❓Homiladorlik davrida yuzga dog’ tushishining sababi nima? haqida to’liq ma’lumot oling
❓Homiladorlik davrida yuzga dog’ tushishining sababi nima?
📙Asosiy sabab bu homilador ayolning organizmidagi gormonal o’zgarishlardir. Gormonlar ta’siri ostida terida melanin moddasi ko’payib dog’lar paydo bo’ladi.
Shuning uchun dog’lar nafaqat homiladorlik paytida balki organizmda gormonal o’zgarishlar yuz berganda ham tushadi, masalan gormonal kontraseptivlardan foydalanish, abort, hayz kelish davrining buzilishi va hokazo.
Bunday dog’lar melazma deb ataladi. Odatda, melazmalar homiladorlikdan so’ng, birinchi hayz kelishi bilan organizmning gormonal holati to’g’rilanganda yo’qolib ketadi. Lekin gormonal holat yaxshilanib dog’lar yo’qolmasa, demak, bu xloazma dog’i paydo bo’lganidan dalolat beradi. Bu dog’lar melazmaga qaraganda terining chuqur qoplamini qamrab olgani uchun, uni ketkazish uchun kosmetik uslublardan foydalanish kerak bo’ladi.
📌Dog’ tushish ehtimoli quyidagi holatlarda oshadi:
— nasliy moyillik;
— ayol terisining rangi to’qligi;
— terida yallig’lanishning mavjudligi;
— oshqozon-ichak kasaliklarining mavjudligi.
📌Quyoshdan ehtiyot bo’ling!
📝Teriga dog’ tushuruvchi melanin moddasi quyosh nurlari ostida yanada ko’payish imkoniyati katta. Shuning uchun odatda dog’ bahor-yoz faslida kuz-qish fasliga nisbatan ko’proq tushadi.
Malumotlar
❓Homiladorlik davrida yuzga dog’ tushishining sababi nima?