2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan joylarda barcha rahbarlar va mutasaddilar “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiorini dasturilamal qilib, maktab taʼlimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga yetakchilik qilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

Ingliz tili ish reja 8 sinf

Сайтда овозли ҳамкор мавжуд.

матнни тинглаш учун уни сичқонча билан танланг

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКAСИ
ВAЗИРЛAР МAҲКAМAСИ ҲУЗУРИДAГИ
ТAЪЛИМ СИФAТИНИ НAЗОРAТ ҚИЛИШ
ДAВЛAТ ИНСПЕКЦИЯСИ

Aхборот хизмати

  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар

Samarqand viloyati maktablariga taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amaliy koʻmak berilmoqda

5 декабр 2019

Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz raisligida joriy yil 23-avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda oʻqituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari mavzusida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida maktab taʼlimini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatish – jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga koʻtarilishi zarur ekanligi belgilandi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan joylarda barcha rahbarlar va mutasaddilar “Butun kuchni xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiorini dasturilamal qilib, maktab taʼlimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga yetakchilik qilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

Islohotlar samaradorligini taʼminlash, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qoʻllash ishlarini tashkillashtirish maqsadida turli vazirlik va idoralar mutasaddilaridan tarkib topgan Respublika Ishchi guruhlari tuzilib, ikki oydan buyon barcha hududlarda faoliyat olib borishmoqda.

Xususan, Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Samarqand viloyati boʻldi.

Mazkur ishchi guruh tarkibidagi Taʼlim inspeksiyasi vakillari tomonidan viloyatdagi maktab oʻqituvchilariga doimiy metodik xizmat yoʻlga qoʻyish, zamonaviy dars oʻtishda ilgʻor texnologiyalarda foydalanish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish maqsadida uchrashuvlar va mahorat darslari oʻtkazilmoqda.

Dastlab, Samarqand viloyati Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazida yigʻilgan ishchi guruh aʼzolari viloyatda taʼlim sifati oshirish boʻyicha ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish va tayanch maktablarda Samarqand davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish hududiy markazi oʻqituvchilari ishtirokida mahorat darslari oʻtkazish boʻyicha rejalarni belgilab olishdi.

Rejaga muvofiq, 4-dekabr kuni Oqdaryo tumanidagi 41-sonli hamda Payariq tumanidagi 53-sonli umumtaʼlim maktablarida “Oila-mahalla-maktab-oliy oʻquv yurtlari” hamkorligini mustahkamlash pirovard maqsadimiz” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov, Payariq tuman hokimi Dilshod Musinov, Oqdaryo tuman hokimi Feruz Abilov, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Saidaxmat Usmonov, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy boʻlimi boshligʻi Rustam Yuldashev, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari, viloyatdagi 34 ta tayanch maktablarning fizika, ximiya, geografiya, biologiya, matematika, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining fan metodistlari, Samarqand davlat universiteti hamda hududiy malaka oshirish markazi professor-oʻqituvchilari, xalqaro tadqiqot dasturlari boʻyicha hududiy trenerlar ishtirok etdi.

Tadbirlarda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi tomonidan Ishchi guruh aʼzolari va masʼullarga islohotlar samaradorligini taʼminlash, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qoʻllash ishlarini tashkillashtirish, umumtaʼlim tizimidagi oʻquv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish maqsadida, mahalliy oliy taʼlim muassasalarini tegishli maktablarga metodik yordam nuqtayi nazaridan biriktirish asosida maktab-oliy taʼlim muassasasi hamkorligini yoʻlga qoʻyish, maktablarning 9-11 sinf oʻquvchilari bilan seleksiya ishlarini amalga oshirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etish boʻyicha tegishli vazifalar berildi.

Mahalliy hokimliklar bilan boʻlgan muloqotda maktablarda mavjud moddiy-texnik taʼminotga oid muammolar koʻtarildi, ularni bartaraf etish boʻyicha hokimliklar tomonidan yordam koʻrsatib borishga kelishib olindi. Uchrashuvlarda maktab direktorlari mavjud muammoli holatlar boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uchrashuvlardan soʻng xalqaro tadqiqot dasturlari boʻyicha mahorat darslari tashkil etilib, Samarqand davlat universitetining professor-oʻqituvchilari hamda hududiy trenerlar fizika, ximiya, geografiya, biologiya, matematika, ona tili va adabiyot fanlari oʻqituvchilari uchun 8-sinf mavzulari boʻyicha dars oʻtib berishdi.

Mazkur mahorat darslari Samarqand viloyati tuman (shahar)lar miqyosida joriy yilning 9-dekabrigacha davom etadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Matbuot xizmati

2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.

Prezident yurtimizda bir qator yutuqlarga erishilganini, хususan, keng koʻlamli va samarali islohotlar natijasida mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor $80 mlrd dan oshganini qayd etdi. Shu yilning oʻzida iqtisodiyotimizga $8 mlrd toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar jalb etilgan, eksport esa $19 mlrd ga yetgan.

Vazirlik va idoralar sonini ikki baravardan ortiq – 28 tagacha, shuningdek davlat хizmatchilari sonini 30−35%ga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, vazirlar va hududlar rahbarlariga qoʻyiladigan talablar oshiriladi. «Qoʻl boshqaruvi»dan iхcham va samarali davlat boshqaruvi tizimiga oʻtiladi.

2023 yilda tayyor mahsulotlarni eksport qilish hajmini qoʻshimcha $4 mlrd ga oshirish vazifasi qoʻyilmoqda. Toʻqimachilik, elektr teхnika, charm poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlarni yetkazib berish hajmi kamida ikki baravar oshiriladi.

«Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi oʻz samarasini bermoqda. Bir yil ichida qariyb 2 mingta tadbirkor ilk bor хorijiy bozorlarga chiqdi. Keyingi yilda eksport qiluvchilarning transport va boshqa хarajatlarini qoplash amaliyoti davom ettiriladi.

Respublikada uy-joylar qurish hajmi 1,5 baravar oshiriladi. Bundan tashqari, fuqarolarni munosib uy-joy bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi qoida mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilishi mumkin.

Ipoteka dasturi doirasida birinchi navbatda turar joyga ehtiyoji bor yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi.

Jamoat transporti sohasidagi vaziyat tubdan oʻzgartiriladi. Toshkent shahri uchun 1 000 ta avtobus sotib olish va 7 ta yer usti metro stansiyasini ochishdan tashqari, 2023 yilda hududlar 1 000 ta avtobus oladi.

Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida (6 km dan koʻp) gaz qazib chiqarish ishlari boshlanadi, qidiruv ishlariga yirik хorijiy investorlar jalb qilinadi. Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta koʻrib chiqiladi.

Tariflar bosqichma-bosqich bozor narхlariga oʻtkaziladi. Soʻnggi olti yilda Oʻzbekiston aholisi soni 13%ga oshdi, sanoat korхonalari soni esa – 2 baravar, 45 mingtadan 100 mingtaga yetdi. Natijada elektr energiyasiga boʻlgan talab kamida 35%ga oshib, yildan-yilga ortib bormoqda.

Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun energetika sektoriga $25−30 mlrd sarflash zarur. Faqat хususiy investitsiyalarni jalb qilib, bunga erishish mumkin.

Yil boshidan buyon 1 500 MVt quvvatga ega 7 ta elektr stansiyasi ishga tushirildi. Keyingi yilda 4 500 MVt quvvatga ega 11 ta yirik loyiha yakunlanadi.

Buхoro, Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida quriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga qoʻshimcha 14 mlrd kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobiga aholiga elektr energiyasi uzatish hajmi 50%ga oshiriladi.

Prezident murojaatnomada ajratilayotgan mablagʻlar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sugʻurtasiga oʻtish tezlashtirilishini qayd etdi. Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida ishga tushiriladi, soʻng bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.

19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E’LON QILINDI!

19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E LON QILINDI !

Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 21 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon, Bel a rus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Qirg’iziston, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya, Qozog‘iston, Germaniya, Peru, Misr, Ukraina) 1238 nafar o‘quvchilar (matematika fanidan – 515 nafar, fizika fanidan – 341 nafar, informatika fanidan – 382 nafar) ishtirok etdi. Mazkur xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchi yoshlar 5 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ularning 10 nafari (4 ta kumush, 6 ta bronza) Agentlik tizimidagi maktablarning o‘quvchilarini tashkil qiladi.

O‘quvchilarimiz bilan tanishing:

FIZIKA FANI BO‘YICHA:

Sultonov Javohir Xurshidovich — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek maktabining 11-sinf o‘quvchisi bronza medali;

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA:

Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li — Andijon viloyati, Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi bronza medali;

Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li — Namangan viloyati, Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi bronza medali;

Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi bronza medali;

MATEMATIKA FANI BO‘YICHA:

Raxmatov Anvar Zufarjonovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi kumush medali;

Ortiqov Yusufjon Shamshodovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi bronza medali;

Suyunova Madina Muhiddin qizi — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, bronza medali;

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son Qaroriga muvofiq mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadalari uchun o‘tkaziladigan saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi hamda o‘rnatilgan tartibda g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan.

Yuqoridagi xalqaro Jautikov olimpiadasi ham mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi.

Ingliz tili ish reja 8 sinf

Talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, 205 yevro miqdorida oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Foto: Wikipedia

Avstriya hukumati bakalavriatura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda barcha mamlakatlardan nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin, faqat yosh chegarasi 35 yoshdan oshmasligi kerak.

Dastur doirasida faqat uchta yo‘nalish bo‘yicha ariza berish mumkin:

  • mehmonxona menejmenti;
  • turizm menejmenti;
  • tadbirkorlik yoki o‘qituvchilar malakasini oshirish moduli.

Barcha arizalar bevosita institutga pochta orqali jo‘natilishi kerak. ariza shaklini bu yerdan yoki Avstriya elchixonalari va konsulliklaridan olish mumkin.

Arizalarni ko‘rib chiqishda quyodagilar inobatga olinadi:

  • anketaning to‘g‘ri va tushunarli tarzda to‘ldirilganligi;
  • barcha kerakli ma’lumotlar mavjudligi va barcha kerakli hujjatlarning ilova qilinganligi;
  • ishlayotgan elektron pochta manzili, telefon va faks raqamlarini kiritganlik — chunki bular aniq kiritilmasa ariza bekor qilinishi mumkin;
  • nima uchun stipendiyaga topshirganini faktlar bilan ko‘rsatish.

Kechiktirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi hamda qabul qilish uchun barcha talablarni taqdim etish kerak. Faqat tegishli arizalar ko‘rib chiqiladi.

Qabul qilingan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, oylik 205 yevro miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, tibbiy sug‘urta, ovqatlanish hamda sayohat xarajatlari qoplab beriladi.

Arizalarni joriy yilning 31-martigacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Ruminiya hukumati barcha darajalar uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Qiziqarli malumotlar
2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili