.Sizdan ufqgacha bo’lgan doira shaklidagi tekis yer…………………………deyiladi?

A) Ufq tekisligi B) Ufq C) Azimut D) Masshtab

4.Ufq tekisligining nechta tomoni bor?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

5.Joydagi ikki yo’nalish orasidagi hosil bo’lgan burchak nima deb ataladi?

A)Azimut B)Metr C)Ruletka D)Masshtab

6.Insoniyatning buyuk kashfiyoti nima?

A) Ufq B) Tekislik C) Geografik xarita D)Globus

7.Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani nima yordamida o’lchash mumkin?

A) Ruletka B)Metr C)Azimut D) Santimetr

8.Ufqning necha oraliq tomonlari bor?

9.Vashington bilan London shaharlar orasidagi masofa 6750 km, geografik xaritada esa, 4,5sm bo’lsa xarita masshtabini toping.

10.Agar oromgoh cho’milish havzasidan janubi g’arbda bo’lsa, bolalar oromgohga qaysi yo’nalisda qaytib keladilar.

Savol 1 2 3 4 5 6 7 8
Javob A B A D A C A D

9. Javob: 6750:4.5=1500M:1:150000000

10.Javob:Shimoli -sharqdan

Mavzu: 9-dars Amaliy mashg’ulot.

Mavzu:10-dars Geografik xaritalar.

1.Nimada Yer yuzasi tekis yuzada kichraytirilgan holda tasvirlanadi?

A) Globusda B) Geografik xaritada C) Atlaslarda D) Okeanlarda

2.Quruqlik yuzidagi va dengiz ostidagi tog’lar ,qirlar, tekisliklar nimada tasvirlanadi?

A) Relyef xaritalar B)O’simliklar xaritasi C) Iqlim xaritada D)Foydali qazilmalarda joylashganligi

3.Qaysi xaritada ko’mir,neft, gaz, temir rudasi va Yerning boshqa mineral boyliklari qayerda shartli belgilar bilan aks ettiriladi?

A) Relyef xaritalar B)O’simliklar xaritasi

C)Iqlim xaritada D)Foydali qazilmalarda joylashganligi

4.Qanday xaritalarda Yer yuzining qaysi nuqtasida qancha yog’in yog’ishi, havo haroratining qanday bo’lishi, shamollar yo’nalishi tasvirlanadi?

A)Rel’ef xaritalar B)O’simliklar xaritasi

C)Iqlim xaritada D)Foydali qazilmalarda joylashganligi

5.Quruqlik yuzidagi va dengiz ostidagi tog’lar,qirlar, tekisliklar tasvirlanadigan xarita nomi?

A) Relyef xaritalar B) O’simliklar xaritasi

C) Iqlim xaritada D) Foydali qazilmalarda joylashganligi

6.Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun xaritaning o’ziga xos tili hisoblangan bu ……… .

A) Shartli belgilar B) O’simliklar xaritasi

C) Iqlim xaritada D) Foydali qazilmalarda joylashganligi

7. Toshkentdan Termizga bormoqchi bo’lgan yo’lovchilar qaysi tomonga yurish kerak?

A) Shimolga B) Janubga C) G’arbga D) SHarq

8 .Iqlim xaritalarda Yer yuzida havo harorati bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deyiladi?

A) Izobara B)Izochiziqlar C)Izoterma D) Izotop

9.Quyidagi masshtablar qaysi biri yirikroq: 1:75000000,1:30000000va1:200000 ?

10. 10.Mavzuli xaritalarning qanday turlarini bilasiz.

SAVOL 1 2 3 4 5 6 7 8
JAVOB B A D C A A B C

9. Javob: 200000

10. Javob: Tabiiy xaritalar,Iqtisodiy xaritalar ,Yozuvsiz xaritalar Dunyo xaritalar

Mavzu:11-dars Joy plani

1.Bir joyda turib ,vizrlash nuqta nima deyiladi?

A)Qutbiy usulda plan tuzish B)Qutb C)Azimut usuli D)Relyef

2.Yer yuzidagi biron nuqtaning boshqa nuqtadan tik balandligiga nima deb ataladi?

A)Nisbiy balandlik B)Qutb C)Azimut usuli D)Relyef

3.Quruqliklarning okean sathidan va okeanlar bilan tutashgan dengizlar sathidan tik balandligi ……………..deyiladi?

A)Cho’kmalar B)Mutloq balandlik C) Nisbiy balandlik D)Gorizontallar.

4.Toshkent shahrining o’rtacha mutloq balandligi.

A)100 B)200 C)300 D)400

5.Quruqlik yuzasidagi mutloq balandligi bir xil bo’lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga nima deb aytiladi?

A)Gorizontallar B)Relyef C)Bergshtrix D)Meridianlar

6.Yonbag’ir qiyaligi qanday belgi bilan ko’rsatiladi?

A)Gorizontallar B)Bergshtrix C)Relyef D) Meridian

7.Nisbiy balandlikni qanday asbob yordamida aniqlash mumkin?

A)Masshtab yordamida B)Metr yordamida C)Nivelir D)Kompas yordamida

8.Relyef joy planlari va xaritalarda nima bilan tasvirlanadi?

A)Relyef bilan B)Gorizontallar bilan C)Cho’kmalar bilan D)Bergshtrix bilan

9.Mutloq balandligi bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar nima deb ataladi?

10.Bergshtrix nima?

SAVOL 1 2 3 4 5 6 7 8
JAVOB B A B D A B C B

9. Javob:Gorizontallar

10. Javob:Gorizontallar qiya tomonini ko’rsatuvchi chiziqlar

Mavzu:12-dars Amaliy mashg’ulot

Mavzu:13-dars Yerning qobiqli tuzilganligi

1.Olimlarning taxmin qilishlaricha yer yadrosining harorati qanchaga teng ?

A)4000 0 C B)2500 0 C C)3000 0 C D)250000 0 C

2.Yerning suv qobig’i qaysi?

A)Atmosfera B)Biosfera C)Gidrosfera D)Litosfera

3.Yerning havo qobig’i qaysi?

A)Atmosfera B)Biosfera C)Gidrosfera D)Litosfera

4.Yerning qattiq tosh qobig’i qaysi?

A)Atmosfera B)Biosfera C)Gidrosfera D)Litosfera

5.Yerning hayot qobig’i qaysi?

A)Atmosfera B)Biosfera C)Gidrosfera D)Litosfera

6.Yadroni qaysi qobiq o’rab turadi?

A)Yer po’sti B)Mantiya C)Yer mag’zi D)Atmosfera

7.Mantiya qalinligi qanchaga teng?

A)2700km B)2800km C)2900km D)3000km

8.Yer po’sti o’rtacha qalinligi qancha?

A)10 km B)20km C)30km D)40km

9.Yer yadrosi radiusi qancha?

10.Litosfera-bu …

SAVOL 1 2 3 4 5 6 7 8
JAVOB A C A D B B C B

9. Javob:3500

10. Yerning qattiq qobig’i

Mavzu:14-dars Litosfera.

1.Yer po’stining ………… asosan tog’ jinslaridan iborat.

A)3 qavati B)4qavati C)5qavati D)6qavati

2.Birinchi qavatda qaysi qatlam joylashgan?

A)Granit B)Bazalt C)Cho’kindi D)Lava

3.Otqindi jins qatlam qaysi?

A)Granit B)Bazalt C)Cho’kindi D)Lava

4.Litosfera so’zining ma’nosi nima?

A)Tosh qobig’i B)Suv qobig’I C)Havo qobig’i D) Muz qobig’i

A)Temir, magniy, kalsiy B)Xlor,kalsiy

C)Temir,rux D) Oltin,kumush

6.Yerning qattiq qobig’i yaxlit bo’lmay, alohida-alohida yirik bo’laklardan …………..iborat.

A)Plitalardan B)Otqindi jinslardan C)Seysmik zonalardan D)Cho’kindi

7.Okean tubida qaysi qatlam yo’q ?

A)Mantiya B)Cho’kindi qatlam C)Bazalt D)Granit

8.Seysmik so’zining ma’nosi nima?

A)Ko’tarilish B)Tebranish C)Vulqon otilishi D)Yorilish

10.Yer po’sti qanday qismlardan tuzilgan?

SAVOL 1 2 3 4 5 6 7 8
JAVOB A C D A A A B B

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Qiziqarli malumotlar
5-sinf geografiya fanidan test savollari 1-mavzu; Geografiya nimani o’rganadi