10-sinf Ingliz tili fanidan konspekt
“Quvnoq topishmoqlar” (MerryRiddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish ingliz tilini
Boshlang’ich sinflarda ingliz tili o’qitishning innovatsion usullari
Кудратов, О., Мухиддинов, Н., & Мамаегубова, Ш. (2022). Boshlang’ich sinflarda ingliz tili o’qitishning innovatsion usullari. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 271–272. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/12969
-
11
- Endnote/Zotero/Mendeley (RIS)
- BibTeX
Шахло Мамаегубова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
Ключевые слова:
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning til o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o’qitishning samarali, zamonaviy va innovatsionmetodlari haqida to’xtalib o’tiladi
Похожие статьи
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O’QITISHNING INNOVATSION USULLARI
Qudratov Orzimurod Alijon o’g’li.
Muhiddinov Nuriddin Muhiddinovich
Ilmiy raxbar:Mamayoqubova Shahlo
Samarqand Davlat сhet tillar instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning til o’rganishga bo’lgan
qiziqishini oshirish uchun ingliz tili o’qitishning samarali, zamonaviy va innovatsionmetodlari haqida
to’xtalib o’tiladi.
Kalit so’zlar:
aralash texnika, qiziqarli o’yinlar, boshlang’ich sinflar, zamonaviyinnovatsion
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, yoshlarning chet tillarini o’rganishga bo’lgan qiziqishi
oshdi va davlatimiz tomonidan til o’rganishga ko’plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Birinchi prezidentimiz
Islom Karimov aytganidek: “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda.
Bu ham, albatta, bejiz emas.
Bugun jahon hamjamiyati o’ziga munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik
sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy
tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo’qdir”. Ayniqsa, boshlang’ich ta’limda ijobiy
o’zgarishlarga sabab bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil
10-dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida” PQ-1875-
soni Qaroridir. Ushbu qarorga muvofiq chet tillarini , asosan , ingliz tilini boshlang’ich sinfdan boshlab
o’rgatish, ularni chet tillarini o’rgatishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish uchun barcha umumta’lim
maktablarda 1-sinfdan boshlab ingliz tili darslarini turli xil qiziqarli o’yinlar tarzida o’qitish va shu bilan
birga o’quvchilarning og’zaki nutqini ham rivojlantirish, 2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va
grammatikani o’qitishni zamonaviy, innovatsion usullar orqali o’tish bosqichma-bosqich boshlandi.
So’nggi paytlarda ingliz tilini o’rganadigan har qanday yoshdagi odamlar soni juda ko’paymoqda.
Buning sababi, hayot jarayonida ingliz tilini bilmasdan yashash qiyinlashib bormoqda. Ammo til o’rganish
ham yosh davrlariga bog’liq. Hatto, olimlar bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o’zlashtirishni
isbotlashgan. Bolalarda til o’rganishga bo’lgan tabiiy moyillik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi,
kattalarga qaraganda bolalar vaqtining ko’pligi va o’rgangan ma’lumotlarni tez xotirada saqlashi buning
asosiy sabablaridandir.
Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur “Uchdan keyin juda kech” kitobida yozganidek:
“. bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin. “. Yana shunga e’tibor qaratish
kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma’lumotlarma’nosini tushinib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning
unchun ham ingliz tilinio’rganayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilariga tilni o’rgatishni grammatik
tushunchaberishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o’rgatishning dastlabki qadamidanoqbolani
charchatishi va til o’rganishga bo’lgan qiziqishini susaytirib qo’yishi mumkin.Chunki boshlang’ich sinfdagi
o’quvchilarga chet tilini o’rgatish qiyin shu bilan birgamas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi . Shuning
uchun ham boshlang’ich sinflargaingliz tilini mazmunli va qiziqarli o’rgatish uchun quyidagi innovatsion
metodlardanfoydalanish mumkin:
Ko’rish orqali eslab qolish. Ma’lumki, yosh bolalar eshitgan ma’lumotlaridan ko’ra, ko’proq
ko’rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan, darsni turli xil ko’rgazmali qurollar, plakatlar orqali,
ko’zga ko’rinadigan va kundalikhayotda ko’p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so’zlarni
o’rgatish vao’rgangan yangi so’zlari ishtirokida gaplar tuzish . Masalan, kitob (book), stol (table),doska
(blackboard) , ruchka ( pen), oyna ( window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan
bunday narsa-buyumlar ko’zga doimo tushib turishi va doimo qo’llanishi bois, bola bu so’zlarni ixtiyorsiz
tarzda o’rganadi.
Qo’shiq va she’rlar orqali tushinish yoki eslab qolish qiyin bo’lgan so’zlarni musiqaga solib
kuylash. Bunda yangi so’zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og’zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol
qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo’shiq qilib o’rganishlari shunchaki yodlashdan ko’ra samarali
ekanligini ko’rsatish mumkin.
To raqobatdosh grammatika va so’z boyligini o’zlashtirishga yordam beradigan o’yinlarning
aksariyatini o’z ichiga oladi. Bunda bolalar o’qituvchi bergan turli xil topshiriqlarni bajaradi. Natijada
o’quvchilar orasida raqobat vujudga kelib, tilo’rganishga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi. Zero, Xitoy
mutafakkirlari aytganidek: “Insonning barcha qiziqishlari raqobat orqali vujudga keladi”.
Aralash texnika bu yerda biz ixtiyoriy ravishda turli xil texnikalarni birlashtira olamiz.
Masalan, bunda bolalar o’yin o’ynashi, qo’shiqlar aytishi, rasm chizishi, turli xil harakatlar orqali yangi
so’zlarni ko’rsatib berishi mumkin. Texnikaning afzalligi xilma-xillikda. Bunda o’quvchi faqat bitta narsa
orqali cheklanibqolmaydi.
Multfilmlar orqali o’rgatish. Ma’lumki, bolalar turli xil multfilmlarni ko’rishga qiziqadi.
Ingliz tilidagi multfilmlarni ko’rish jarayonida esa, multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilim
qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun
qiziq va til o’rganishlari uchun samarali yo’l.
Qiziqarli o’yinlar orqali o’rganish; Ingliz tili fanini o’qitishda turli xil o’yinlar orqali
o’rgatishning o’rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan
ishtiyoqni yanada oshiradi, faol bo’lmagan o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi.
Quyidagi o’yinlar so’zimizga misol bo’la oladi.
“Quvnoq topishmoqlar” (MerryRiddles) o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish ingliz tilini
o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq
javobini topadilar.
“Pantomima” (pantomime). Bunda o’qituvchi o’quvchilarga biron bir so’zniaytadi va
o’quvchi uni ko’rsatadi. Qolgan o’quvchilar esa so’zni topib, inglizcha nomini aytishi kerak bo’ladi.
Sezgi a’zolar orqali o’rganish (sabzavot, mevalar, oziq-ovqatlarni tatib ko’rish, turli xil
buyumlarni ushlab ko’rish, gullarni hidlab ko’rish). Ushbu yangi metodni o’rganishdan oldin bir amaliyotchi
psixologning fikrlarini keltirish kerak: “Bolalarning esida biror narsaning mahkam o’rnashib qolishini
xohlovchi pedagok bola sezgi organlarining mumkin qadar ko’prog’ini ko’zi, qulog’i, tovush organi, muskul
sezgisi va hatto, hidlash va ta’m bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi
kerak”.
Darhaqiqat, sezgi a’zolar orqali til o’rganish boshqa usullarga qaraganda foydali va samarali
hisoblanadi . Masalan, o’quvchi birgina olmani tatib ko’rish jarayonida uningrangi, ta’mi, hajmi, hidi qanday
ekanligini biladi va uning inglizcha nomini ham aytadi. Natijada esa, o’qituvchi bolalardan ranglarning
inglizcha nomini so’rab qolsa, bolalar darrov meva yegan paytini eslaydi. Demak, bunday usullardan
foydalanish o’quvchining ma’lumotlarni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilariga til o’rgatishni majburiyat sifatida emas,
aksincha, qiziqarli o’yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan holda olib borishi, ularning kelajakda
oladigan bilimlari uchun poydevor bo’lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta’lim tizimi ham o’z oldiga
erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shahsni tarbiyalashni vazifa qilib qo’yar ekan, kelgusida biz bo’lajak
o’qituvchila rinnovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo’llarini yanada mukammal roqishlab
chiqish bilan o’z hissamizni qo’shishimiz mumkin.
Adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil10-dekabrdagi “Chettillarinio’rganish tizimini
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonliqarori.
Turdaliyeva G.N “Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va
Bekmuratova U.B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”//Toshkent
Toliboboeva S.J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH.
Science and Education
Толибобоева Ш. (2020). Ingliz tilini o’qitishdagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari.
Young Scientist
Juldasheva N.N. (2020). Хорижий тилларни ўқитишда ахборот технологиялар ва инновацион
Молодой ученый
Ashirbaeva A. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH
Science and Education
Umirova Z. (2020). IMPORTANCE OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES.
International
Scientific Conference of Students and Young Scientists “FARABIALEMI
Mukhitdinova, K. A. (2022, August). TECHNICAL AND ECONOMIC CONDITION OF OIL
DRILLING FROM THE FIELD OF” MUBARAK OGP” ENTERPRISE. In Multidiscipline Proceedings of
Digital Fashion Conference (Vol. 2, No. 4).
Библиографические ссылки
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yillO-dekabrdagi “Chettillarinio’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1875-sonliqarori.
Turdaliyeva G.N “Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar’7/2020.
Bekmuratova U.B. ’’Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish’7/Toshkent 2012.
Toliboboeva S.J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. Science and Education,! (Speciallssue2).
Толибобоева Ш. (2020). Ingliz tilini o’qitishdagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari.
Young Scientist,! 9(309),58 -582.
Juldasheva N.N. (2020). Хорижий тилларни укитишда ахборот технологиялар ва инновацион методларнинг урни. Молодой ученый, (12),332-333.
Ashirbaeva А. (2020). POSITIVE TRAITS OF TEACHING LANGUAGE THROUGH LITERATURE. Science and Education,/(Speciallssue2).
Umirova Z. (2020). IMPORTANCE OF LEARNING FOREIGN LANGUAGES. International Scientific Conference of Students and Young Scientists “FARABIALEMI”.
Mukhitdinova, K. A. (2022, August). TECHNICAL AND ECONOMIC CONDITION OF OIL DRILLING FROM THE FIELD OF” MUBARAK OGP” ENTERPRISE. In Multidiscipline Proceedings of Digital Fashion Conference (Vol. 2, No. 4).
10-sinf Ingliz tili fanidan konspekt
Mazkur sahifada 10-sinf Ingliz tili fanidan konspekt faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda bo’lib, 28.11 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | Konspektlar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 28.11 MB |
Fayl turi: | application/zip |
Ko’rishlar: | 88 marotaba |
Ko’chirishlar: | 26 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 19-08-2022 |
Yangilangan: | 19-08-2022 |
Yuklab olish
Fayl hajmi: 28.11 MB
Sifat bizning ustunligimiz! 10-sinf ingliz tili fanidan konspekt faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
Qiziqarli malumotlar
10-sinf Ingliz tili fanidan konspekt