10-11-sinflar Geografiya fanidan DTS, Dastur, taqvimiy ish rejasi
10-11-sinflar Geografiya fanidan DTS, Dastur, taqvimiy ish rejasi
DO`STLARGA ULASHING:
10-11-sinflar Geografiya fanidan DTS, Dastur, taqvimiy ish rejasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
Mehrinso D oxirgi
O‘RTA TA’LIMNING GEOGRAFIYA FANIDAN
DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA
O‘QUV DASTURI
(10-sinf)
TOSHKENT-2017
Geografiya fani
O‘rta ta’limda geografiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi
Bitiruvchilar
Standart darajasi
Daraja nomlanishi
O‘rta ta’lim
O‘rta ta’lim bitiruvchilari
B1
Geografiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi
Geografiya fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari
B1+
Geografiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi
Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat;
jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik ob’ektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish.
Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Geografiya fanidan o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
B1
Yer yuzi tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini tushunadi va tushuntira oladi;
geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari — bir butunlik, modda va energiya almashinuvi, ritmiklik, zonallik, azonallik, balandlik mintaqalanishini biladi;
globallashuv ta’sirida jahon xo‘jaligi, dunyoning geosiyosiy tuzilishida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni biladi va tahlil qiladi, ularni misollar bilan izohlay oladi;
insoniyatning global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
jahonning yirik mintaqalari va turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi geografik omillarni tushunadi va tushuntiradi;
B1+
hozirgi zamonning dolzarb muammolari — suv, energetika, oziq-ovqat, xom ashyo muammolarining mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi, ularning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishlarini misollar bilan izohlay oladi;
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida amalga oshirayotgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar, mintaqaviy siyosatning hududlar, jumladan o‘zi yashaydigan joydagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’sirini biladi.
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
B1
dunyoning tabiiy va geosiyosiy mintaqalarning nomlarini izohlay oladi, bir-biriga yaqin geografik nomlarning (Lotin Amerika va Markaziy Amerika, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo va hokazolarning) o‘zaro farqini ayta oladi.
B1+
davlatlar, mintaqalar, shaharlar va boshqa ob’ektlarning nomlari tarixiy, madaniy va siyosiy mazmun-mohiyatga ega ekanligini biladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
B1
geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalari, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif beradi va qiyosiy tahlil qila oladi.
B1+
mavzuli xaritalar asosida ma’lum bir hududlarning tabiati, aholisi va xo‘jaligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
B1
Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi dolzarb ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi omillarini tahlil qila oladi;
O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi omillarini biladi, mintaqadagi yagona ekologik muhit, transchegaraviy ekologik muammolar mohiyatini tushunadi.
B1+
Xalqaro tashkilotlar va turli davlatlar tomonidan global ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan xatti-harakatlar, bu boradagi tuzilgan va imzolangan xalqaro va davlatlararo shartnomalar haqida biladi va ayta oladi.
O‘RTA TA’LIMNING GEOGRAFIYA FANIDAN
O‘QUV DASTURI
(10-синф)
TOSHKENT-2017
UQTIRISH XATI
Geografiya ta’limida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.
Geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;
geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, aholisi va uning xo‘jaligi, jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limda geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Geografiya o‘quv fanini o‘rganishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganilgan matematika, fizika, botanika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan olingan bilimlar umumlashtirilib, geografiyani o‘rganishning birinchi bosqichida 1- va 2-sinflarda boshlanib, A1 darajada Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Geografiyani o‘rganishning ikkinchi bosqichida 5-9-sinflarda boshlanib, A2 darajada tabiiy geografik bilimlarning boshlang‘ich tushunchalari, materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalalar, iqtisodiy rayonlar, jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi haqida ma’lumotlar beriladi. Geografiyani o‘rganishning uchinchi bosqichi – o‘rta ta’limning B1 darajasida geografiya kurslarining A2 darajada o‘rganilgan o‘quv materiallarining o‘rta ta’lim bitiruvchilarida uzviylik va uzluksizligi e’tiborga olingan.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
B1
o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘z fikrlarini guruhlarda ijodiy tarzda ifoda eta olish.
B1+
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda liderlik qila olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda ayta olish va yoza olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
B1
turli geografik adabiyotlardan, xarita va atlaslardan samarali foydalanib, ular asosida axborotlarni tayyorlash, Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topib, ularni tahlil qilish, kundalik ma’lumotlardan jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish, mediamadaniyatga rioya qilish.
B1+
Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar asosida jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
B1
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.
B1+
maktabda, mahallada siyosiy, madaniy, ekologiya mavzularida bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etish va o‘z fikrini ayta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
B1
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qila olish, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni bera olish, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intilish, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qila olish.
B1+
dolzarb global, regional va mahalliy muammolarda o‘z fikri bilan qatnashish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
B1
Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.
B1+
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
B1
statistik ko‘rsatkichlar asosida jadval, diagramma va grafiklarni tuza olish, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish va ayta olish.
B1+
fan-texnika yutuqlari muhimligini tushunib yetish va tahlil qila olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish.
Geografiya fani mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining yil oxirida keltirildi.
Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:
TK-tayanch kompetensiyalar
TK1-kommunikativ kompetensiya;
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya;
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi;
FK2- geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi;
FK3-globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi;
FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
10-SINF
GEOGRAFIYA
(34 soat, haftasiga 1 soat, B1+: 68 soat, haftasiga 2 soat)
Tayanch kompetentsiya elementlari:
Kommunikativ kompetentsiya ijtimoiy vaziyatlarda eng avvalo ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali mulokotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish.
Axborot bilan ishlashkompetentsiyasi media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallashni hamda mediamadaniyatga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasijamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va xuquqlarini bilishi, ularga rioya qilishi, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va xuquqiy madaniyatga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetentsiyaVatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishni, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasianiq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, modelь, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart- sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish.
1-bob: Kirish (2 soat, B1+: 3 soat)
1-mavzu: Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha (1 soat, B1+: 1 soat)
Geografiya fanlarining o‘rganish ob’ekti va predmeti. Geografiyaning tarmoqlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi. Geografiyaning ilmiy-nazariy ahamiyati. Tadqiqot usullari.
2-mavzu: Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi (1 soat, B1+: 2 soat)
Geografik bilimlar rivojlanishining qisqacha tarixi, uning yirik davrlarga bo‘linishi. Qadimgi geografiya. O‘rta asrlardagi geografik izlanishlar, O‘rta Osiyolik geograf-allomalar. Buyuk geografik kashfiyotlar. XIX asr va XX asrning 1-yarmida geografiyaning rivojlanishi. Hozirgi zamon geografiya fani haqida.
2-bob: Yer tabiati (7 soat, B1+: 14 soat)
3-mavzu: Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari (1 soat, B1+: 2 soat)
Yerning koinotdagi o‘rni. Quyosh, sayyoralar va Oyning Yer tabiatiga ta’siri. Yerning shakli, o‘lchamlari, harakatlari yer yuzi tabiatining shakllanishidagi ahamiyati.
4-mavzu: Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar (1 soat, B1+: 2 soat)
Yerning qobiqli tuzilganligi. Litosfera va uning tektonik tuzilishi. Yer yuzida seysmik hodisalar, zilzila va vulqonlarning geografik tarqalishi va uning sabablari. Seysmik shkala. Zilzila vaqtida o‘zini to‘g‘ri tutish qoidalari.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
5-mavzu: Yer yuzi tabiatining rivojlanish tarixi (1 soat, B1+: 1 soat)
Geoxronologik jadval va uning bosqichlari. Eon, era, davrlar, ularni ajratish mezonlari. Era va davrlarga qisqacha izoh. Tog‘ burmalanishi bosqichlari.
6-mavzu: Geografik qobiq va uning umumiy qonuniyatlari (1 soat, B1+: 1 soat)
Geografik qobiqning mohiyati. Uning tuzilishi, o‘lchamlari, chegaralari. Geografik qobiqning muhim umumiy xususiyatlari. Tabiat komponentlari va geografik qobiqning bir butunligi, tabiat komplekslari. Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi va aylanma harakati. Geografik qobiqdagi jarayonlarning ritmikligi.
7-mavzu: Geografik qobiqning kenglik zonalligi va sektorligi (1 soat, B1+: 2 soat)
Kenglik zonallikning mohiyati, uning kelib chiqish omillari. Quruqlikda sektorlik qonuniyati va uning sabablari. Tabiat zonalari, ularning geografik o‘rin va iqlim sharoitiga bog‘liqligi. Geografik zonallikning turli tabiat komponentlariga ta’siri. Geografik zonallikning aholi joylanishi va xo‘jalik faoliyatiga ta’siri.
8-mavzu: Balandlik mintaqalanishi qonuniyati. NI-1 (1 soat, B1+: 1 soat)
Tog‘larda tabiiy sharoitning balandlik bo‘ylab o‘zgarib borishi. Balandlik mintaqalar soni, tarkibi va chegaralarining tog‘larning geografik o‘rni, balandligi, ekspozitsiyasiga bog‘liqligi. Balandlik mintaqalanishi geografik zonallik bilan bog‘liqligi. Qor chizig‘i.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
9-mavzu: Geotizimlar va ularning pog‘onasimonligi (1 soat, B1+: 2 soat)
Geotizim tushunchasi. Geotizimlarning xususiyatlari. Geotizimlarning sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ko‘lami. Landshaft kichik geotizim sifatida. Joy, Urochishe. Fatsiya.
3-bob: Jamiyat va tabiat (3 soat, B1+: 6 soat)
10-mavzu: Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar (1 soat, B1+: 2 soat)
Geografik muhit, tabiiy muhit, texnogen muhit, ijtimoiy muhit tushunchalari, ularning atrof muhit kategoriyasida uyg‘unlashuvi. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi: ibtidoiy jamoa davri, dehqonchilik inqilobi davri, sanoat inqilobi davri, fan-texnika inqilobi davri, ekologik munosabat davri.
11-mavzu: Antropogen landshaftlar (1 soat, B1+: 1 soat)
Inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida geotizimlarning o‘zgarishi. Antropogen landshaftlar, ularning turlari. Madaniy va buzilgan landshaftlar. Geotextizimlar.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
12-mavzu: Tabiatni muhofaza qilishning geografik asoslari (1 soat, B1+: 1 soat)
Tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi. Tabiatni muhofaza qilishning geografik tamoyillari. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularning asosiy turlari: qo‘riqxona, milliy bog‘, buyurtmaxona, biosfera rezervati, tabiat yodgorligi.
4-bob: Amaliy geografik tadqiqotlar (4 soat, B1+: 8 soat)
13-mavzu: Tabiiy-geografik jarayonlar (1 soat, B1+: 2 soat)
Tabiiy geografik jarayonlar haqida tushuncha. Tabiiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar. Nurash. Sel. Eroziya. Abraziya. Surilma. Karst.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
14-mavzu: Geografik baholash (1 soat, B1+: 2 soat)
Geografik baholash usullari. Yer resurslarini baholash. Iqlimiy resurslarni baholash. Rekreatsiya resurslarini baholash.
15-mavzu: Geografik prognoz. NI-2 (1 soat, B1+: 1 soat)
Geografik pronoz haqida tushuncha. Prognoz usullari. Sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy geografik pronozlar. O‘zbekiston geotizimlarining o‘zgarishini prognozlash.
16-mavzu:Atrof-muhit monitoringi va geografik-ekologik ekspertiza asoslari (1 soat, B1+: 2 soat).
Monitoring va uning turlari. O‘zbekistonda atrof muhit monitoringini amalga oshirish. Geografik-ekologik ekspertiza haqida tushuncha. Ekspertiza uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar. Ekspert xulosasining tayyorlanishi.
5-bob: Dunyo aholisi (3 soat, B1+: 6 soat)
Dunyo aholisi va uning dinamikasi. Demografik o‘tish kontseptsiyasi, demografik portlash. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik vaziyat, uning omillari va oqibatlari. Demografik siyosat.
18-mavzu: Urbanizatsiya jarayonlarining global va regional jihatlari (1 soat, B1+: 2 soat)
Urbanizatsiya jarayoni va uning omillari. Shaharlarning tarixiy ildizlari va rivojlanishining bosqichlari. Dunyoning yirik mintaqalari orasida shaharlashuv darajasidagi farqlar. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda urbanizatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari. Global shaharlar haqida tushuncha. Shaharlashuv muammolari
19-mavzu: Xalqaro migratsiya jarayonlari va muammolari (1 soat, B1+: 1 soat)
Aholi migratsiyasi va uning turlari. Xalqaro aholi migratsiyasining xozirgi zamon geografiyasi. Xalqaro migratsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyati.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
6-bob: Dunyoning geosiyosiy manzarasi va global muammolar (3 soat, B1+: 7 soat)
20-mavzu: Dunyoning geosiyosiy tizimi va uning shakllanishi (1 soat, B1+: 2 soat)
“Geosiyosat” tushunchasining mohiyati va mazmuni. Geosiyosat ob’ekti va predmeti. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari. Davlatlarning o‘zaro geosiyosiy munosabatlari haqida. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanish bosqichlari: Vestfal davri, Vena davri, Versal davri, Potsdam davri va Belovej davri.
Dunyoning yetakchi geosiyosiy markazlari. G‘arbiy va Sharqiy Yevropadagi geosiyosiy jarayonlar. Geosiyosiy munosabatlarda AQSh ning tutgan o‘rni va mavqei. Rossiyaning geosiyosiy manfaatlari. Xitoyning geostrategik siyosati. Yaqin Sharq davlatlarida geosiyosiy vaziyat. Ko‘p qutubli dunyo shakllanishi va rivojlanishi istiqbollari. Davlatlarning integratsion uyushmalari. Davlatlarning integratsion uyushmalarning maqsadlari va shakllari. Yevropa Ittifoqi. Shimoliy Amerika davlatlarining erkin savdo uyushmasi (NAFTA). Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi. Shanxay hamkorlik tashkiloti.
22-mavzu: Insoniyatning global muammolari (1 soat, B1+: 2 soat)
Global muammolar, ularning mazmuni va turlari. Global muammolarning o‘zaro aloqadorligi. Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammosi. Eng sust rivojlangan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi. Oziq-ovqat muammosi, uni yechishning ekstensiv va intensiv yo‘llari. Energetika va xom ashyo muammolari: sabablari va hal qilish yo‘llari.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
7-bob: Yevropa va Amerika subregionlari (3 soat, B1+: 6 soat)
23-mavzu: Yevropa subregionlari (1 soat, B1+: 2 soat)
24-mavzu: Lotin Amerikasi (1 soat, B1+: 2 soat)
Lotin Amerikasining geografik o‘rni va siyosiy xaritasi. Tabiiy sharoiti va resurslari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. Aholisi, demografik jarayonlari, irqiy, etnik va diniy tarkibi. Aholi joylanishi.Lotin Amerikasining jahon xo‘jaligidagi o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Ichki tafovutlari. Lotin Amerikasining subregionlari.
25-mavzu: Karib havzasi orol mamlakatlari. NI-3. (1 soat, B1+: 2 soat)
Karib havzasi orollari – Vest-Indiya mintaqasi. Orollar guruhlari va mintaqaning siyosiy xaritasi. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi tarkibining o‘ziga xos xususiyatlari. Jahon xo‘jaligidagi o‘rni va ixtisoslashuvi.
8-bob: Afrika subregionlari. Okeaniya davlatlari (2 soat, B1+: 5 soat)
26-mavzu: Afrika subregionlari (1 soat, B1+: 2 soat)
Afrika mamlakatlari orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, etnik va diniy tafovutlar, ularning materik mamlakatlarini 5ta subregionga bo‘linishda hisobga olinganligi. Shimoliy Afrika davlatlari. G‘arbiy Afrika davlatlari. Sharqiy Afrika davlatlari. Markaziy Afrika davlatlari. Janubiy Afrika davlatlari. Afrika mamlakatlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy hamda geoekologik muammolari. Geosiyosiy mojarolar.
27-mavzu: Okeaniya davlatlari (1 soat, B1+: 2 soat)
Okeaniyaning geografik o‘rni, tabiiy geografik sharoiti va uning mintaqa aholisi va xo‘jaligiga ta’siri. Aholisi, irqiy, etnik va til tarkibi. Mintaqa davlatlarining jahon xo‘jaligidagi o‘rni, xalqaro ixtisoslashuvi.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
9-bob: Osiyo subregionalari (3 soat, B1+: 6 soat)
28-mavzu: Janubi-g‘arbiy Osiyo va Janubiy Osiyo subregionlari (1 soat, B1+: 2 soat)
Osiyo subregionlari va ularni ajratish mezonlari. Janubiy-G‘arbiy Osiyo subregionining eng muhim xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlari. Kavkaz mamlakatlari: Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon. Janubiy Osiyo subregionining eng muhim xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlari.
29-mavzu: Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo subregionlari (1 soat, B1+: 2 soat)
Sharqiy Osiyo subregionining eng muhim xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlari. O‘zbekistonning Xitoy va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorligi. Janubi-Sharqiy Osiyo subregionining eng muhim xususiyatlari va ularning tarixiy-geografik ildizlari. ASEAN tashkiloti.
30-mavzu: Markaziy Osiyo mamlakatlari (1 soat, B1+: 2 soat)
O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo tushunchalari, ularning farqi. Markaziy Osiyo siyosiy xaritasi va uning shakllanishi. Mintaqaning tabiiy sharoiti va resurslari, aholisining joylashuvi va tarkibi, demografik jarayonlar. Markaziy Osiyo davlatlari xo‘jaligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining umumiy va xususiy jihatlari. Subregiondagi geoiqtisodiy, geosiyosiy va geoekologik muammolar, ularning umumiyligi, transchegaraviyligi. Davlatlararo integratsiya omillari.
10-bob: O‘zbekiston Respublikasi (4 soat, B1+: 9 soat)
31-mavzu: O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni va munosabatlari (1 soat, B1+: 2 soat)
O‘zbekiston geografik o‘rnining o‘ziga xos xususiyatlari. Respublikamiz geografik o‘rnining geosiyosiy jihatlari: imkoniyatlar va tahdidlar. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari. Jahondagi geosiyosiy vaziyatning O‘zbekistonga ta’siri, mamlakatimiz tashqi siyosatining geografik jihatlari. O‘zbekistonning strategik hamkorlari. Respublikamiz ShHT, MDH, OQXF (Orolni qutqarish Xalqaro fondi) kabi tashkilotlarda ishtirok etishi va buning ahamiyati.
32-mavzu: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi (1 soat, B1+: 2 soat)
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va islohotlar jarayonlarining bosqichma-boskichligi. Milliy iqtisodiyotimizning istiqboli va kelajakda rivojlantirish masalalari.
Nazorat ishi (B1+: 1 soat)
33-mavzu: O‘zbekistonning geoekologik muammolari (1 soat, B1+: 2 soat)
Respublikamiz hududidagi geoekologik muammolar va ular yechimining geografik asoslari.
Takrorlash darsi (1 soat, B1+: 2 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun — (33 soat, B1+: 58 soat)
Nazorat ishlari uchun – (B1+: 8 soat)
Takrorlash uchun — (1 soat, B1+: 2 soat)
O‘quvchilarda fanga oid shakllantiriladigan kompetentsiyalar:
Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetentsiyasi: qit’alar, yirik mintaqalar, subregionlar, xalqaro tashkilotlarning nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetentsiyasi: geografik tadkikotlar usullari ichida kartografik usul aloxida axamiyat kasb etishini tushunadi va tushuntira oladi. Geografik xaritalar yordamida dunyoning mintaqalarining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif bera oladi va qiyosiy tahlil qila oladi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetentsiyasi: Yer yuzi tabiatining bir butunligi, uning hududiy tabaqalanishini tabiatdan foydalanish jarayonida hisobga olish zarurligini anglaydi. Xo‘jalik faoliyati jarayonida geografik bilim va qonuniyatlar, hududlarning geografik xususiyatlarini hisobga olinmaslik turli ko‘rinish va qo‘lamdagi ekologik muammolarni keltirib chiqarish mumkinligini tushunadi.Dunyoning yirik mintaqalardagi dolzarb ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqish omillarini biladi.
Geografiya fanidan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruh
T/r
Ismi va familiyasi
Ish joyi va lavozimi
1.
Alimqulov Nusrat
Raxmonqulovich
Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, g.f.n., dotsent, guruh rahbari.
2.
Mirakmalov Mirali
Turanboyevich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geologiya va geografiya fakulteti geografiya kafedrasi dotsenti.
3.
Sharipov Shavkat
Muxamajanovich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Geologiya va geografiya fakulteti, geografiya kafedrasi dotsenti.
4.
Norboyev Abduraxmon G‘aybullayevich
Qori Niyoziy nomli O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimi.
5.
Nazaraliyeva Esongul
Yangiboyevna
Respublika Ta’lim markazi geografiya fani bosh metodisti
6.
Fedorko Viktor
Nikolayevich
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 233-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU “Geografiya” kafedrasi mustaqil-izlanuvchisi.
7.
Avezov Muxriddin Maqsud o‘g‘li
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 278-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi
8.
Xo‘jayeva Muxarram
Idrisovna
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Ekspert guruhi
1.
Safarova Nasiba Ironqulovna
Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti.
2.
Xolmurodov Shakarbek Abdug‘aniyevich
Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
3.
Umarova Gavhar Abdullayevna
Toshkent Islom Universiteti qoshidagi akademik litseyning geografiya fani o‘qituvchisi.
10-11-sinflar Geografiya fanidan DTS, Dastur, taqvimiy ish rejasi