Художественная литература 2212 товар

Художественная литература 2212 товар

8. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.

9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun. Buyuk sarkarda haqida qanday kitoblar yozilgan?

9-aprel dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta’biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan bugungi maqolada Amir Temur hayoti va faoliyati haqida yozgan mualliflar va ularning ba’zilarining asarlarini tahlil qiladi.

Amir Temur hayoti haqida ko‘plab mualliflar uning hayotlik davridan boshlab kitoblar yozib kelgan. U haqidagi manbalarni birlamchi va ikkilamchi manbalar sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birlamchi manbalar sifatida uning hayotlik davrida va u bilan zamondosh mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarni keltirish mumkin. Ikkilamchi manbalar esa vafotidan ancha keyin yozilgan kitoblar hisoblanadi.

Foto: Google Photos

Birlamchi manbalar

Amir Temur saroyida uning juda ko‘plab shaxsiy kotiblari bo‘lgan. Ular muttasil ravishda uning hayot va faoliyati bilan bog‘liq voqea-hodisalarni yozib borgan. Lekin ular kitob shaklida bo‘lmagan, balki xronika tarzida, davlat hujjatlari sifatida eski turkiy tilidagi uyg‘ur yozuvida yozilgan. Ammo ularning asl nusxalari haligacha topilmagan deb hisoblanadi.

Amir Temur hayoti haqidagi eng birlamchi manbalar:

  • G‘iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islomninng Amir Temurning Hindistonga yurishlari haqidagi xotiralari;
  • Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari;
  • Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asari;
  • Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari;
  • Kastiliya va Leon elchisi Rui Gonzales de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralari;
  • Sultoniyalik arxiyepiskop, Fransiyaga Temur elchisi sifatida yuborilgan Iaonning “Temur hayoti va saroyi” xotiralari;
  • Tunislik tarixchi, geograf Ibn Xaldun xotiralari.

G‘iyosiddin Alining kundaligi fors tilida, o‘sha davr uchun xos bo‘lgan nazmiy shaklda, qasidasimon qilib yozilgan. Uning Hindiston safarida o‘zi ishtirok etgani yoki voqealarni guvohlar tilidan yozib olgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Yagona nusxasi Toshkentda saqlanmoqda. Asarning yozilish usuli Temurga yoqmagan degan qarashlar ham bor.

Navbatdagi asar Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari. Nizomiddin Shomiy Tabriz yaqinidagi Shama shahrida tavallud topgan. Uning hayoti haqida ma’lumot juda kam. Uning Sohibqiron bilan uchrashuvi 1393-yilda Bag‘dodda sodir bo‘lgan. Keyinchalik 1401-yilda Temur uni Shomga chaqirib, o‘zining munshiylari va kotiblari tomonidan yozilgan tarixlarni to‘plab, hamma tushunadigan sodda tilda bir kitob shakliga keltirishni buyuradi.

  1. Amir Temurning munshiylari va kotiblari tomonidan nazm hamda nasrda forsiy va turkiy tillarda bitilgan kundaliklar va bitiklar. Yuqorida aytganimizdek, ular bizning davrimizgacha yetib kelmagan.
  2. Muallifning o‘zi 1400–1404-yillar davomida uning yurishlarida qatnashgan va guvoh bo‘lgan voqealar. Bu o‘rinda u keltirgan faktlarga shubha bo‘lishi mumkin emas.
  3. Yuqorida nomi tilga olingan G‘iyosiddin Alining “Ro‘znomayi g‘azavoti Hindiston” asari.

“Zafarnoma”da XIV va XV asr boshidagi Temur va temuriylar hukmronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin O‘rda, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya kabi mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o‘z ichiga oladi. Asar muqaddimasida 1360-yilgacha bo‘lgan chingiziylar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.

So‘ng XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshidagi Temur yurishlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Asar 1404-yil mart oyidagi Temurning Ozarbayjonning Qorabog‘ida turgani voqeasi bilan tugallanib topshiriladi. Asarning Temur davriga oid qimmatli ma’lumotlar berishidan tashqari yana bir muhim jihati — o‘zidan keyin Temur hayotiga doir yozilgan ko‘plab kitoblarga manba sifatida xizmat qilganligidir.

Tarixchilar keng ommasi tomonidan Amir Temur hayoti haqida mukammal asar sifatida baholanadigan navbatdagi asar Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridir. Yazdiy asarni Shohruh Mirzo buyrug‘iga binoan 1425-yilda yozib tugatadi. U asarni yozishda o‘zidan oldingi mualliflarga murojaat qiladi. Nizomiddinning asari, yuqorida aytganimizdek, Temur hayotining so‘nggi yilini bayon qilmaydi.

Yazdiyning asari turk xoqonlari va mo‘g‘ullarga bag‘ishlangan muqaddima bilan boshlangan hamda Amir Temur hayotining sahifalari mufassal bayon etilgan. Mazkur asar ilk bor XVI asrda fors tilidan eski o‘zbek tiliga Shayboniy Ko‘chkunchixon buyrug‘iga ko‘ra Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy tomonidan tarjima qilingan. 1519-yilda tarjima qilingan ushbu asar eng mukammal tarjima hisoblanadi.

Asar yana ikki bor eski o‘zbekchaga tarjima qilingan. Ulardan biri noma’lum tarjimon tomonidan Yaroqbiy Qo‘ng‘irot degan kishi buyrug‘iga binoan 1550-yilda tarjima qilingan bo‘lsa, ikkinchisi 1826-yili Shermuhammad Munis tavsiyasi bilan Xivada Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad So‘fi Xevaqiy tarafidan qilingan. Ammo Xivadagi tarjima ancha qisqartirilgan shaklda edi.

Samarqanddagi Amir Temur haykali. Foto: Google Photos

Mazkur asar 1722-yili Fransiyada Petis de la Krua tomonidan Lui XIV hukmronligi davrida fransuz tiliga tarjima qilindi. Bir yildan keyin fransuz tilidan J. Darbi tomonidan ingliz tiliga o‘girildi.

Yana bir muhim manba bu, shubhasiz, Ibn Arabshohning “Ajayib al-Maqdur fit-tarixi Taymur” asaridir. Asar ikki jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildda Sohibqironning bolaligi, Samarqand taxtini egallashidan vafotigacha bo‘lgan davr bayon etilgan bo‘lsa, ikkinchi jildda uning vafotidan keyin sodir bo‘lgan voqealar, taxt uchun kurashlar bayon etilgan. Asarning ahamiyati shundaki, muallif o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lgan voqealarni bayon qilgan.

Asarning yuqoridagilardan farqli jihati shundaki, u arab tilida yozilgan va Temur shaxsiyatiga negativ baho berish orqali yondashilgan. Yuqoridagi va boshqa ko‘plab mahalliy mualliflarning, jumladan, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Muiniddin Natanziy kabilarning asarlarida Temur shaxsiyati ulug‘lansa, Arabshohda yuqorilarga teskari tasvirlanadi.

Masalan, Temurning oqsoqlanishi hodisasini boshqa mualliflar jang paytida sodir bo‘lgan desa, Arabshoh qo‘y o‘g‘irlash jarayonida sodir bo‘lgan deya uning yoshligini qaroqchilarga qiyoslaydi. Buning sababi esa Arabshoh asli suriyalik bo‘lib, Temurning Shomdagi g‘alabasidan keyin asir tushib Samarqandga olib kelingani edi. Shuningdek, muallif Damashqning vayron qilinganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani ham uning qalbida qandaydir dog‘ qoldirgan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, Arabshoh Temurning kuchli shaxs bo‘lganini ham tan oladi.

Arabshoh asari keyingi davrdagi Yevropa tarixchilari tomonidan Temur hayotiga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarda asosiy manbalardan biri sifatida keng foydalanib kelindi. Asar ohangiga ta’sir qilgan yana bir omil shuki, u Samarqanddan ketgach, Xorazm, Mo‘g‘uliston, Dashti Qipchoq, Saroy, Astraxan, Turkiya kabi ko‘plab Temur tomonidan birma-bir zabt etilgan shahar va davlatlardan o‘tgan va u yerdagi aholidan Temur haqidagi hikoyalarini tinglagan. Shular asosida vujudga kelgan asarning bunday ohangga ega bo‘lishi tabiiy jarayon. Ba’zi tarixchilar Arabshohning mazkur asarini eng obyektiv yozilgan asarlardan biri sifatida ko‘radi.

Keng jamoatchilik tomonidan tan olingan yana bir muhim manba Kastiliya va Leon qiroli Genrixning elchisi Rui Gonsalez de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralaridir. Amir Temurning Usmonli sultoni Boyazid Yildirim ustidan g‘alaba qilgandan keyin Seviliyadan dengiz orqali Samarqandga qarab otlangan elchi yo‘lda yuz bergan voqea-hodisalarni, Temur mamlakati hududida eshitgan rivoyat va hikoyalarni birma-bir hikoya qilib bergan.

Qashqadaryodagi Amir Temur haykali. Foto: Google Photos

Asarda O‘rta Yer dengizi, Kichik Osiyo, Qora dengiz bo‘ylari mamlakatlari, Shom, Ozarbayjon, Eron, Xuroson o‘lkalari tabiati va geografiyasiga oid ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Uning temuriy shahzodalar Mironshoh va Shohruh Mirzolar bilan uchrashuvlari, Temur davlati xavfsizlik, pochta xizmati, shuningdek, elchilarga ko‘rsatiladigan hurmat-izzat haqida qimmatli ma’lumotlari mavjud.

Asardan Temur davriga oid qurilishlar haqida ham manbalar keltirilgan. Jumaladan, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Jome masjidi, Muhammad Sulton maqbarasi va boshqa ko‘plab shaharsozlik ishlari, Temur bog‘lari va saroylari, ularning tuzilishi va u yerda tashkil etilgan qabul marosimlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Temur hayotlik chog‘ida u bilan uchrashgan va uni ko‘rgan Sultoniya arxiyepiskopi Ioann, Bavariyalik Shiltberger, tunislik Ibn Xaldunlar ham Sohibqiron haqida ancha ma’lumotlar yozib qoldirgan.

O‘zbek tarixchiligida katta e’tibor beriladigan, bevosita Amir Temurning o‘zi tarafidan yozilgani iddao qilinadigan mashhur “Temur tuzuklari” XVI asrda topilgan bo‘lib, ko‘plab tarixchilar tomonidan haqiqiyligi shubha ostiga olinadi. Mutaxassislarning fikricha, u yerda yozilgan ma’lumotlar Yazdiyning “Zafarnoma”si bilan bir xil. Yana bir sabab tuzuklar haqida Temur haqida yozilgan kitoblarda ma’lumot yo‘qligidir.

Ikkilamchi manbalar

Ikkilamchi manbalar sifatida Amir Temur vafotidan keyin o‘zigacha mavjud asarlar asosida va yozilgan asarlar hamda yevropalik va mahalliy bir qator temurshunos tarixchi olimlarning asarlarini keltirish mumkin. Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning asarlari Temur vafotidan keyin yozilgan bo‘lishiga qaramasdan ularni birlamchi manba sifatida kelishiga ulardagi mukammallik sabab qilib ko‘rsatiladi.

Birlamchi manbalarni to‘ldirib keladigan asarlar yaratgan mualliflar qatoriga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin. Ushbu mualliflar o‘zlarining tarixga atalgan asarlarida Temur hayoti haqida ham hikoya qilgan va o‘z kitoblarida unga boblar bag‘ishlagan.

Shunday asarlar qatoriga Mustavining “Tarixi hayrat”, Hofizi Abruning “Ravzat us-Safo”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-sa’dayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Muiniddin Natanziyning “Xotiralar”i, arman tarixchisi Foma Mesopskiyning asarlari, Rene Grussening “Cho‘l imperiyalari”, rus tarixchilaridan Ivaninning “Ikki buyuk sarkarda” asarlari va boshqa bir qator fransuz tarixchilarining asarlarini kiritishimiz mumkin.

Amir Temurning sevimli nabirasi Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Tarixi arbai Ulus” asarida Chingizxon avlodlarining tarixini bayon qilish bilan birgan Amir Temurning hokimiyatga kelishigacha bo‘lgan voqealarni ham o‘z asariga kiritib ketadi. Shuningdek, temuriy Zahiriddin Muhammad Bobur ham Temur va temuriylar haqida o‘zining mashhur “Boburnoma” asarida ma’lumotlar berib o‘tgan.

Amir Temur haqida yozgan mualiflar va ularning tegishli asarlari

Ro‘yxatni tuzishda uni uch qismga bo‘linadi. Dastlab mahalliy mualliflarning kitoblar, undan keyin xorijlik mualliflar va so‘ngida badiiy asarlarni keltiriladi.

Mahalliy mualliflar qatoriga Temuriylar davlati tarkibiga kirgan hududlarda ijod qilgan mualliflarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir.

  • G‘iyosiddin Ali – “Ro‘znomayi g‘azovoti Hindiston”;
  • Nizomiddin Shomiy – “Zafarnoma”;
  • Sharafiddin Ali Yazdiy – “Zafarnoma”;
  • Musavi – “Tarixi hayrat”;
  • Hofizi Abru – “Zubdat ut tavorix”;
  • Abdurazzoq Samarqandiy – “Matla’ us-sa’dayn”;
  • Miroxond va Xondamir – “Ravzat us-safo”;
  • Mirzo Ulug‘bek – “To‘rt ulus tarixi”;
  • Zahiriddin Muhammad Bobur – “Boburnoma”;
  • Salohiddin Toshkandiy – “Temurnoma”.

Shuningdek, XIX asrda Buxoro amirligida faoliyat yuritgan Ahmad Donish ham Amir Temur shaxsiyatiga yuksak baho bergan. Afsuski, Ahmad Donishning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Sovet Ittifoqi yillarida Temur shaxsiyatiga qiziqish ortib bordi. Bir qator sovet rus va o‘zbek tarixchilari u haqida kitoblar yozdi. Vasiliy Bartold, Ibrohim Mo‘minov, Bo‘riboy Ahmedov, Yayho G‘ulomov, Edvard Rtveladze kabi tarixchilar o‘z ilmiy faoliyatlarida Temur hayotiga doir muhim izlanishlar olib bordi.

  • Ahmad Ibn Arabshoh – “Ajoyib al-maqdur fiy tarixi Taymur”;
  • Rui Gonzales de Klavixo – “Samarqandga sayohat kundaligi”;
  • Sultoniya arxiyepiskopi Ioann – “Amir Temurning saroyi va hayoti”;
  • Bavariyalik Shiltberger – “Xotiralar”;
  • Foma Mesopskiy – “Temur va Temuriylar tarixi”;
  • Marsel Brion – “Tamerlan”;
  • Jan Pol Ru – “Tamerlan”;
  • Lusien Keren – “Amir Temur saltanati”;
  • Rene Grusset – “Cho‘l imperiyalari : Attila, Chingizxon, Amir Temur”;
  • Albert Champdor – “Tamerlan”;
  • Mixail Ivanin – “Ikki buyuk sarkarda”.
  • Kristofer Marlo – “Buyuk Temurlang” teatr pyesasi, 1587-yilda sahnalashtirilgan;
  • Edgar Allan Po – “Tamerlan” epik poemasi;
  • Jovid Husayn – “Oqsoq Temur” pyesa, Ozarbayjon;
  • Sergey Borodin – “Samarqand osmonidagi yulduzlar” roman-epopeya;
  • Robert Irvin – “Samarqand hukmdori”;
  • Xurshid Davron – “Samarqand xayoli”, “Sohibqiron nabirasi”, “Bibixonim qissasi”;
  • Muhammad Ali – “Gumbazdagi nur” dostoni, “Sarbadorlar” romani, “Ulug‘ saltanat” epopeyasi.

Shuningdek, Amir Temur hayoti haqida boshqa ko‘plab sohalarda, jumladan, kino, teatr, musiqada badiiy hamda hujjatli materiallar tayyorlandi. O‘ylaymizki, Temur shaxsiyati hali ko‘p yillar mobaynida tarixchilarning ilmiy ishlari mavzusi bo‘lib keladi. Zero u dunyodagi eng murakkab shaxsiyatlardan biri sifatida tarixda qoldi.

Jahongir Ostonov tayyorladi.

Художественная литература 2212 товар

Роль художественной литературы среди видов искусства безгранична. Причина в том, что в литературных книгах слово выступает в качестве основного оружия при создании образа. Художественная литература, основанная на мыслях и воображении, может быть выражена конкретным словом “искусство”. Подводя итог, можно сказать, что художественная литература-это средство, способное обогатить воображение читателя красотой и расширить кругозор мышления. Как бы ни были важны акустические инструменты для меломанов, роль художественной литературы в читательской библиотеке является важным жанровым направлением.

Почему мы должны читать художественную литературу?

Фантастика представлена классикой, детективами, фэнтези и другими жанрами – самый широкий выбор. Вместе с чтением книг вы начинаете различать хорошие и плохие образы, которые у вас есть. На месте героев вы оживите себя, а выводы, которые вы сделаете из книги, могут пригодиться вам и в жизни.

На нашем сайте вы можете приобрести художественные книги нужного жанра и категории по доступным ценам. Если вы хотите расширить свою библиотеку или купить близкому человеку “дорогой” подарок или сувенир, для книголюбов лучшим выбором станет художественная книга.

Мы olcha.uz через наш интернет-магазин мы обслуживаем вас, дорогие читатели, книгами издательства Yeni asr avlodi, издательства “Yeni kiti”, издательства “полумесяц-Наср”. На нашем сайте вы также можете найти религиозную литературу, художественную литературу, деловые книги. Мы также предлагаем вам книги по доступным ценам. Вы можете отслеживать и использовать наши акции на нашем сайте.

Olcha.uz на странице сайта “книги” представлены категории книг всех современных и популярных жанров.

Религиозная литература
Бизнес-книги
Мировая литература
Художественная литература
Документальные книги
Литература для абитуриентов
Исторические книги
Словарь и разговорники
Искусство и культура
Для детей и родителей
Зарубежная, русская литература
Путешествия, автомобили, спорт
Учебники
Дом, ремесла, отдых, Хобби

Где можно купить?

Здесь можно выбрать и заказать товар в любое время суток и организовать доставку удобным способом. В нашем магазине также имеется необходимая бытовая техника для дома и офиса.НАШ ИНТЕРНЕТ-МАГАЗИН доставит заказ клиентам самым быстрым способом в Ташкент, Андижан, Самарканд, Бухару, Фергану, Наманган, Сурхандарью, Кашкадарью, Навои, Сырдарью, Джизак и Нукус, а также в Республику Каракалпакстан. Ваш заказ будет доставлен в течение 12 часов для жителей города Ташкента и 2-3 дней для областей.

Дополнительную информацию вы можете получить в онлайн-чате или по телефону +998(71)2022021, чтобы получить ответы на интересующие вас вопросы.

BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Abdullayeva

Ushbu maqolada badiiy asarlarning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati, bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka keng targ’ib qilish masalalari, Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona” asaridagi ruhiyat chizgilari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Ozoda Abdullayeva

Nazar eshonqulning “momoqo‘shiq” Qissasi badiiy talqini
“Mehrobdan chayon” romanida troplarning ishlatilishi

MARKAZIY OSIYO MUSIQA ILMI VA MUSIQA SOZLARI HAQIDAGI BILIMLARNI O’QUVCHI YOSHLARNING MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

LINGVOKULTUROLOGIYANING FANLAR SISTEMASIDAGI MAQOMI VA UNING ETNOLINGVISTIKA, SOTSIOLINGVISTIKA VA ETNOPSIXOLINGVISTIKA BILAN BOG’LIQLIGI

Adabiyot darslarida ijodkor tarjimaiholini o‘rgatish xususida
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF WORKS ON THE HUMAN SPIRIT

This article discusses the role and importance of works of art in human life, the issues of popularization of reading among young people today, the spiritual lines in Ahmad Lutfi Kazanchi’s “O’gay ona”.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI»

BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ushbu maqolada badiiy asarlarning inson hayotidagi o’mi va ahamiyati, bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka keng targ’ib qilish masalalari, Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona” asaridagi ruhiyat chizgilari yoritilgan.

Kalit so’zlar: badiiy adabiyot, inson ruhiyati, muallif, kitobxon, qalb kechinmalari, qahramon

THE EFFECT OF WORKS ON THE HUMAN SPIRIT

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

This article discusses the role and importance of works of art in human life, the issues of popularization of reading among young people today, the spiritual lines in Ahmad Lutfi Kazanchi’s “O’gay ona”.

Keywords: fiction, human psyche, author, reader, heart experiences, hero

Hozirgi zamonaviy texnika va texnologiyalar asrida insonlarni ommaviy madaniyat qurshovidan asrab qoluvchi eng ma’naviy boylik bu badiiy adabiyotlar hisoblanadi. Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har bir oliy ta’lim muassasi balki mahallarda ham kitobxonlik tanlovlari o’tkazilib kelinmoqda. Bu bilan biz juda katta natijalarga erishishimiz balki ma’naviy dunyoimizni kengaytirishimiz mumkin. Bu hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Badiiy adabiyot, badiiy asarlar insonlarga juda kuchli ta’sir ko’rsata oladigan ilohiy bir kuchdir. U inson his-tuyg’ularini va ongini tarbiyalashda ulkan ro’l o’ynaydi. Badiiy asarlarning mualliflari bilan birgalikda kitobxon hayotning turli tomonlari, xarakterlar va hodisalar mohiyatiga kirib boradi hamda o’zida ularga bo’lgan munosabatni shakllantiradi. Insonni o’ylashga, fikrlashga va kechayotgan voqealarni

tahlil qilishga chorlaydi. Badiiy adabiyot bitmas-tuganmas g’oyalar manbayi hisoblanadi. Unda turli zamonlardagi kishilarning fikrlari, o’y-mulohazalari, orzu-umidlari, jamiyatdagi siyosiy, mafkuraviy, axloqiy-ta’limiy, falsafiy, diniy va boshqa xildagi qarashlar o’z aksini topadi. Shu bilan birga, o’zi aks ettirgan g’oyalar bilan kishilar qalbiga, ruhiga kuchli ta’sir o’tkazib, ularda yangi-yangi qarashlar, fikrlar tug’ilishiga, ularning ma’naviy jihatdan boyishiga, ongining o’sishiga xizmat qiladi. Inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi, yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi ma’lum. O’smir shaxsi ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, buning sababi, u doimo inson davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’ladi. Shunday ekan, uning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta o’rin tutadi.

Inson ruhiyati va ma’naviyatiga ta’sir etuvchi asarlar juda ko’p. Masalan, Said Ahmadning “Ufq”, Isojon Sultonning “Boqiy darbadar”, O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin”, Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona” kabi. Har bir insonni bosayotgan qadamini o’ylantirib qo’yishga chorlaydigan asarlardan biri – Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona” asari hisoblanadi. Asardagi qahramonlarning holatiga diqqat qaratadigan bo’lsak, qalbimizda bir tug’yon jo’sh uradi, qalbimiz larzaga keladi, ana shu qahramonlar holatida o’zimizni bir zum his qila olamiz: “Ota ko’ngli bir ayol bilan to’lishi mumkin. Faqat bola ko’nglini oladigan, ko’nglini to’ldiradigan ayol endi dunyoda yo’q.

Ota sevgisi bir insonga bo’lgan sevgidan iborat, bolaning mehr-muhabbati esa faqat onaga bog’liqdir. Ona yer yuzida bir donadir, yagonadir. Uning onasi o’lgach, uyga yangi bir ona keladi. Otaning aytishicha, bu onaning avvalgisidan kamchilik tarafi yo’q. Faqat bolaning fikricha, bu ona bilan avvalgi onani qiyoslash inson bilan uning soyasini tenglashtirishdek gap. Biri butun borlig’i bilan shafqat va marhamatdan iborat bo’lsa, boshqasi faqat moddiy va shakliy jihatdangina onaga o’xshaydi. Biri sevsa, ikkinchisi uradi, biri bag’riga bossa, o’zgasi ko’ksidan itaradi. Birinchisi – ona, ikkinchisi – o’gay ona”. [1] Kitobxon mana shu satrlardan ham qahramonning ichki dunyosini, qahramon tilini, ruhiy holatini anglab olsa va o’ziga zarur xulosalarni chiqarsa ajab emas.

Badiiy adabiyotning ko’p asrlik taraqqiyoti, uning kishilar dunyosiga, ularni qurshab turgan tashqi borliq bilan aloqalariga va o’zaro munosabatlariga tobora chuqur kirib borganligidan dalolat beradi. Bundan ko’rinib turbdiki, badiiy adabiyotning bosh mavzusi insondir. Insonning badiiy asarlarda markaziy o’rinni egallashi dunyoni badiiy

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \ Volume: 1, ISSUE: 5

ravishda anglash va ijod sohasida kishilik tomonidan bosib o’tilgan katta yo’lning natijasi hisoblanadi. Ushbu asarning yana bir holati insonning ruhiyatiga, insoniyligiga bevosita ta’sir etmasdan qolmaydi: “Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqdar gunohkor va bemehrligini anglagan ota hamda uning ota mehridan mahrum bo’lgani uchun ona xokini yuzga surtib, ona tuprog’iga bosh urishdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz o’g’li chiqishmoqda. ” [1] Parchaga diqqatimizni qaratadigan bo’lsak, otaning o’z zuryodi hisoblanmish farzandi arjumandiga qanchalik e’tiborsizligini balki farzandi oldida gunohkor ekanligini ko’rishimiz mumkin. O’z otasidan balki butun hayotning shafqatlisizligidan charchagan, ayni yoshlik chog’ida mehr olishi kerak bo’lgan davrida hech kimdan najot topa olmagan bola oxiri najotni ona qabridan topishi bu anchagina kitobxonni tashvishga soladi. Asardan kitobxon o’ziga nima oladi?! Eng avvalo, hayotga bo’lgan qarashi o’zgaradi. Muhabbat, mag’lubiyat, qat’iyat, ishonch, g’alaba, mehnat, hissiyot, harakat, tajriba kabi tushunchalarni qaytadan kashf qiladi. Bevosita asardagi qahramon bilan qalban yaqinlashadi, ruhan eziladi, bir zum o’zini qahramon holatiga solib ko’radi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, badiiy adabiyotning inson hayotida ahamiyati juda yuqori. Inson ardoqlab keladigan eng noyob hislar insonparvarlik, adolat, shafqat, o’zaro hamjihatlik, do’stlik,mehr va muruvvat, sevgi-muhhabat singari o’lmas insoniy tuyg’ular kishi ongida, shuurida, ruhiyatida mujassamlashadi va bu hislar adabiyotga oshno insonlar qalbiga ko’chib o’tadi. Tuyg’ular esa faqat aql orqali emas, balki ko’ngil, yurak orqali seziladi, ta’sir o’tkazadi. Shunday ekan, badiiy asarlar badiiy adabiyotning muhim ajralmas tarkibiy qismidir.

2. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Prospects of Development of Science and Education, 1(2), 247-249.

3. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O ‘zbekistonda ilm-fan va ta ‘lim masalalari: muammo va yechimlar, (3), 71-73.

4. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 7(4).

5. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.

6. Shayxislamov, N. (2021). Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va vujudga kelishi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (2), 274-276.

7. Kobilova, N., Shayxislamov, N., & Raimova, M. (2021). O ‘ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI. Scientific progress, 7(4).

8. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.

9. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

10. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O ‘QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

11. Шайхисламов, Н. (2020). МАВКЕИ ЛИНГВОКУЛТУРОЛОГИЯ ДАР СИСТЕМАМ ФАНХ, О ВА ВОБАСТАГИИ ОН БО ЭТНОЛИНГВИСТИКА, СОТСИОЛИНГВИСТИКА ВА ЭТНОПСИХОЛИНГВИСТИКА. Academic research in educational sciences,(4).

12. Ахмедов, Б. А., Шайхисламов, Н., Мадалимов, Т., & Махмудов, К. (2021). SMART ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА УНДАН ТАЪЛИМДА ТИЗИМИДА КЛАСТЕРЛИ ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Scientific progress, 1(3).

13. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O ‘QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

14. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTI^, UNING ZAMONAVIY TURLАRI HAMDA ULARNING O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

Qiziqarli malumotlar
Художественная литература 2212 товар