2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Telegramdagi Troll.Uz kanali misolida

2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Telegramdagi Troll.Uz kanali misolida

2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Telegramdagi Troll.Uz kanali misolida

2019-yil menga Telegram uchun qo’shimcha raqam kerak bo’lib qoldi va operatorga bog’lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so’radim, ishlatilganidan bo’lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so’rashdi, farqi yo’q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko’rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo’shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan 😈. Akkauntga kirib ko’rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. «Test» deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo’lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o’zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo’ldim 😇, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo’shimcha admin sifatida qo’shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko’rib, o’zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o’tdi, xabarim o’qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e’tiborni o’zimga tortish uchun, birinchi bo’lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o’zimda qolishi va akkauntni o’chirib bo’lmasligi uchun, keyin kanalga do’stlarim bilan hazil sifatida «Hacked» degan GIF va «Troll ni troll qilish maza ekan» degan postlar qoldirdik 😁, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o’chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o’chirishni o’ylab ham ko’rishmadi. O’ylab ko’rishganda esa, menda to’liq Troll uzga tegishli xabarlar yig’ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz.

Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o’zim uchun to’g’ri deb bilgan yo’lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o’zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun 🕵️♂️, Minskga bo’lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o’zim noqonuniylik ko’rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo’llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko’tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o’tkazib olishlarini so’radim. Aka rozi bo’ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o’zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to’liq ism familyam bor 😂. Anonimlik yoqoldi, o’zimni yana bir tanishtirdimda akkauntni qaytarib berib raqamni o’zimda saqlab qoldim. Umid aka ham rahmat aytib jimgina tinchib ketdilar.

Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma’lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo’l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo’shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo’lini tutaman. O’zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo’lsa ham shunday tasodif bilan ko’p narsangizni yoqotib qo’yishingiz mumkin.

Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan 👇

P.S. Meni o’rnimda bo’lganingizda siz qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz?

2 faktorli autentifikatsiyaning foydasi telegramdagi troll uz kanali misolida 661f0f4ca41c0

2 faktorli autentifikatsiyaning foydasi telegramdagi troll uz kanali misolida 661f0f4d2fb3c

2 faktorli autentifikatsiyaning foydasi telegramdagi troll uz kanali misolida 661f0f4d93f2e

2 faktorli autentifikatsiyaning foydasi telegramdagi troll uz kanali misolida 661f0f4e1358c

2 faktorli autentifikatsiyaning foydasi telegramdagi troll uz kanali misolida 661f0f4e75731

2 faktorli autentifikatsiyaning foydasi telegramdagi troll uz kanali misolida 661f0f4f1485a

Manba:

Xavfsizlik
2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Telegramdagi Troll.Uz kanali misolida

Оставьте комментарий