5-синф тарбиявий соат

5-синф тарбиявий соат

– taqdimot darslarini tashkil qilish va ularning samaradorligi;

10 MAVZU TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI TARBIYA QONUNIYATLARI VA

10 -MAVZU. TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI. TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI Reja: 1. Tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va mohiyati. 2. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. 3. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. 4. Tarbiya turlarining umumiy tavsifi. Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari.

Foydalanish uchun adabiyotlar: Ibragimov X. I. Pedagogika nazariyasi T. : “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2008. 2. Pedagogika. M. To’xtaxo’jaevaning umumiy taxriri ostida. – T. : O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 3. Askariva O. M. , Xaitboev M. , Nishonov S. Pedagogika –T. : O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 4. Ibragimov X. I. Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. –T. : “Fan va texnologiyalar”nashriyoti, 2008. Elektron ta`lim resurslari http: //www. edunet. uz; http: //www. ziyonet. uz; http: //www. istedod. uz

. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulqatvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.

. Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo xalokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» .

Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.

Tarbiya jarayoni – O’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Tarbiya jarayoni tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat ўқиш меҳнат ижтимо ий ишлар ўйин спорт бадиий ҳаваскорлик yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin.

Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalari: v jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; v jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash; vmadaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; vma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.

Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari Ya a kk Guruhli Om m iy v a

2. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega: Ømaqsadga yo’naltirilganligi; Ø ko’p qirrali jarayon; Ø uzoq muddat davom etishi; Ø uzluksizligi; Ø yaxlitligi; Ø variativligi; Ø natijalarning oldindan aniqlanmasligi; Ø ikki tomonlamalilik.

Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barqaror aloqalar. Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud: ü ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi; ü tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi; ü faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai; ü tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri, o’zaro munosabatlari hamda faoliyati o’rtasidagi bog’lanish; ü tarbiya va o’zini-o’zi tarbiyalashning intensivligi; ü tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi; ü tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish darajasi va pedagogik ta’sirni hisobga olish.

Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi: • maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi; • tarbiyaning insonparvarlashuvi; • tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi; • tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv; • jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish; • shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish; • o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi; • tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish; • tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.

Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda fuqarolik, siyosiy, baynalmilal, axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi. Institutsional belgilariga bo’yicha oila, ta’lim muassasasidan tashqari, diniy, bolalar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiya, maxsus ta’lim muassasalaridagi tarbiyaga bo’linadi.

1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo’lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo’lib kelgan. 2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi. 3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo’yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.

№ Mos kelgan қatorga + belgisini қўyib joylashtiring va g’oyaviy . 1. maqsadga qaratilganligi yo’nalganligi 2. tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi; 3. maqsadga yo’naltirilganligi 4. tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi 5. faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai 6. ko’’ qirrali jarayon 7. 8. tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi 9. tarbiyaning inson’arvarlashuvi 10. tarbiyaga yaxlit(kom’leks) yondashuv Tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari Tarbiya qonuniyatlari Tarbiya tamoyillari

№ Mos kelgan қatorga + belgisini қўyib joylashtiring 1. maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta’sir etishning intensivligi; 2. 3. maqsadga yo’naltirilganligi 4. 5. tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o’zaro bog’liqligi faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai 6. ko’’ qirrali jarayon 7. tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi 8. ijtimoiy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liqligi 9. tarbiyaning insonparvarlashuvi 10. tarbiyaga yaxlit(kom’leks) yondashuv Tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari Tarbiya qonuniyatlari . Tarbiya tamoyillari + + + + +

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Tarbiya mazmuni deganda nima tushiniladi? 2. Tarbiyaning maqsadi nima? 3. Tarbiya jarayoni qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega? 4. Tarbiya qonuniyatlarini shrhlab bering. 5. Tarbiya tamoyillarini izohlang. 6. Keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchalariga izoh bering.

5-синф тарбиявий соат

Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev

O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.

Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.

Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.

Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.

Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:

milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari – Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:

− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;

− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;

− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;

− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;

− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;

− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;

− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;

− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;

− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;

− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;

− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;

− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;

− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;

− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.

SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?

− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;

− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;

− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;

− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.

Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?

− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.

− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.

Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.

Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.

Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.

O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.

Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga

daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Umumta’lim maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.

Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.

Umumta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e’tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.

Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:

  1. Kirish;
  2. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
  3. Yakuniy qism.

Tasdiqlayman: Maktab MMIBDO: ______________________________Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining 2018-2019 o’quv yili uchun o’quv-mavzu rejasi 5–SINF

O‘tiladigan mavzular Soat Kalendar vaqt O’tilgan vaqt
1. Islom Karimov – Mustaqil O’zbekiston davlati asoschisi! 1
2. Dunyoni go’zallik qutqaradi 1
3. Obodlik ko’ngildan boshlanadi 1
4. Yo` l harakati qoidalariga oid bilimlarni tekshirish (Yo`l harakati qoidalari) 1
5. Jahonda bo’lmasa muallim agar, hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar(1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan) 1
6. Inson odobi bilan aziz 1
7. Ona tilim – davlat tilim(O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan) 1
8. Transport vositalarining harakati. (yo‘l harakati qoidalari) 1
9. Mening kelajak orzuim. 1
10 Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid 1
11. Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz(18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). 1
12. Haydovchining ogohlantiruvchi ishoralari. (yo‘l harakati qoidalari) 1
13. Huquqiy madaniyat – komil insonlik belgisi(8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan). 1
14. Madhiyam faxrim mening(10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). 1
15. Tartibga soluvchining ishoralari. (yo‘l harakati qoidalari) 1
16. Yangi yilda yangi orzular!(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). 1
17. Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). 1
18. Mustaqilligimiz me’mori (O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan). 1
19. Yo‘l harakati qoidalari nima uchun kerak? 1
20. Inson qalbining quvonch-u qayg’usi kuychisi (G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan). 1
21. Vatan sog’inchi ila yashagan siymo (SHoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan)
22. Buyuk allomalar vorislarimiz
23. Tejamkorlik – farovonlik manbai
24. Har doim bo‘lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). 1
25. Sog’lig’ingda yugurmasang, kasalligingda yugurasan 1
26. Navro’z – mehr-oqibatni ulug’lovchi qadriyat(21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). 1
27. Amir Temur – komillik namunasi(Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan). 1
28. Mehnat salomatlik garovi. 1
29. Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat (yo‘l harakati qoidalari) 1
30. Tinchlik uchun kurashmoq kerak(Xotira va qadrlash kuni oldidan). 1
31. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. (yo‘l harakati qoidalari) 1
32. Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas. 1
33. Buyuruvchi belgilar. (yo‘l harakati qoidalari) 1
34 Oltin yoz – o’tsin soz! 1
  • Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O`zbekiston- mustaqil davlat. Bu o`z taqdiri va istiqbolini o`zi hal qilishdir, bu millatni ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy inqirozdan qutqarishdir: bu o`z yeriga, o`z yer osti boyliklariga egalik qilishdir, bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyoga dallollar va vositachilarsiz chiqish, xalqaro munosabatlar o`rnatish, millatlar hamdo’stligiga qo`shilishdir:
  • O`zbekiston mustaqilligining asoslari, qoidalari, shartlari va talablari 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan.
  • “Davlat mustaqilligi haqida” gi qonunda ifoda qilingan. Prezidentimiz Islom Karimovning bu so`zlarida mustaqil davlat bo`lish bizga, yurtimizga, Vatanimizga, xalqimizga inom etgan boyliklar, qulayliklar, huquqlar, imkoniyatlar nechog`lik salmoqli, mazmunli ekanini va bizning xalq, millat, davlat, hudud sifatida ko`tarilishimiz, xalqaro miqyosga chiqishimiz, ajdodlarimizning ulug`ligini munosib ravishda davom ettirish uchun o`zimizning bor imkoniyatlarimizni sarflashimiz kerak. Ongimizdagi sho`ro tuzumi qoldirgan sarqitlarni umuman yo`q qilishimiz kerak, shunda haqiqiy mustaqillikka katta hissa qo’shamiz.
  • Kun shiori: “Sog`liq – oltindan qimmat”

Admin @konsp_bot

+99893-733-13-35
To’lov uchun: *880*8600 0201 3905 3586*15000#

Jismoniy tarbiya, Ijtimoiy fanlar

Jismonan baquvvat, sog‘lom, irodali va ruhan tetik farzandlarni kamolga yetkazishda jismoniy tarbiya fanining ahamiyati nihoyatda katta. Dars jarayonidagi nazariy bilimlar o‘g‘il-qizlarni ruhiy kamolotga yetaklab, ma’nan chiniqtiradi, ziyrakligi va zukkoligini yanada oshiradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi, kun tartibini rejalashtirish, ertalabki badantarbiya mashqlarining ahamiyati haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.

Amaliy mashg‘ulotlardagi jismoniy mashqlar esa o‘quvchini toblaydi, harakat imkoniyatlarini kengaytiradi. Yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari orqali bolaning jismoniy sifatlari rivojlanib, sport anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasi shakllanadi. Ta’lim jarayonida ushbu jihatlarning to‘liq namoyon bo‘lishi xalqaro nufuzli sport musobaqalarining bo‘lajak g‘oliblarini tayyorlashda asqotadi. Demak, jismoniy tarbiya darslarini qiziqarli, mazmunli tashkil etish uchun har bir o‘qituvchi yanada mas’uliyatli, yangilikka intiluvchan, ilg‘or metodlarni qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi zarur. Bu esa pedagoglarimizning zamonaviy innovatsiya va metodlarni o‘zlashtirgan holda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanishini talab etadi.

Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligi sport anjomlarining yetarliligi va sifati bilan bog‘liqdir. Shunday ekan, fan o‘qituvchisi kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida dastlab maktabdagi sport inventarlarining to‘liqligi hamda yaroqliligini ko‘zdan kechirib olishi, ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan ularning ta’minoti bo‘yicha choralar ko‘rishi lozim. Shuningdek, jismoniy tarbiya fanidan ko‘zlangan maqsadga erishishning asosiy omili — darsni to‘g‘ri tashkil etish bilan ham bog‘liq. Buning uchun o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:

Tayyorlov qismi — (10–12 daqiqa) o‘quvchilarni saflash, sog‘lig‘ini bilish jarayoni. Bu vaqtda navbatchining axboroti tinglanadi. O‘quvchilarning shaxsiy gigiyenasi tekshiriladi. Yangi mavzuga oid texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirilib, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar — saf, yurish va yugurish mashqlari bajariladi.

Asosiy qism (20–25 daqiqa)da rejadagi mavzu bo‘yicha sport turining rivojlantiruvchi mashqlari bajariladi. Bu vaqtda o‘quvchilarning boshqa mavzu yoki o‘yinlar bilan chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Yakuniy qism — (3–5 daqiqa) dars tugashi jarayonidagi saflanish davri. Bu vaqtda o‘quvchilar nafas rostlashi, diqqatni jamlashiga e’tibor qaratiladi. Shu asnoda mashqlarni to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantirilsa, darsda faolligi sezilmagan bolalarning kam­chiliklari ko‘rsatib o‘tiladi. So‘ng uyga vazifa beriladi.

Jismoniy tarbiya darslari asosan amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lgani uchun o‘qitishda “Musobaqa”, “Ko‘r­satmali”, “O‘yin” kabi innovatsion pedagogik texnologiya va metodlardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Masalan:

“Musobaqa” usuli. Ushbu usulda sinfdagi o‘quvchilarni jamoalarga bo‘lib, ular o‘rtasida spartakiadalar (quvnoq startlar, harakatli, milliy va sport o‘yinlari ko‘rinishida) tashkil etiladi. Bu usul o‘quvchilarning harakat tizimlarini rivojlantirib, g‘oliblik uchun kurashish ishtiyoqini oshiradi. Musobaqa tarzida tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchilarda ilg‘or bo‘lish, mashq va topshiriqlarni kimo‘zarga bajarish istagini namoyon etishi bilan qiziqarlilikni ta’minlaydi.

“Ko‘rsatmali” usuli murakkabroq sport turi elementini o‘rgatish darslarida qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchi biror o‘quvchi yordamida (yoki mustaqil ravishda) mashq elementini ko‘rsatib berish orqali mavzu mohiyatini yetkazadi.

“O‘yin” usuli orqali harakatli, milliy va sport o‘yinlari texnik elementlarini bajarishda o‘quvchilarning bevosita ishtiroki ta’minlanadi. O‘yinning mazmuni, shartlari va qoidalari tushuntiriladi. Bu usul bir qator afzalliklarga ega. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mashg‘ulotga jalb etish, darsga qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga biror murakkab mashqni o‘rgatishda, shu usuldan foydalanish orqali maqsadga erishish mumkin.

Xalqimizning milliy o‘yinlari, muayyan hududlardagina saqlangan o‘yinlarni ommalashtirish, ularni targ‘ib etish, mashg‘ulotlarda qo‘llash ham jismoniy tarbiya darslarini mazmunan boyitadi. Jumladan, “Otib qochar”, “Qotdi”, “Ot- arava”, “Ot o‘yini”, “Qidirib top”, “Jan­bil”, “Danak”, “Yong‘oq o‘yini”, “Mo­mo-­momo”, “Xo‘roz-xo‘roz”, “Bekki tosh”, “Tepa kurash”, “Cho‘p ot”, “Ta­qir-tuqir qayrag‘och”, “Oltin darvoza”, “To‘g‘nog‘ich”, “Do‘ppi yashir”, “Chavandoz”, “Qo‘riqchi”, “Dahanaki jang”, “Chumchuq tushdi boshimga”, “Qo‘shiqning boshi”, “Do‘ppi tishlar”, “Davraga kir”, “Chig‘iriq”, “Chortak”, “Arqon o‘yin”, “Tosh o‘yin” kabi o‘yinlar bolajonlarning chaqqonlik, ziyraklik xislatlarini rivojlantiradi.

Quyida keng tarqalgan milliy o‘yinlardan misol keltiramiz.

“G‘isht urish” o‘yini. Bunda 4 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etadi. O‘yinda g‘ishtning ostiga o‘quvchilar o‘zlariga tegishli zarqog‘ozlardan bittadan qo‘yadi. G‘ishtning oldida turib, navbatma-navbat qo‘llaridagi toshni uloqtiradilar. Kimning toshi uzoqqa yetib borsa, o‘sha ishtirokchi toshi joylashgan joyda turib, birinchi bo‘lib g‘ishtni nishonga oladi. G‘ishtni urib yiqitgan g‘olib zarqog‘ozlarga ega bo‘ladi. O‘yin shu tariqa davom etadi. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, o‘quvchilarda murosa, bir-birining qarorini hurmat qilish, merganlik, aniq mo‘ljalga olish, saxiylik, chaqqonlik kabi fazilatlar shakllanadi.

“Chiziq bo‘ylab” o‘yini. Yerga dor kabi chiziq chiziladi. Ishtirokchi chiziq ustida turadi. Ko‘zlari boylanadi. U mayda qadamlar bilan chiziq ustida yurishi kerak. Agar o‘quvchi chiziq ustidan oxirigacha adashmay yurib borsa, o‘yinda g‘olib hisoblanadi.

O‘yin o‘quvchilarda diqqatni bir joyga jamlash, kutilmagan vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, mo‘ljalni aniq ola bilish, tana muvozanatini maromida ushlash, mutanosib harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Xalqimizning bolalarni ziyraklik, chaqqonlikka o‘rgatuvchi milliy o‘yinlari bisyor. O‘qituvchining pedagogik mahorati, kasbiy malakasi hamda xalq o‘yinlaridan nechog‘lik xabardorligi mashg‘ulotlarning yanada qizg‘in o‘tishida seziladi. Demak, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik asnosida xalq o‘yinlari borasida ham izlanish olib borish zarur.

Avgust kengashlarida o‘tgan o‘quv yilida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish borasida uchragan muammo va murakkab mavzularni muhokama qilish zarur. Bu jarayonda amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish va bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan istiqbolli — keyingi o‘quv yilida samaradorlikka xizmat qiladigan takliflar bildiriladi.

Anjumanlarning sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1) O‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot va 2015-2016-o‘quv yiliga mo‘ljallangan vazifalar;

2) Yangi takomillashgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar hamda tavsiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish masalalari;

3) Mavjud sport seksiyalari ishini takomillashtirish, ulardan oqilona va samarali foydalanish usullarini tatbiq etish;

4) Sport jihozlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish masalasi;

5) “Umid nihollari” sport o‘yinlariga iqtidorli sportchi-o‘quvchilarni tayyorlab borish va maktablarda hududiy sport bellashuvlari, musobaqalar tashkil etish.

Ijtimoiy fanlar tc “Ijtimoiy fanlar”

Tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, milliy istiqlol g‘oyasi kabi fanlar( keyingi o‘rinlarda ijtimoiy fanlar )ning o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida o‘ziga xos o‘rni bor. Xususan, o‘quvchilarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, mustaqillikni asrash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida o‘stirishda ushbu fanlar muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu fanlarni mukammal egallasa, o‘zligini anglaydi, faol fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi, turli muammo va kutilmagan vaziyatlarda oqilona yo‘l tutish ko‘nikmalari shakllanadi.

Ushbu fanlarga oid darsliklar yangi o‘quv yilida qator yangiliklar bilan o‘quvchilar qo‘liga yetib bormoqda. Jumladan, joriy yilda 1-, 4-sinflarning “Odobnoma” kitobi, 5—6-sinf “Vatan tuyg‘usi”, 7-, 8-, 9-sinflar uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda 5-sinf “Tarixdan hikoyalar” darsliklarining yangi avlodi yaratildi. Darsliklar zamon talablari asosida takomillashtirildi.

5-sinf “Tarixdan hikoyalar” (U.Jo‘rayev, Q.Usmonov, A.Nurqulov va boshqalar) darsligidagi statistikaga oid ma’lumotlar yangilandi. Darslik mavzulariga Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yili Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “ O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati ” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan ma’ruzasi mazmuni singdirildi. Shuningdek, darslikdan Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq mavzular, O‘zbekistonning bugungi kundagi tashqi siyosati strategiyasining mazmuni singdirilgan matnlar ham o‘rin oldi.

Milliy istiqlol g‘oyasi turkumidagi fanlarga oid darsliklar ham yuqorida tilga olingan ma’ruza mazmuni bilan boyitildi. Darsliklar dizayni va illustratsiyalari yangilandi.

O‘qituvchining izlanuvchanligi, darslarga ijodiy yondashishi — o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim omili. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitishda muallimdan izlanuvchanlik, o‘quvchilarni qiziqtiruvchi metodlardan unumli foydalanish talab etiladi. O‘qitish sifat va samaradorligini oshirish uchun quyidagi usullar tavsiya etiladi:

Og‘zaki bayon qilish usuli. Bunda hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, analitik syujet metodlarining uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratgan holda badiiy va tarixiy adabiyotlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jarayonda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati ham shakllanadi, rivojlanadi.

Dars jarayonida har bir sinfning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlashini tashkil qilish usuli. Bunda tarixga oid manbalar — adabiyotlar, hujjatlar, ko‘rgazmali vositalardan foydalaniladi. Shuningdek, ko‘rgazmalilikka tayangan metodlar, shartli-grafik illustrativ ko‘rgazmalilik, suratlar tahlili, rasm ishlash, kontur xaritani to‘ldirish, amaliy mashg‘ulotlarda qirqish, model va maketlar tayyorlash, mehnat qurollarini tayyorlash, tarixni o‘rganishda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish darslarning mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.

Bu borada tarix fani o‘qituvchilariga amaliy-metodik yordamni tashkil etish maqsadida 8—9-sinflar uchun “O‘zbekiston tarixi”ni o‘qitish yuzasidan A.Zamonov muallifligida metodik majmua tayyorlandi.

Darslik bilim berishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qilar ekan, undan samarali foydalanishda o‘qituvchiga katta mas’uliyat yuklanadi. Jumladan, ijtimoiy fanlarni o‘qitishda ham darsliklarning asosiy vazifalari quyidagilar ekanligini unutmaslik lozim. Darslik:

– fan bo‘yicha bilimlar tizimi;

– o‘quvchilar bilim va malakalarini integratsiyalash, majburiy o‘quv materiali yig‘indisi;

– bilimlarni nazorat qiluvchi;

– fanni mustaqil o‘rganish vositasi;

– shaxs shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda tarbiyalovchilik vazifasini amalga oshiradi. Shuning uchun o‘qituvchi mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda darslik bilan muntazam ishlash ko‘nikmasini ham shakllantirib borishi zarur.

O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishi lozim:

– dars turlari va tuzilishini aniqlab olish;

– dars — o‘quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli ekanligiga e’tibor qaratish;

– zamonaviy dars, unga qo‘yiladigan talablarni bilish va unutmaslik;

– darslar mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishiga erishish;

– ta’lim-tarbiya jarayonining maxsus shakllari, dars samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligini yodda tutish.

O‘qituvchining shaxsiy xususiyatlari — kiyinishi, o‘zini tutishi, nutq madaniyati, gap ohangi va boshqa omillar ham darsga ta’sir ko‘rsatadi. Agar bu jihatlar o‘qituvchining dars berish kasbiy mahorati, tarbiyachilik faoliyati, baholash mezonlari bilan uyg‘unlashsa, ta’lim sifat va samaradorligi yanada ortadi.

Ta’lim jarayoniga interfaol usullarni joriy etishda o‘quvchilarning o‘zaro hamda o‘qituvchi bilan faol muloqoti yuzaga keladi. Bunday vaziyatni yuzaga keltirish uchun muallim guruhlarda ishlashning «Muayyan pozitsiyani egallash», «Muammolar daraxti”, “Matritsa”, “Zanjir” kabi va boshqa ommalashgan, interfaol usullardan foydalanishi tavsiya etiladi.

Jumladan, “Muammolar daraxti” usulida yaxlit bir muammo olinadi. Masalan, guruhlarda o‘quvchilarning bo‘sh o‘zlashtirishi yoki DTS talablari bajarilmasligi masalasi ko‘riladi. Jarayonda ushbu muammoning kelib chiqish omillariga e’tibor qaratiladi. Bunda muammolarning sababini aniqlash maqsadida nima uchun? nimaga? nega unday bo‘ldi? sababi nimada?, kim sababchi? kabi savollar o‘rtaga tashlanadi. Har bir savolning javobi ko‘rsatilib, tahlil qilinadi. So‘ng zarur qaror qabul qilinadi.

Alohida-alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarning bog‘liqlik tomoni “Zanjir” usuli orqali bir-biriga ulab chiqiladi. Ularning yechimlari tahlil etilib, umumlashtiriladi.

O‘quvchilar o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, ijtimoiy muammoga bag‘ishlangan (odam savdosi, ommaviy

madaniyat, kiyinish madaniyati kabi) seminarlar tashkil qilish, referatlar (ilmiy ishlar) yozish ham o‘g‘il-qizlarda mustaqil fikrlash, vaziyatga o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmasini shakllantiradi.

Shulardan kelib chiqib, an’anaviy avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlarini tashkil etishda quyidagi masalalarga to‘xtalish tavsiya etiladi:

– o‘quvchilarda kompetentlilikni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlarining tajriba-sinov ishlari natijalari va kelgusidagi vazifalar;

– 2015-2016-o‘quv yilida nashr etilgan darsliklar va ulardagi yangiliklar bilan o‘qituvchilarning tanishib, darslarga tayyorlanib borishi;

– mustaqillik darslarini mazmunli tashkil etish;

– mustaqillik darslarida o‘quvchi-yoshlarga hozirgi tinch, osoyishta kunlarning qadriga yetish, keksalarni hurmat qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos azaliy fazilat ekani xususida tushunchalar berish. Ushbu jihatlar jamiyatning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisi sifatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani haqida tushunchalar berib, “Sen muqaddassan, Vatan!”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir!”, “Ona yurt o‘g‘lonlari”, “Milliy g‘oya, mafkura va yoshlar”, “Qudratli davlat farzandlarimiz!”, “O‘zbekiston kelajagi bizning qo‘limizda!”, “Seni ardoqlaymiz, aziz Vatanim!” mavzularida mustaqillik darslarini tashkil etish;

– dars samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, uning usullari, maqsad va vazifalarini aniq belgilash;

– o‘qitish samaradorligiga erishishning muhim omillaridan biri — pedagogik jamoalar o‘rtasida muntazam dars tahlilini yo‘lga qo‘yish;

– o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

– umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mavzuga taalluqli asar va ma’ruzalari mazmunini ochib berish;

– ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha joylardagi tayanch maktablarda “Kim edigu, kim bo‘ldik” mavzusida tarbiyaviy soatlarni tashkil etish;

– o‘quvchilar bilimini baholashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini o‘rganish;

– o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimini aniqlash;

– o‘quvchilar ongida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, xalq farovonligi kabi tamoyillarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning ahamiyati;

– o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishda tarixiy, badiiy adabiyotlarning o‘rni;

– taqdimot darslarini tashkil qilish va ularning samaradorligi;

– o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning o‘rni;

– o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi hamda kommunikativlikni shakllantirishda ijtimoiy fanlarning hissasi;

– tarix va iqtisodiy bilim asoslari fanlarini o‘qitishda matematik savodxonlikning o‘rni;

– dars jarayonida zamonaviy AKTdan foydalanishning metodik asoslari (amaliyot va tajriba).

Respublika ta’lim markazi

Qiziqarli malumotlar
5-синф тарбиявий соат