3-dars — Javada oddiy dastur.

3-dars — Javada oddiy dastur.

3-dars - Javada oddiy dastur.

Eng birinchi oddiy dasturimizni yaratish uchun talab qilinadigan dasturlar
• JDK o’rnatiladi agar bo’lmasa, (
JDK ni yuklab oling va uni o’rnating) download the JDK and install it.
• dasturlash muhiti
eclipse yoki netbeans
• java dasturi yaratiladi

• dasturni compile (kompayl) qilinadi

class Simple{
public static void main(String args[]){
System.out.println("Hello Java");
}
}

Ekranda: Hello Java

class javada kalit so’z Simple klass nomi
public – murojaat huquqi
java dasturlash tilida 4 ta murojaat huquqi bor

1. public – biz yaratgan loyihamizda xohlagan paketdan murojaat qilishimiz mumkin

2. protected – faqat yaratgan paketimizdan murojaat huquqi

3. private – faqat klass ichida murojaat huquqi

4. default – boshlang’ich huquq

static — bu yaratgan funksiyamiz umumiyligini bildiradi;
void — bu funksiya qiymat qaytarmasligini bildiradi.
Dasturlashda funksiyalar ikki xil bo’ladi:

  • qiymat qaytardigan;
  • qiymat qaytarmaydigan void funksiyalar.

main – dastur ishlashi bilan main funksiyasiga murojaat qiladi

Foydalanish mumkin bo’lgan main funksiya ko’rinishlari:
1.
public static void main(String[] args)
2.
public static void main(String []args)
3.
public static void main(String args[])
4.
public static void main(String… args)
5.
static public void main(String[] args)
6.
public static final void main(String[] args)
7.
final public static void main(String[] args)
8.
final strictfp public static void main(String[] args)

Foydalanish mumkin bo’lmagan main funksiya ko’rinishlari:
1.
public void main(String[] args)
2.
static void main(String[] args)
3.
public void static main(String[] args)
4.
abstract public static void main(String[] args)

Compile (kompayl) vaqtida java fayl baytkodga o’giriladi

3 dars javada oddiy dastur 65e6193614026

Dastur bajarilish vaqtida sodir bo’ladigan jarayonlar

Runtime vaqtida nima sodir bo’ladi?

runtime vaqtida quyidagi qadamlar sodir bo’ladi

3 dars javada oddiy dastur 65e619370833d

  • Classloader : JVM (Java virtual mashinasi) ning quyi tizimi hisoblanadi va class fayllarni yuklash uchun ishlatiladi;
  • Bytecode Verifier: obyektga murojaat qilishdagi qonunlarni buzilmaganini kod qismlari uchun tekshiradi;
  • Interpreter: baytkodni o’qib ko’rsatmalarni amalga oshiradi.

Manba:

Umumiy Dasturlash
3-dars — Javada oddiy dastur.