2022 yilda Vue.js-ni o’rganish: Dasturchi uchun yo’l xaritasi
Vue.js-ni o’rganishni boshlash uchun biz sizga xarita taqdim etamiz , siz ushbu xaritada berilgan texnologiyalarni ketma-ket o’rganish orqali Vue ni o’z Hard Skillar’ingiz ro’yhatiga qo’shib olihsingiz mumkin. Sodda , o’rganish uchun oson va shu bilan bir qatorga juda yengil , reaktiv freymvork hisoblangan Vue yangi Front-End dasturchilar uchun qo’l keladi.
2022 yilda Vue.js-ni o’rganish uchun yo’l xaritasi:
Avvalo, Vue.js rasmiy veb-saytiga (bir nechta tilda yozilgan) tashrif buyuring: u yerda siz o’qish davomida paydo bo’ladigan aksariyat savollarga javob topasiz. Keyinchalik, freymvork bilan samarali ishlashingizda kerak bo’lgan vositalar va texnologiyalarga o’ting.
Bular:
- Loyihani yig’ish (webpack)
- Stilizatsiya
- Holat boshqaruvi
- Turlarni tekshirish
- API
- Marshrutlash
- Yordamchi kutubxonalar
- Testlash
- i18n
- Desktop
- Server renderingi
Loyihani yig’ish (webpack) — NPM yoki Yarn kabi loyida qatnashgan barcha fayllarni to’plash ularni birlashtirish , ishga tushirish, yangilarnini o’rnatish kabi paketlar boshqaruvi — Menedjerlarni o’rganing.
Bundan tashqari Vue bizga Vue-CLI kabi alohida yig’uvchi menedjerni ham taqdim etadi va bu boshqa alternativ yechimlardan ko’ra ancha yaxshi variant . Sizga ham aynan shuni o’rganishinigizni maslahat beramiz.
Stilizatsiya — bu har qanday front-end dasturchi uchun juda muhim insturment hisoblanib siz ham Sass/PostCSS, CSS preprotsessorlar va TailWind CSS larda bilim va ko’nikmalaringizni kengaytiring.
Holat boshqaruvi — Vue da komponentlarda va umumiy holatni tekshirishni , Composition API kabi narsalarni bilishingiz zarur. Bu haqida Google lab ko’rishni maslahat beramiz.
Turlarni tekshirish — komponentlar orasida almashilaniladigan ma’lumotlarni tekshirish. Bu narsa Vue loyihangizni muayyan bir usulda aniq turlarga tayangan holatda ishlashini ta’minlaydi. Dasturlashda turlarni tekshirish va aniqlik juda muhim.
API — ga kelsak bunda endi hammasi standart ko’rinishda. REST, Fetch,Axios kabilarni bilish talab etiladi.
Marshrutlash — Vue-router, bu Vue ning rasmiy marshrutlash (foydalanuvchilarni yo’naltirish) bilan shug’illanadigan kutubxonasi.Yengil va yechimlari juda oson bo’lgan ushbu kutubxona sizga foydalanuvchilaringizni oson sahifadan sahifaga yo’naltira olishingizni ta’minlaydi.
Qo’shimcha kutubxonalar — siz ishimiz qilayotgan loyihamiz masshtabiga qarab qiyinlashishi mumkin.Muammoga qarab uni yehcimiga mos kutubxonani ishlatish unga o’zimiz yechim yozishimizdan ko’ra ma’qulroq.
Testlash — Vue Test Utils — rasmiy testlash uchun ishlatiladigan kutubxona.Loyihangizni uzluksiz stabil ishlashini ta’minlash maqsadida uni testlab (tekshirib) borishingiz kerak. Har qanday dastur albatta testlanishi kerak.Bu bilan bir qatorda end-to-end testlash haqida ham o’qing.
i18n — ko’p millatli dasturlar yozish, dasturni boshqa tillarda ham ishlashini ta’minlash. Ko’plab mintaqalardan dasturni ishlata olishini ta’minlash. Vue I18n — plagini Vue ilovangizni oson tarzda ommalashtirishingizga ko’maklashadi.
Desktop — Agar Vue orqali kompyuterlarga GUI (Grafik foydalanuvchi interfeyslari) hosil qilishni istasangiz u holda siz Electron fraymvorkini o’rganishingiz kerak bo’ladi.
Server renderingi — Progressive Web Applications (PWA) kabi Vue o’z chamadonida olib yuradigan steklar sizga ko’p yuklamalik katta loyihalarni serverda komonentlarga bo’lgan holda ishlatish imkoni beradi. Albatta buni ham bilib qo’ygan yaxshi.
Rasmda berilgan narsalarni puhta o’rganish orqali siz Vue ni yana ham yaxhsi tushinishni boshlaysiz. Boshqa Javascript freymvorklarga nisbatan ko’p muaommalarda Vue da keltirilgan yechimlar sizni befarq qoldirmaydi.Vue ni boshqa Javascript freymvorklari bilan solishtirilgan ma’lumotlarni uning rasmiy saytida ham topishingiz mumkin. Vue ni boshlashingiz bilan u sizga yoqib qoladi degan umiddamiz.
Umumiy Dasturlash
2022 yilda Vue.js-ni o’rganish: Dasturchi uchun yo’l xaritasi