28-sentyabr O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etilgan kun to’liq malumot oling
28-sentyabr O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etilgan kun
O’zbekiston Milliy bog’i, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy bog’i (Olmazor ko’chasi, 183 a-uy) – Toshkentning markaziy qismida joylashgan, O’zbekistondagi eng katta madaniyat va istirohat bog’i. Umumiy maydoni 45 gektar. Bog’ning bir qismi 1938 yilda yoshlar tashabbusi bilan, asosan, hashar usulida qurilgan va yoshlarga bog’liq nomlar bilan atalib kelingan. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bog’ obod qilindi va hozirgi nom bilan atala boshlandi. Keyinchalik kengaytirilib, butunlay yangi qiyofadagi bog’ bunyod etildi. Milliy bog’ Alisher Navoiy memorial majmui, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi, Madaniyat va san’at ko’rgazmasi saroyi, «Istiqlol” san’at saroyi, Abdulqosim madrasasi, «Navro’z” restorani, favvorali aylana hovuz, aylana shaklidagi sahna va amfiteatr bilan yaxlit uyg’unlik kasb etgan. Bog’dagi tabiiy past-balandliklardan oqilona foydalanib, so’lim maskan, ajoyib manzara yaratilgan. Ko’kalamzor (chinor, qarag’ay, terak, akatsiya, archa, tol, kashtan va boshqalar, maysazor va gulzorlar) xushmanzara ko’rinishga ega. Bog’ hududidan oqib o’tuvchi kanal unga 2 ta charxpalak o’rnatilgan) sun’iy ko’lni (sathi 9 gektar) suv bilan ta’minlaydi. Ko’lda 2 ta orolcha bor, ularga o’tish uchun 2 ta yoysimon ko’prik qurilgan, sohilida cho’milish oromgohi, qayiq bazasi joylashgan (dam oluvchilarga 20 ta katamaran, 10 ta qayiq, 2 ta motorli qayiq xizmat qiladi). Milliy bog’da shahar aholisi va mehmonlari dam olishi, hordiq chiqarishi uchun qulayliklar yatilgan: o’rindiqli 2 ta ochiq tomoshagoh, 10 ta attraksion, shaxmat – shashka pabil’oni, bolalar temir yo’li, kutubxona, ovqatlanish va salqin ichimliklar savdo shoxobchalari bor. Bog’da Navro’z (2000 yildan) va Mustaqillik (2005 yildan bayramlarning bosh tantanalari hamda xalq sayillari o’tkaziladi, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi.

Muhim sanalar

Related Posts