10 sinf ma’naviyat soati
Adabiyotlar 622452 ta
So‘nggi hafta o‘zbek internet segmentida «Ma’naviyat» so‘zi juda urf bo‘ldi. Ma’naviyat va «Ma’naviyat» istovchilari hamda istamovchilari ikki taraf bo‘lib, maqola, munosabatlar bildirdilar. «Ma’naviyat» va uning oqibatlari haqida o‘z shaxsiy fikrini bildirgan Nikita Makarenkoga «lofchi”dan tortib «xalq dushmani”gacha turli ayblovlar «yopishtirildi».
Otaxon nashrimiz O‘zA katta qovun tushirdi. «Hurmatli Nikita Makarenko, siz bir marta bo‘lsa-da, Toshkentdagi dam olish xiyobonlariga borganmisiz o‘zi? Umuman, tungi Toshkentni ko‘rganmisiz?» deya jurnalistni so‘roqqa tutarkan, Nikitaning kechki poytaxtni sayr qilayotgan rasmini «bilmasdan» berib yubordi.
«Ma’naviyat”ga nisbatan antipatiya milliy nashrlarimiz va jurnalistlarni bu qadar uyg‘otib yuborishini bilmagan ekanman. «Ma’naviyat» Toshkentni barbod qiladimi”ga turli munosabatlar bildirildi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati «Siz ham qaysidir davlatga borsangiz, tungi o‘ndan keyin ko‘chada yurmaysiz» degan vaj ila Toshkentning tungi manzaralarini mehmonxona derazasidan tomosha qilishni taklif etdi. Farg‘onalik muxbir shahardagi azim chinorlarning kunpayakun qilinishidan ham fazilat qidirib «ilgari tor yo‘laklarda chinor bargi xazonlarini ko‘rishga ko‘nikib ketgan ko‘zlar bugun yaratuvchilikning yorug‘ izlaridan yayramoqda» deya Farg‘onaning tungi manzarasini tomosha qilishga chaqirdi.
Ba’zi munosabatlarda maqola qolib muallifning shaxsiga e’tibor qaratildi. Millatchi kommentlar ham bo‘ldi. O‘zA va Qalampir.uz‘da Makarenko postiga qarshi e’lon qilingan munosabatlar (maqola deb bo‘lmaydi) ham bir yoqlamali, noprofessional, quruq tuyg‘u bilan ifodalangan.
«Ma’naviyat» (معنوىات) so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, odob-axloq majmui degan ma’noni bildiradi. Mustaqillikkacha bo‘lgan o‘zbekcha lug‘atlarda bu so‘z yo‘q. «Ma’naviy» so‘zi ishlatilgan, lekin ot sifatida «ma’naviyat» so‘zi 1981 yili chiqqan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham mavjud emas. 2006 yili chiqqan yangi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da «ma’naviy» so‘zi izohida «ma’noviy, aqliy, axloqiy, MAVHUM» ta’rifi ham keltirilgan.
«Ma’naviyat» so‘ziga katta ehtiyoj Mustaqillikdan so‘ng sezildi. G‘oyaviy jihatdan ham nochor bo‘lgan xalqning ehtiyojini qondirish juda zarur edi. Ma’naviyat bu borada juda yaxshi ma’naviy ozuqa edi. O‘z tarixi, ilm-fani, qadriyatlariga tashna xalq uchun Ma’naviyat g‘oyasining singdirilishi uning uyg‘onishida yaxshi natijalarga olib kelgan.
Ma’naviyat — oliy axloqiy tushunchalar majmui. Lekin har qanday vaziyatda, har qaysi holatda ham ma’naviyatni ustun qo‘yish, ma’naviyatsizlikni sabab qilib ko‘rsatish yaramaydi. Har kuni asal yeyaversangiz, bir haftadan so‘ng me’dangizga tegadi. Masalan, bolaning xato (jinoyat) qilishiga har doim ham uning va oilasining ma’naviyatsizligi sabab bo‘lavermaydi. Ma’naviyat uchun avval sharoit yaratiladi. So‘ng talab qilinadi.
Nikita fikrlash va so‘z erkinligi konstitutsion huquqidan foydalanib, so‘zini aytdi. Men Nikitaning «Ma’naviyat, bu — yolg‘on konsepsiya, adashish» degan fikriga aslo qo‘shilolmayman. «Yurtimizda iqtisodiyotni siyosatdan ustun qo‘yishdi. Iqtisodiyotni ma’naviyatdan ustun qo‘yish vaqti ham keldi. Nima taqiqlanmagan bo‘lsa, barchasiga ruxsat bering» degan fikri esa yoqdi. «Ma’naviyat”ni sabab qilib inson huquqlarining cheklanishiga qarshiman.
2017 yilning 1 yanvar tunida Istanbuldagi Reina tungi klubida o‘zbek millatiga mansub jinoyatchi 39 kishini halok qilib, 40 nafardan ortiq kishini yaraladi. Voqea butun dunyoda shov-shuv bo‘ldi. Lekin shu sabab bilan Turkiyada tungi klublar yopilgani yo‘q (yoki ularga tunda ishlash uchun alohida litsenziya olish taklifi berilgani yo‘q).
Turkiya xuddi biz kabi dunyoviy davlat. Istanbulda tungi klublar bilan birga diniy madrasalar ham bemalol faoliyat yurityapti. Tungi klubga boradiganlar namoyishga chiqib, masjidlar, madrasalar yopilsin demayapti. Yoki dindorlar chiqib, «tungi klublar bolalarimizni o‘ziga chorlab, ularni buzib yubormoqda. Mana, 39 vatandoshimiz o‘lib ketdi, zudlik bilan tungi klublar yopilsin!» deya namoyish qilishmayapti.
Agar oilaviy ma’naviyat, tarbiya yaxshi shakllangan bo‘lsa, ota-ona o‘zi ham bunga amal qilsa, bola hech qachon ota-onasi yomon deb o‘ylagan yo‘lga yurmaydi. Men biron marta tungi klub, diskotekaga bormaganman. Ota-onam, ustozlarim bergan tarbiya orqali u yerga borishga ehtiyojim yo‘q. Inshaalloh, bolalarimdan ham ko‘nglim to‘q, xavotirim yo‘q.
Voyaga yetmagan farzandimning rasmiy maktabda, ustozda Qur’on ta’limi olishiga ehtiyojim bor. Qizim ertaga maktabga borsa, o‘zi xohlagandek kiyinishini istayman. Bu mening huquqim.
Asossiz taqiqlarni yomon ko‘raman. Taqiqlarga ko‘nikib qolgan jamiyat ertaga kundalik haq-huquqlari man qilinsa ham befarq qarab turaveradi.
Ma’naviyat — yaxshi tushuncha. Lekin uning targ‘ibotchilari ma’naviy yetuk bo‘lmasa, hayotda, amalda teskari harakat qilsa — undan ortiq yomonlik yo‘q. Asalning shirinligini doim ta’kidlash shart emas. Zero, uni hamma biladi. Tomoqni zaxalamaydigan qilib, vaqtida, kerak paytida yetkazilsa, bas.
Adabiyotlar 622452 ta
Videodars 982 ta
Audiokitob 2205 ta
MA`NAVIYAT
Rate this item
MA`NAVIYAT (arab. ma`naviyat – ma`nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, estetik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. M. mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadi. Odamzod paydo bo`lib, ko`p ming yillik taraqqiyot jarayonida o`zini o`rab olgan tabiatni, turli hodisalar, voqealar, hayotiy jarayonlarni kuzatgan, ularning sabablari va qonuniyatlari to`g`risida mushohada qilgan, turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan. M. insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo`shadigan, idrok va akl-zakovatini kengaytiradigan va mustahkamlaydigan vositadir. M. va ma`naviy boyliklar, qadriyatlar davlatning, xalqning, millatning, jamiyatning, har bir shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o`rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning quch-qudratidir. U yo`q joyda hech qachon baxt-saodat bo`lmay-di, deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov. Mustaqillik davri milliy istiqlol M.ini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o`z-o`zini anglash, milliy his-tuyg`ularni, g`ururni, vatanparvarlikni o`stirish va mustahkamlash bilan bog`liqsir. Mustaqil O`zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a`zolarining, har bir shaxs va ayniqsa, yoshlarning ma`naviy kamoloti, istiklol g`oyalarining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chuqurroq singishiga bog`liqdir. Mustaqil taraqqiyot yo`lida milliy ong va milliy o`z-o`zini anglash ma`naviy kamolotning asosiy negizidir. O`zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o`z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo`lagi ekanligini anglashi – milliy M. va ongning tarkibiy qismidir. Ammo, bu oddiy haqiqatni tushunish va tushuntirish nechog`lik murakkab ekanligini shundan ham anglasak bo`ladiki, yaqin o`tmishda hukmron bo`lgan mafkura M.ni, uni o`rganishni, tadqiq etishni nokerak, noo`rin va umuman zararli ish deb qaragan. Chunki, har bir millatning o`z M.ini aniqlashi, bilishi va o`z akl-farosatinin, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi millatni mustahkamlaydi, uning o`ziga bo`lgan e`tiqod va qadr hissini boyitadi. Bu esa istibdod davridagi hukmron mafkuraga zid edi. Ana shu sababli ma`naviyat so`zi tilimizdan siqib chiqarilayotgan edi. M.imiz O`zbekistonning porloq kelajagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganini, xalkimizda yuksak insonparvarlik qadriyatlari tiklanayotgani va takomillashayotganini ifodalovchi o`ziga xos dunyoqarashdir. M. sohasida mustaqil O`zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi M.imizni boyitish va mustahkamlashdir. M. istibdod yillarida har jihatdan kamsitildi va tanho hukmron mafkuraga bo`ysundirildi. Oqibatda, mas., o`zbek xalqi tasavvuf falsafasini va uning mashhur namoyandalarini o`rganishdan mahrum edi. Huquq sohasida esa Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining huquqshunoslik borasidagi buyuk xizmatlari inobatga olinmadi, axloqiy qarashlar va ijtimoiy falsafaga tegishli chuqur mazmunli asarlar bir tomonlama yoritiddi va h.k. Bularsiz M.imiz kemtik bo`lib, to`laqonli emasdir. M.imizning bor kuchi, mazmunining chuqurligi va rang- barangligini, uning ko`hna tarixning qa`riga singib borganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to`la ravishda ko`rsatmoq uchun Avesto va zardushtiylik ta`limotidan, axloqi va musavvirlik san`atidan boshlab, Forobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlargacha, uning butun bir zanjirini, tevaragidagi novdalarini qamrab turadigan yaxlit silsilani yaratmoq zarur. Ilg`or millat va rivojlangan davlat bo`lishning zaruriy shartlaridan biri – boy, sermazmun M.ga ega bo`lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg`or bo`lish jamiyat norasoligining xolis ko`rsatkichidir. Shu sababdan Prezident I.A.Karimov M. va ma`rifatni ko`tarish, targ`ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyib, har bir fuqaroning yuksak ma`naviy darajasini ta`min etishni eng dolzarb masalalardan biri, deb qayta-qayta uqtirmoqda. Bu borada Prezidentning “YUksak ma`naviyat – yengilmas kuch asari” alohida mavqega ega. Ma`naviyat va ma`rifat sohasida eng jiddiy tadqiqotlar olib borilishi, O`zbekiston xalqining, o`zbek millatining ma`naviyati nimadan iborat, uning tarixi nimadan va qachon boshlangan, ma`naviyatning qaysi sohalari hozirgi davrda va nima uchun katta ahamiyatga ega, M.imiz qanday qilib boyimoqda va xalqaro miqyosda qanday o`rin tutadi, uning xalqaro miqyosda salmog`ini orttirmoq uchun har birimiz nima qilmog`imiz kerak, – ana shu kabi savollarga jamiyatshunos olimlarimiz, hozirgi o`tish davrining talablarini ko`zda tutib, javob berishlari kerakligi dolzarb vazifalardan biridir. MA`RIFAT (arabcha arafa – bilmoq so`zidan) – ta`lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g`oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o`stirishga qaratilgan faoliyat. M. tushunchasi ma`naviyat va madaniyat tushunchalari bilan chambarchas bog`langandir; M. tarixi jamiyat tarixining ajralmas qismidir. M. haqida ko`plab fikrlar bildirilgan. So`fiylar nazarida tariqatning davomi va hosilasi M.dir. U fikrdan o`zib ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. M. ilmi botiniy deb ham yuritilgan. Chunki, tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo`shib, uni zohiriy ilmlar deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, faqat zohiriy ilmlar bilan xudoni bilish qiyin. Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo`lsa-da, lekin Allohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak. Ma`rifat haq tomonidan yuboriladi. Bu mening fikrim emas, balki ilohiy ilhomdir, deb yozadi Ibn al-Arabiy. O`zbekistonda M. sohasidagi ishlar o`z tarixiga ega. 1917 yilga qadar islom hukmron mafkura bo`lib kelgan davrda, maorif muassasalari asosan uch turdagi diniy maktablar: ibtidoiy maktablar, madrasa va qorixonalar shaklida mavjud edi. YAqin vaqtlarga qadar ilmiy adabiyotlarimizda inqilobdan oldingi O`rta Osiyodagi maktablar tahliliga jo`n yondashib kelingandi. Vaholanki, bu maktablar mintaqada mavjud bo`lgan davlatlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish muassasalarining tarkibiy kismi bo`lib kelgandi. Inqilobdan keyingi dastlabki yillarda maorif qurilishi va islohoti borasida ish olib borilar ekan, o`zbek maktabi qonuniy ravishda ona tilida o`qitish huquqiga ega bo`ldi va har jihatdan o`sa boshladi. Lekin, bu maktablar mohiyatan sho`rolar siyosatiga xizmat qildi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng ilm-ma`rifatga katta e`tibor berilayotir. Xalq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari keng miqyosda faoliyat ko`rsatmoqda. YAngi litsey, kollej va maktablar bunyod etildi. Hozir xorijiy tillarni o`rganishga katta ahamiyat berilayotir. Rivojlangan mamlakatlarning nufuzli universitetlariga zamonaviy ilmlarni o`rganish uchun qobiliyatli yoshlar yuborilmoqda. Prezident I.A. Karimov farmoni bilan Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazi tuzildi, bu tashkilot davlatimizdagi barcha M., madaniyat va ma`naviyat homiylarini o`z atrofiga jipslashtirib, M. ishini yangi pog`onaga ko`tarmoqda. 1917-1936 yillarda maorif sohasida birmuncha ishlar bajariddi, butun O`zbekiston maktablar, savodsizlikni tugatish to`garaklari, o`qituvchilar tayyorlash texnikumlari, bilim yurtlari va institutlari bilan qamrab olindi. Ammo butun ma`rifat ishi millatlar va milliy tillarni qo`shib yuborish vazifasini bajarishga safarbar qilindi. 30-yillarning o`rtalarigacha maktablar, o`quv yurtlari istibdod mafkurasini, ya`ni kishilarning ong-bilimini, madaniyatini hukmron tizim ruhida tarbiyalash o`choqlari edi. Ayniqsa, 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab to SSSR parchalanib ketguncha (1937- 1991) ular mohiyatan hukmron mafkuraning quroli va vositasiga, millatlar va milliy tillarni qo`shib yuborish nazariyasini targ`ib etish va hayotga tatbiq etish markazlariga aylandi. Millatlar va milliy tillarning yaqinlashib, qo`shilib ketishi g`oyasi va nazariyasi kishilar ongiga chuqur singdirildi. Bugungi M. millatimiz va milliy tilimizning, milliy madaniyatimizning har tomonlama taraqqiy etishi uchun xizmat qilishga yo`naltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Read 1403 times
Published in Madaniyat va san`at atamalari
buxdu.uz
Latest from buxdu.uz
- Written in the stars
- Wigs and Lawyers
- Whiskey
- US Armed Forces
- Urban Legends
More in this category: « DUVOZDAH MAQOM NAVO »
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019
Powered by ATM
Qiziqarli malumotlar
10 sinf ma’naviyat soati