4 sinf matematika darslik 2018

4 sinf matematika darslik 2018

Kommunikativ komp-siya: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar vas algaritmlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi.

Математикадан тугарак

Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

TK: O’z –o’zini rivojlantirish komp-si: o’qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtiran olish

FK: Matematika mazmuniga oid umumiy komp-si: arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi.

Kommunikativ komp-siya: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar vas algaritmlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi.

Metod: Suhbat, kartochkalar bilan ishlash, mustaqil ish. Shakl: Guruh bilan ishlash.

Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

I.Tashkiliy qism

Mashg’ulotning maqsadini aytish.

II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.

5. 269 + 1=270 540 – 1=539

770 – 1 =769 399 +1=400 600 – 1 500-1

489+ 1 =490 800 – 1=799 899 + 1 500 + 1

III.Yangi mavzu bayoni:

9.Ifodalarning qiymatini hisoblang:

2•100 + 8•10 + 6=200+80+6=286

4•100 + 9•10 =490 8•100 + 3=803

Hisoblashlarni qulay usul bilan bajaring:

11. Ifodalarning qiymatini toping:

12. Sabzavot omboriga bir kunda 600 banka tuzlangan bodring, undan 2 marta kam tuzlangan pomidor keltirildi. Quyidagi ifodalar nimani anglatadi:

600:2 =300 600+600:2 =900 600-600:2=300

14. Shahar bozoriga 3 ta yuk mashinasida tarvuz jo‘natildi. Bir mashinada 150 ta, ikkinchi mashinada birinchida-gidan 50 ta ko‘p, uchinchi mashinada esa birinchi va ikkinchi mashinalarda birgalikda qancha bo’lsa, shuncha tarvuz bor. Uchinchi mashinada qancha tarvuz jo‘natilgan?

Uyga vazifa: 15-16-misollar.

SANA_________

Mavzu: O‘nlik sanoq sistemasi haqida tushuncha 53-54-misollar

Mashg’ulotning maqsadi: A) Ta’limiy:O‘nlik sanoq sistemasi haqida tushuncha berish, misol va masala yechish;

Tarbiyaviy: ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo’lgan muhabbatni o’stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: hamkorlikda ishlash malakasini shakllantirish.

TK: O’z –o’zini rivojlantirish komp-si: o’qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtiran olish

FK: Matematika mazmuniga oid umumiy komp-si: arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi.

Kommunikativ komp-siya: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar vas algaritmlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi.

Mashg’ulotning borishi:

I.Tashkiliy qism

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Mashg’ulotning maqsadini aytish.

II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.

III.Yangi mavzu bayoni:

Har bir sonda 3 raqami nimani anglatadi?

394 431 273

Sonlar yozuvida ayni bir raqam, u qaysi xonada turganiga qarab, har xil qiymatga ega boladi. Masalan, 273 sonidagi 3 raqami birlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 birlikni anglatadi. 431 sonida 3 raqami o‘nlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 o‘nlikni anglatadi. Bunda uning bu xonadagi qiymati birlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq. 394 sonida 3 raqami yuzlar xonasida turibdi, shu sababli u 3 yuzlikni anglatadi.

Bunda uning bu xonadagi qiymati o‘nlar xonasidagi qiymatidan 10 marta ortiq. Shuning uchun sonlarning biz foydalanadigan yozilish sistemasi o‘nlik sanoq sistemasi deb ataladi.

Onlik sistema pozitsion sistemadir, chunki son-ning yozuvida har bir oldingi xona birligi undan keyingi xona birligidan 10 marta ortiq.

III xona birligi

II xona birligi

I xona birligi

Jadvalda son yozilgan. Bu sonni o‘qing. Yangi so‘z- larni eslab qoling. 326 soni quyidagilardan tashkil topgan:

Uch xonali 328 sonining yozuvida uchta xonani — birlar, o’nlar, yuzlar xonasini tashkil etuvchi uchta raqam bor. Bu xonalar birlashtiriladi va sinf deb ataladi. Istalgan miqdordagi raqamlardan tashkil topgan sonlarni — to‘rt xonali, besh xonali, olti xonali, yetti xonali va h.k. sonlarni yozish mumkin. 625 347 soni — olti xonali son. 0‘ngdagi dastlabki uchta raqam birlar sinfini tashkil etadi. Birlar sinfidan keyin minglar sinfi keladi. Minglar sinfida uchta xona. bor, bular: bir minglar, o‘n minglar, yuz minglar. 5 raqami beshta minglikni, 2 raqami ikkita o‘n minglikni, 6 raqami olti-ta yuz minglikni anglatadi. Hammasi bo‘lib, bu . sonda 625 ta minglik, 347 ta birlik bor. Shuning uchun 625 347 sonini bunday o‘qish qabul qilingan: olti yuz yigirma besh ming uch yuz qirq yetti („birlik“ so‘zi aytilmaydi). Minglar sinfidan keyin millionlar sinfi keladi. Lining xonalari bunday ataladi: bir millionlar, o‘n’ millionlar, yuz millionlar. Abakdan raqamlar ko’rsatiladi, o’quvchilar ularni o’qiydilar. IV. Mustahkamlash. 65. Jadvalni ko‘rib chiqing: Qaysi xonalar birliklari I sinfni, qaysilari II sinfni tashkil etadi? Har bir sinf necha xonadan iborat? 66. 358 ming; 702 ming; 40 ming; 56 ming sonlarida har bir xonaning nechta birligi bor? Javob namunasi: 358 ming sonida 3 ta yuz minglik, 5 ta o‘n minglik va 8 ta bir minglik yoki oltinchi xonaning 3 birligi, beshinchi xonaning 5 birligi va to‘rtinchi xonaning 8 birligi bor. 67. Do’konda 200 ta katakli va ulardan 3 marta ko‘p bir chiziqli daftar bor. Do’konda hammasi bo‘lib nechta daftar bor? 69. V.Uyga vazifa: 70-misol 71. Qisqa yozuv bo’yicha masala tuzing va uni yeching: T arvuzlar – 420 kg ? Qovunlar – ?, 135 kg kam
VI. Mashg’ulotni yakunlash

SANA__________ 4-mashg’ulot Mavzu: Ko‘p xonali sonlarni raqamlash 20-21-bet 104-105-misollar Mashg’ulotning maqsadlari Ta’limiy: 0‘quvchilarda ko‘p xonali sonlar, yuzliklar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Tarbiyaviy: Al-Xorazmiyning matematika rivojiga qo‘shgan buyuk ishlarini bayon qilish orqali o‘quvchilarda o‘z Vataniga bo‘lgan g‘ururlarini oshirish. Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish TK: O’z –o’zini rivojlantirish komp-si: o’qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtiran olish FK: Matematika mazmuniga oid umumiy komp-si: arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi. Kommunikativ komp-siya: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar vas algaritmlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi. Metod: Suhbat, mustaqil ishlash. Shakl: Guruh bilan ishlash. Jihozlar: Darslik, chizg‘ich, mavzuga doir plakatlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish. Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi. MASHG’ULOTNING BORISHI: Mashg’ulotning borishi: I.Tashkiliy qism Salomlashish; Davomatni tekshirish Mashg’ulotning maqsadini aytish. II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Test sinovi o’tkazaman. 1. Misollarni taqqoslang: 1) 300 • 2 * 200 • 3 a) b) 2. Hisoblang va to’g’ri javobni belgilang: (47 + 33) • 5 a) 40 b) 400 d) 16 3. Qoldiq har doim bo’luvchidan qanday bo’ladi? a) kichik b) katta d) teng 4. Bo’lishda eng kichik qoldiq nechaga teng bo’lishi kerak? a) 2 ga b) 1 ga d) 0 ga 5. 7 ga bo’lganda qoldiq 9 ga teng bo’lishi mumkinmi? a) ha b) yo’q 6. Qaysi qatordagi sonlar 6 ga qoldiqsiz bo’linadi? a) 60, 32, 16, 6, 18 b) 56, 42, 21, 30, 35 d) 24, 12, 36, 48, 54 7. 9 ga bo’lganda chiqadigan hamma qoldiqlarni belgilang: a) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 b) 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 d) 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15 III.Yangi mavzu bayoni: Ko‘p xonali son yuqori sinfdan boshlab yoziladi. Masalan, uch yuz olti ming olti yuz o‘n uchni yozish uchun quyidagicha mulohaza yuriting: 1) Bu sonda ikkinchi sinf birligi nechta ekanini yozaman (306). 2) Birinchi sinfning birliklarini yozaman (613). Sinflar orasida biroz joy qoldiriladi. Yozilishi: 306 613. 101. Sonlarni o’qing va yozing: 1) ikkinchi sinfning 40 birligi va birinchi sinfning 650 birligi; 2) ikkinchi sinfning 3 birligi va birinchi sinfning 400 birligi; 3) ikkinchi sinfning 4 birligi va birinchi sinfning 100birligi. IV. Mustahkamlash. Uyga vazifa: 103,102,105 misollar

SANA__________ 5-mashg’ulot Mavzu: Ko‘p xonali sonlarni raqamlash 25-26-bet 133-134-misollar Mashg’ulotning maqsadlari Ta’limiy: 0‘quvchilarda ko‘p xonali sonlarni raqamlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda o’zaro do’stlik, o’rtoqlik tuyg’ularini rivojlantirish. Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish TK: O’z –o’zini rivojlantirish komp-si: o’qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtiran olish FK: Matematika mazmuniga oid umumiy komp-si: arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi. Kommunikativ komp-siya: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar vas algaritmlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi. Metod: Suhbat, mustaqil ishlash. Jihozlar: Darslik, chizg‘ich, mavzuga doir plakatlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish. Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi. MASHG’ULOTNING BORISHI: Mashg’ulotning borishi: I.Tashkiliy qism Salomlashish; Davomatni tekshirish Mashg’ulotning maqsadini aytish. II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. 380000:1000=380 6000:100=60 8000:10=800 III.Yangi mavzu bayoni. 129. Katakchalar o’miga mos sonlarni qo‘yib ko‘chiring: 7 yuzl. = □ o‘nl. = □ birl. 3 mingl. = □ yuzl. = □ o‘nl. = □ birl. 25 mingl. = □ yuzl. = □ o‘nl. = □ birl. 3 745 sonini yozing: a) Bu sonda hammasi bo‘lib nechta birlik borligini topamiz. Birlar xonasida 5 ta birlik bor. 0‘nlar xonasida 4 ta o‘nlik bor. 1 o‘nl. = 10 birl.; 4 o‘nl. = 40 birl. Yuzlar xonasida 7 ta yuzlik bor. 1 yuzl. = 10 o‘nl. = 100 birl.; 7 yuzl. = 700 birl. Minglar xonasida 3 ta minglik bor. 1 mingl. = 10 yuzl. = 100 o‘nl. = 1 000 birl. 3 mingl. = 3 000 birl. Demak, 3 000 birl. + 700 birl. + 40 birl. + 5 birl. = 3 745 birl. b) Bu sonda hammasi bo‘lib nechta o‘nlik borligini topamiz. Birlar xonasida o‘nlik yo‘q. 0‘nlar xonasida 4 ta o‘nlik bor. Yuzlar xonasida 7 ta yuzlik bor. 1 yuzl. = 10 o‘nl.; 7 yuzl. = 70 o‘nl. Minglar xonasida 3 ta minglik bor. 1 mingl. = 10 yuzl. = 100 o‘nl. 3 mingl. = 300 o‘nl. Demak, 300 o‘nl. + 70 o‘nl. + 4 o‘nl. = 374 o‘nl. d) 3 745 sonida hammasi bo‘lib nechta yuzlik bor? e) 5 619. 78 042, 910 537 sonlarini ko’rib chiqing. Tagiga chizilgan sonlardan qaysi biri sonda hammasi bo‘lib nechta o’nlik; yuzlik; minglik borligini ko‘rsatadi? IV. Mustahkamlash. 131. b va c ning quyidagi qiymatlarida b-c va bc ifodalarning qiymatini hisoblang: b 8 000 1 000 15 000 600 c 10 100 10 100 8000:10=8000 1000:100=10 15 000:10= 1500 600:100=6 132. Bir qop shakarning massasi 50 kg. Do‘konda tushlik-kacha 3 qop va tushlikdan keyin shunday 5 qop shakar sotildi. Shu kuni hammasi bo‘lib necha kilogramm shakar sotilgan? Do‘konda 280 kg un bor edi. Kechqurun 60 kg un qoldi. Necha kilogramm un sotilgan? Bu masalaga teskari masala tuzib (og‘zaki) yeching. V. Uyga vazifa: 134. Faqat javoblarini yozing: (740+ 160) :100 =9 (420 + 580) : 1 000 = 1 (985 – 900)x100=8500 600: (20-5)=40 SANA________ 6-mashg’ulot Mavzu: To’rt arifmetik amal va ularning bajarilish tartibi.Amallarning nomlari va belgilari. Uzunlik o‘lchovi birliklari jadvalini takrorlash. Maqsad: A) Ta’limiy:mavzu haqida tushuncha berish, misollar yechish ko’nikmalarini shakllantirish, iqtisodiy tushunchalar singdirish. B) Tarbiyaviy: Turli miqdoriy masalalarni yechishda hisoblashning bu usuli yordamida tez, oson, qulay ko’paytirish usullaridan foydalanishga o’rgatish va shu asosda bolada o’z kuchiga ishonishga, tabiat, jamiyatdagi turli voqea-hodisalarga ongli munosabatda bo’lish, topqirlik, ijodkorlik kabi axloqiy xislatlarni tarbiyalashga. Rivojlantiruvchi: minglik, million, Yuzlik, o‘nlik va birliklardan sonlarni hosil qilishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. TK: O’z –o’zini rivojlantirish komp-si: o’qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtiran olish FK: Matematika mazmuniga oid umumiy komp-si: arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi. Kommunikativ komp-siya: o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar vas algaritmlarni kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi. Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi Mashg’ulotning jihozi: mavzuga oid ko’rgazmalar. Mashg’ulotning borishi: I. Tashkiliy qism. a) Salomlashish b) Davomatni aniqlash c) Mashg’ulotga hozirlik ko’rish. II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’yin- musobaqa: uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman. Og’zaki misollar yechdiraman.

Rasmlardan foydalaib, 6 xonali son yozing. III. Yangi mavzu bayoni: To’rt arifmetik amal va ularning bajarilish tartibi 142. 1) Sonlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish — bular arifmetik amallardir. Ularni ifodalash uchun maxsus belgilardan foydalaniladi (+, :). Agar ikkita son bu belgilardan biri bilan birlash-tirilsa, u holda sonli ifoda hosil bo’ladi. Sonli ifoda-ning qiymatini bilish uchun unda keltirilgan amalni bajarish kerak bo’ladi. 2) Darslikning 192-betidagi amal belgisi, ifoda va sonlarni o’qing. 3) Quyidagi ifodalarning qiymatlari qanday hisoblan-ganligini tushuntiring: 140 000•2 = 280 000 42 000 : 6 = 7 000 24 000 + 6 000 = 30 000 85 000 – 50 000 = 35 000 4) 42 000 va 2 sonlarining yig’indisi, ayirmasi, ko’payt-masi va bo’linmasini hisoblang.
143. 18 m gazlamadan 9 ta bir xil o’g’il bolalar kastumi tikildi. 34 m gazlamadan nechta shunday kastum tikish mumkin? 18:9=2 34:2=17 javob: 17 ta kastum. IV. Mustahkamlash. 144. 143- masalani o’qing va quyidagicha savolli masala tuzing: «Shunday 17 ta kastum tikish uchun necha metr gazlama kerak bo’ladi?» 145. 1) Uzunlik birliklari jadvalini takrorlang: 1 sm = 10 mm 1 dm = 10 sm = 100 mm 1 m = 10 dm = 100 sm 1 km = 1000 m 2) 4 m, 600 mm, 2 m 15 sm ni santimetrlarda; 4m = 400 sm 600 mm= 60 sm 2m 15 sm =215 sm 3 m, 500 sm, 1 m 3 dm ni detsimetrlarda ifodalang; 3) tomoni 1 dm bo’lgan kvadrat yasang. V. Uyga vazifa: 146. 534 + 389 945 – 624 707 – 619 216 + 423 356 • 2 940 : 4 804:3 195-5 147. 4 m 56 sm = □ sm 9 sm 8 mm = □ mm 6 m 09 sm = □ sm 5 dm 7 sm = □ sm 34 soatga yozilgan kompetentsiyali faylni to’liq olish uchun +99897 358 10 77 raqamiga yoki shu raqamga ochilgan telegramm manziliga murojaat qilishingiz mumkin.Fayl narxi: 5 000 so‘m

4 sinf matematika darslik 2018

Maqsad : Ta’limiy maqsad: bo`lish haqida bilimini mustahkamlash. Bo`lishga doir misol va masalalar yechish. Mulohaza haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad: matematikani sevishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad : bo`lish haqidagi bilim-ko`nikma va malakalarini rivojlantirish.
Usuli : Aralash
Turi : Yangi bilim beruvchi dars
Jihozi: Darslik, ko`zgazma, rasm, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi :
1.Tashkiliy qism. (Sinf xona va bolalarning darsga tayyorgarligini nazorat qilaman)
2. O`tgan darsni so`rash va mustahkamlash.

Uyga vazifani so`rayman. 738-masala 780-ifodalarning javoblarini o`quvchilardan so`rab nazorat qilaman. Savollar bilan o`tgan darsni mustahkamlayman.

1)Bo`lish nima? (O`quvchilardan so`rayman )
2)Amallar tartibi qanday bajariladi?
3.Yangi darsning bayoni .
781-misol og`zaki. Yechilish usulini tushuntiraman.
42320 :46 21708 27 190228 38
414 920 216 804 190 5006
2)Xuddu shu hisoblashlar nisbatan qanday qisqa yozilganini ko`rib chiqing:
42320 46 21708 27 190228 38
414 920 216 804 190 5006
92 108 228
92 108 228
Bu misolni yechishdan oldin o`quvchilarni 3-guruhga bo`lib olaman.Bunda har guruhdan
Bittadan bola chiqarib, o`z guruhining daraxtiga olma osib , rag`batlantirilib boriladi.
1-guruh 2-guruh 3-guruh
39520 52 30668 34 164807 29
364 760 306 902 145 5683
312 68 198
312 68 174

Topshiriqdagi 3-chi misolni qaysi guruh a’zosi birinchi yechib ulgursa , o’sha guruh a’zosi yechadi. 9483 29

Guruh a’zolarining mehnatlari olma bilan rag`batlantirilib boriladi.Bu topshiriq o’quvchilardan to`liq tushuntirib berilishi talab qilinadi.

783- masala og`zaki yechiladi.

Velosipedchi bir soat 14 km soat tezlik bilan, ikki soat 15 km soat tezlik bilan va yana bir soat 12 km soat tezlik bilan yurdi.

Masalaning shartlaridan foydalanib ,quyidagi ifodalar nimani bildirishini tushuntiring:
1. 1+2+1 (jami vaqt yig`indisi)
2. 14+15×2+12 (jami Masofa)
3. (14+15×2+12):(1+2+1) (o`rtacha tezlik)

Masalaning sharti o`quvchilardga o`qitiladi va tushuntiriladi. Qaysi guruh a’zosi yechimining javobini topsa , daraxtiga olma bilan rag`batlantiriladi.

784-masala .Masalaning sharti o`quvchilarga o`qitilib ,tushuntiriladi va yechimini qaysi guruh a’zosi to`g`ri va aniq yechishiga qarab rag`batlantiriladi.

Yechimi. 5184:24=216ta fevral oyidagi
6426:27=238 ta mart oyidagi
238-216=20 ta ko`p
Javob: 20 ta ko`p poyabzal mart oyida chiqargan.
785 – topshiriq .Mulohazalar bilan tanishamiz. Bu yerda ko`rgazmali rasmdan foydalanaman.
Tulkichaning mulohazasi to`grimi yoki noto`g`rimi? (noto`g`ri)
Har qaysi mulohaza to`g`rimi yoki noto`g`rimi? (noto`g`ri)
Toshkent- O`zbekistonning poytaxti. ( To`g`ri)
Fevral 30-kundan iborat. (noto`g`ri)
11- eng kichik ikki xonali son (noto`g`ri)
1-eng kichik son emas. (noto`g`ri)
5>3 (To`g`ri)
5×8=40 ekani noto`g`ri. (To`g`ri)
9+6=15 ekani noto`g`ri ( to`g`ri)

Mulohaza mavzusini tushuntiraman.To`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi haqida aytish mumkin bo`lgan darak gap mulohaza deyiladi.Istalgan boshqa gap mulohaza bo`lmaydi.

Mavzudan kelib chiqib, guruh a’zolari o`rtasida zig-zak o`yinini tashkil qilaman.Misollar kartochkalarda uchala qatorga alohida beriladi.

1-qator 2-qator 3-qator

1.9-soni 4-sonidan 5 ta birlik ko`p. 1.8-soni 3- sonidan 4-ta birlik ko`p. 1.7-soni 2-sonidan 4-ta birlik ko`p.

2.30×3=90 2.23×2=56 2.41×1=41
3. 3.soat=150m 3.3km=3000m 3.24-soat =3sutka
88:2=33 4.72:8=8 4.48:2=25

To`rtburchaknining bo`yi 6 sm 5.to`rtburchakning bo`yi 8 sm ,eni 4 sm 5.to`rtburchakning bo`yi 3 sm eni 4sm

Yuzi ? Y= 36 sm kv. P=? P=24 sm.kv
Eni 5sm perimetrini toping.

Oyin sharti tushuntiriladi. O`quvchilar javoblarni tekshirib o`z chizmalarini yozuv taxtasiga chizadilar. Mashg`ulot yakunlangach chizmani o`qituvchi yozuv taxtasiga osib o`z chizmalarini tekshirib ko`rishlarini aytadi va navbatdagi rag`batlantirishini iladi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. O`quvchilar ingliz tilida she’r aytib mashq qiladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Aqliy hujum o`tkaziladi. Tezkor savollar.
1-guruh
1.Noma’lum qo`shiluvchini topish uchun nima qilinadi?
2.Agar vaqt , masofa ma’lum bo`lsa,tezlik qanday topiladi?
3.3 xonali sonni 2 xonali songako`paytirish uchun nima qilinadi?
4.Agar qo`shiluvchilardan biri 0 bo`lsa, yig`indi nimaga teng bo`ladi.
5.Ko`pburchakning tomonlarining yig`indisi nima deyiladi?
2-guruh
1.Noma’lum bo`linuvchini topish uchun nima bo`linadi?
2.Qanday burchak yoyiq burchak deyiladi?
3.Agar tezlik, masofa aniq bo`lsa, vaqt qanday topiladi?
4.Agar misolda amallar aralash holda berilsa amal qanday bajariladi?
5.Agar kamayuvchi va ayriluvchi bir-biriga teng bo`lsa, ayirma nimaga teng bo`ladi?
3-guruh
1.Noma’lum ko`paytuvchini qanday topiladi?
2.Agar harakatning tezligi, vaqti ma’lum bo`lsa masofa qanday topiladi?
3.Aylananing diametri nima deb ataladi?
4.Qanday o`lchov birligi bor?
5.Ko`paytirish nima?
Uchala guruhning tezkor savollariga javobi tahlil qilinadi va rag`batlantiriladi.
Dars yakunida guruhlarning yig`gan olmalari soni hisobga olinadi va g`olib guruh aniqlanadi.
5.Baholash. Dars davomida yaxshi qatnashgan o`quvchilar baholanadi va izohlanadi.
6.Uyga vazifa. 786 – 787- misollar.
FIZIKA fanidan dars ishlanmalari
Mavzu: TRANSFORMATORNING TUZILISHI VA ISHLASHI
Transformatorning tuzilishi va ishlashi
Maqsad
O‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi haqida bilimlar berish .
Vazifalar
O ‘ quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi
h aqida bilimlar berish va ularni o‘zgaruvchan induksion
tokni hosil qilishda gi o`rni muhimligini tushuntirish.

O‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartirish mumkinligi va undan sanoatda, texnikada foydalanishni tushuntirish orqali fanga qiziqtirish.

O quv jarayonining mazmuni
O‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini

slayd namoyish qilish orqali tushuntirish. U ndan sanoatda, texnikada foydalanishni tushuntirish orqali fanga qiziqtirish.

O quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Faol ma’ruza, g uruhlar bilan ishlash

Vosita: T arqatma savollar, transformator, voltmetr, ulovchi simlar, kompyuter texnikasi, dioproektor , d oska, bo‘r.

Nazorat: O g ‘zaki nazorat , o ‘ quvchilarni ba h olash.
Baholash . 5 ballik tizim asosida.
Kutil ayot gan natijalar
O‘qituvchi;
O ‘ quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi

haqida bilimlar berish, hamda sanoatda, texnikadagi ahamiyatini tushuntirishda interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishini orttiradi.

O‘quvchi.
Yangi bilimlarni egallaydi. Olgan bilimini amaliyotga qo‘llashni o ‘ rganadi.
Kelgusi rejalar
O q ituvchi:

O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni fan-texnikada qo`llanilishi bilan tajribasini boyitish.

O‘quvchi :

Transformatordan a maliyotda foydalanish, qo ‘ shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rganish. O‘z fikrini ravon bayon qila olish.

Mashg ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-transformator
-o ‘ zgaruvchan tokni transformasiyalash
-yuksaltiruvchi transformator
-pasaytiruvchi transformator
-transformatsiya koeffits iy enti
I . Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinfga kirishda o ` quvchilar o‘qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o‘tiradilar.
b) salomlashish, davomatni aniqlash;
c ) o‘quvchilarni darsga hozirligini ko‘rib chiqish.
Darsning blok-chizmasi
Dars bosqichlari
Tashkiliy qism
Uy vazifasini so ‘ rash
Yangi mavzu bayoni ( kichik ma’ruza )
Yangi mavzu bo ‘ yicha masala yechish va test o ‘ tkazish
O ‘ quvchilarni rag ‘ batlantirish
Uyga topshiriqlar
II. O tilgan mavzu bo yicha so‘rash ( 6 minut)
O ‘ quvchilar guruhlarga bo ‘ linib olinadi.
1- guruh: Amper guruhi 2- guruh: Volt guruhi 3- guruh: Om guruhi

O‘qituv ch i tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni guruh sardorlari ch iqib tanlab oladilar .

1-guruhga “I nduksion tokning yo ‘ nalishini tushuntiring”
2-guruhga “ O ‘ zgaruvchan tok va uning grafigini qanday hosil qilish mumkin. ”
3-guruhga “ Induksion tok feneratorining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring” .
Guruhlar taqdimoti
III. Yangi mavzu bayoni (16 minut).
1.Transformatorning tuzilishi va ishlashi.
2. Yuksaltiruvchi transformator .
3. Pasaytiruvchi transformator .
4. Transformatorda energiyaning aylanishi.
5. Transformatsiya koeffitsiyenti.

O‘qituvchi tomonidan kompyuter orqali dioproektorda o‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlashi ekranda ko‘rsatiladi va transformatorga ta’rif beriladi.

O‘zgaruvchan tokning chastotasini o‘zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o‘zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deyiladi.

Generatorlarda hosil qilingan kuchlanish ularning quvvatiga qarab turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari uzoq masofalarga elektr energiyasini uzatishda simlarning qizishi tufayli isroflar bo‘ladi. Bunday hollarda o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o‘zgartish zaruriyati tug‘iladi. Bu vazifani transformator deb ataluvchi elektr mashinasi bajaradi.

Transformator ikkita chulg‘am va o‘zakdan iborat. Kuchlanishni ko‘paytirib beruvchi transformatorni yuksaltiruvchi transformator, kamaytirib beruvchi pasaytiruvchi transformator deyiladi.

Yuksaltiruvchi transformatorda birlamchi chulg’am yo`g ` on simdan kam o‘ramli qilib yasaladi. Ikkilamchi chulg’am nisbatan ingichka simdan ko‘p o‘ramli qilib yasaladi.

Yuksaltiruvchi transformatorda n2>n1 va U2 > U1 bo`ldi. P asaytiruvchi transformatorda n2 n1 va U2 U1 bo‘ldi.

Transformatorda energiyaning aylanishi. Transformator birlamchi chulg‘amidagi ma’lum kuchlanishli elektr energiyani ikkilamchi chulg‘amdagi boshqa kuchlanishli elektr energiyaga aylantiradi.

Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida kuchlanish necha marta ort s a tok kuchi shuncha m a rt a kamayadi.

U – Birlamchi o ‘ ramdagi kuchlanish.
I – Birlamchi o ‘ ramdagi tok kuchi
U – Ikkilamchi o ‘ ramdagi kuchlanish
I – Ikkilamchi o ‘ ramdagi tok kuchi
T ransformasiya koeffisiyentini quyidagi formula bilan aniqlanadi.
k= yoki k=

bu yerda birlamchi va ikkilamchi galtakdagi o ‘ ramlar soni Transformatorning foydali ish koeffisiyenti

Takomil l ashgan transformatorlarning FIK juda yuqori bo‘lib, 99% tashkil etadi.
IV. Mustahkamlash: (15 minut)
Masalani yechish.

Birlamchi chulg‘amda 300 ta o‘ram bor. Agar transformatorning transformatsiya koeffits iy enti 15 ga teng bo‘lsa, yuksaltiruvchi transformatorning ikkilamchi chulg‘amida nechta o‘ram bo‘ladi?

Berilgan Formula Yechish 300. 15=4500

O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan ijodiy test savollari kadoskop orqali slaydda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar testni o‘qib, daftarlariga javobini belgilaydilar.

1. “Transformator- . asbob” . Gapni davom ettiring.
A) o‘zgarmas tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
B) o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
C ) o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilovchi
D) o‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartiruvchi
2. Transformatorning o zagi nima sababdan alohida listlardan yig‘iladi
A) mustahkamligini oshirish uchun
B) magnit kuch chiziqlarni to‘plash uchun
C ) magnit maydonini kuchaytirish uchun
D) isroflarni kamaytirish uchun
3. k 1 bo lganda . transformator deyiladi.
A) p asaytiruvchi B) yuksaltiruvchi
C ) chulg‘amli D) tok hosil qiluvchi

O‘quvchilar testning javobini topib bo‘lgandan so‘ng, o‘ qituvchi tomonidan testning javobi ekranda ko‘rsatiladi. O ‘ quvchilar bir-birlarining testini almashtiradi va tekshiradi. O ‘ qituvchi test savollari orqali hamma o ‘ quvchilarga reyting ball qo ‘ yadi.

V. O‘ quvchilarni rag batlantirish va baholash (3 daqiqa)
Dars yakunida o‘ quvchilar t o‘ plagan ballariga qarab ra g‘ batlantiriladi.
VI. Uyga topshiriq: ( 3 minut)
Mavzuni o‘qib kelish va savollariga javob yozib kelish.

Transformator (ishdan chiqqan) olib, uning chulg‘amidagi simlarni yeching va chulg‘amlardagi o‘ramlar sonini sanang. Transformatorning tuzilishini ko‘zdan kechirib, xulosalaringizni daftarga yozing.

Qiziqarli malumotlar
4 sinf matematika darslik 2018