13-iyul Los-Andjeles tog’ tepaligida “Hollywood” mashhur yozuvi paydo bo’lgan to’liq malumot oling

13-iyul Los-Andjeles tog’ tepaligida “Hollywood” mashhur yozuvi paydo bo’lgan to’liq malumot oling

1923-yil 13-iyulda Mauntli tog’larida, Kaliforniya tepaligida Hollywood yozuvi paydo bo’ldi. Ilk bor yozuv «Hollywoodland” deb yozilgan. Yangi iste’qomat qilinadigan rayonning reklamasi hisoblangan va kino sanoatiga hech qanday aloqasi bo’lmagan. Biroq tez orada sayohatchilarni o’ziga jalb qilgan. Ushbu yozuv buyurtmachisi «Los-Andjeles tayms” nashriyotchisi Garri Chandlerga 21 ming dollarga tushgan. «Hollywoodland” so’zi kechalari elektr lampochkalari bilan yoritilib turardi, kunduzlari esa oq harflar 46 km oralig’da ko’rinib turardi. «Hollywoodland” ni reklama qilish muddati yarim yilga mo’ljallangan edi, biroq yozuv o’z joyida hali ham qolgan. 1949-yilda yozuv qayta ta’mirlandi va ohirgi to’rtta harflar olib tashlandi. O’sha vaqtlardayoq Hollywood Los-Andjeles va butun ko’ngilochar, sanoatlarning belgisiga aylanib ulgurgan edi. Yozuv haqida qayg’urishni Gollivud savdo palatasi o’z yelkasiga oldi. 1973-yilda yozuvni milliy tarixiy haykal deya e’tirof etishdi. O’sha yillarda Hayriya fondi boshqaruvchisi, «Playboy” jurnalining asoschisi Hyu Hefner yozuvning ta’mirlanishiga mablag’ ajratadi. 1978-yil noyabr oyida yangi 15 metr balandlikka va 12 metr kenglikka ega bo’lgan yozuv paydo bo’ldi. Har bir harfning tayyorlanishiga 27,5 ming dollar sarflangan. Shundan buyon barcha qayta tiklash ishlari hayriya fondlari yordami ostida bajariladigan bo’ldi.

Muhim sanalar
13-iyul Los-Andjeles tog’ tepaligida “Hollywood” mashhur yozuvi paydo bo’lgan