12-dars — Javada nomlash konsepsiyalari.

12-dars — Javada nomlash konsepsiyalari.

12-dars - Javada nomlash konsepsiyalari.

Universitetni tamomlab endigina ish boshlagan paytlarimizda nomlash konsepsiyalari – klass’lar, metodlar(funksiya), o’zgaruvchilar, constantalar nomlanish standartlari to’g’risida amaliy tasavvurga ega emas edik. Dastur tuzish davomida standart nomlar muhim emas deb hisoblardik, chunki dastur ishlashi uning nomiga bog’liq emas edi. Ishlash jarayonida ustozlarim vaqtlari, bilimlari va albatda asablarini ayamasdan standart nomlash, kodlarni chiroyli yozish (kodlarni formatlab yozish) usullarini o’rgatishdi. O’rganganlarim asosida tayyorlagan maqolani sizlarga havola etmoqchiman.

Dastlab nomlanish standartlari nima uchun kerakli ekanini bilib olishimiz kerak. Odatda katta dasturlar dasturchilar jamoasi bilan yoziladi. Siz yaratgan klass’larni, o’zgaruvchilarni, funksiyalarni va boshqalarni bir qarashda nima vazifa bajarishini va u nima ekanligini jamoaning har bir a’zosi oson tushuna olishi va undan bemalol foydalanishi uchun kerak. Agar dasturni bir o’zingiz yozgan taqdirda ham, dasturingiz kattalashib ketsa yaratilgan klasslar, o’zgaruvchilar nima vazifa bajarishini yoddan ko’tariladi. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida nomlash standartlari ishlab chiqilgan.

Nomi

Nomlanish satandarti

Class Bosh harflar bilan boshlanadi va ot so’z turkumida bo’lishi kerak.

Misol: Color, Employee, Button va h.k

Interface Bosh harflar bilan boshlanadi va sifat so’z turkumida bo’lishi kerak.

Misol: Runnable, Remote, ApplicationListener

Method Kichik harflar bilan boshlanadi va fe’l so’z turkumida bo’ladi kerak.

Misol: main(), action() , print() va h.k

O’zgaruvchilar Kichik harflar bilan boshlanishi kerak. Misol: firstName, lastName va h.k
Paket Kichik harflar bilan yoziladi. Misol: util, java, sql, gwt va h.k
Constant’lar Bosh harflar bilan yoziladi. Misol: YELLOW, MAX_NUMBER va h.k

CamelCase nomlash standarti Javada CamelCase nomlash standartidan class, metod, o’zgaruvchi, constant, interface’larni nomlashda foydalaniladi. Bu uslub ikkita so’zni bir biridan ajratib turadi. Bunda ikkinchi so’z har doim bosh harf bilan boshlanadi. Misol: actionPerformed(), firstName, ActionEvent, ActionListener, …,

Manba:

Umumiy Dasturlash
12-dars — Javada nomlash konsepsiyalari.