Ушбу китобга ўхшаш асарлар

Ушбу китобга ўхшаш асарлар

Mazkur davrga oid yana bir muhim manba, bundan ming yil oldin yozilib, bizning kunlargacha etib kelgan nodir qo‘lyozma asar – Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari. Narshaxiy Buxoro viloyatida Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘la ismi Abu Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik (899-960 i) dir.

Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Movarounnaxr tarixi.

Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Movarounnaxr tarixi.

Mazkur davrga oid yana bir muhim manba, bundan ming yil oldin yozilib, bizning kunlargacha etib kelgan nodir qo‘lyozma asar – Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari. Narshaxiy Buxoro viloyatida Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘la ismi Abu Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik (899-960 i) dir.

Bu asar asosan O‘rta Osiyoda arablar istilosi natijasida islom dinining tarqalishi va undan bevosita oldingi davrlar hamda VIII-XII asrlardagi Buxoro va unga yaqin shahar va qishloqlarining tarixi haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, shu erda yashagan xalqlarning iqtisodiy,siyosiy, madaniy, ijtimoiy tarixiga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va bu xol “Buxoro tarixi” ning qimmatli manba sifatida tarix fanida zo‘r shuxrat topishiga olib keldi. Asarning hozirgi davrgacha etib kelishi tarixi boshqa ko‘p yozma manbalarga nisbatan o‘zgachadir.

“Buxoro tarixi” ning so‘z boshida aytilganidek, uni dastlab Buxoroning Narshax qishlog‘idan bo‘lgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy tomonidan 943-944 yillarda arab tilida yozilgan. Hozirda Narshaxiyning nomi O‘rta Osiyoning VIII-XII asrlar tarixiga oid deyarli barcha ilmiy tadqiqotlarda keltiriladi. Lekin uning hayotiga oid ma’lumotlar keltirilmaydi. Bunga sabab uning o‘z asarida ham va unga yaqin davrlarda yashagan boshqa mualliflar asarlarida ham bunday ma’lumotlar keltirilmagan. Faqat Sam’oniyning “Kitob ul-ansob” asarida uning to‘la nomi va u Buxoroda 899 yilda tug‘ilgan hamda 959-960yillari vafot etganligi eslatiladi.

Asarning bizgacha etib kelgan nusxasining so‘z boshida aytilishicha, 1128 yilda asli hozirgi Quva shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr Kuvobiy Narshaxiyning kitobini “ko‘pchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni o‘qishga rag‘bat ko‘rgazmaganliklari” sababli o‘z do‘stlari iltimosiga binoan arabchadan fors tiliga o‘girgan. U “arab tilidagi nusxada so‘zlangan keraksiz va buning ustiga o‘qiganda malollik orttiradigan narsalarni” tarjimaga kiritmay qisqartirib yuborgan.

Tarjimon Abu Nasr Axmad Narshaxiyning arab tilidagi nusxada mavjud bo‘lgan ba’zi mavzularni tashlab ketish bilan birga asarga katta tarixiy qiymatga ega bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlarni qo‘shgan va bunda u o‘z davridan ilgarigi voqealarni yoritish uchun boshqa tarixiy manbalardan foydalangan. Bu manbalardan biri Abu Nasr Ahmad o‘zi ko‘rsatib o‘tgani Abu-l-Xasan Abduraxmon Muhammad Nishopuriyning “Xazoyin ul-ulum” nomli asaridir. Bu asarning bizning davrimizgacha etib kelgan-kelmaganligi hozircha ma’lum emas. Ammo asarda keltirilgan parchalar o‘zidan ko‘rish mumkinki, ayrim satrlarning o‘zi ham Abu-Xasan Abduraxmonning kitobi naqadar muhim tarixiy manba bo‘lganligini so‘rsatadi.

Undan yarim asr o‘tgach asar yana tahrirga uchragan,1178-1179 yillar mobaynida Muhammad ibn Zufar ibn Umar fors tilidagi tarjimani ikkinchi marta qisqartirib bayon qilgan. Ammo asarni o‘qir ekanmiz, biz unda mazkur 1178-1179 yildan keyingi to 1220 yilgacha bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida ham qisqa ma’lumotlar uchratamiz. Bu xol shuni ko‘rsatadiki, Muhammad ibn Zufardan keyin ham bir yoki bir necha noma’lum kishilar asarni tahrir qilganlar.

Kitobning 1939 yilda Tehronda nashr etilgan nusxasidan ko‘rinadiki, «Buxoro tarixi»ga keyinroq ham boshqa mualliflar tomonidan qo‘shimchalar kiritilgan. Bu haqda eronlik olim Muhammad Toqi Bahor o‘zining 1958 yili Tehronda nashr etilgan «Malik ush-shuaro» kitobida guvohlik beradi. Ular ham asarni qisqartirganlar deyishga asos bo‘lmasa-da, lekin qo‘shimchalar kiritganliklari voqealar mazmunidan ko‘rinib turibdi

Tarixchi O. A. Suxareva, Eron olimi Muhammad Toqi Bahorlarning ma’lumotlariga qaraganda, «Buxoro tarixi» biz yuqorida tilga olganimizdan boshqa ko‘p kishilar tomonidan qisqartirilgan, qo‘shimcha kiritilgan va izohlangan. Shunga qaramasdan, hamma tarjimon va sharhchilar kitobning asl muallifi Narshaxiy ekanligini bir ovozdan tasdiqlaydilar.

Bu asarning nomi haqida bir necha so‘z. O‘z asariga Narshaxiy qanday nom bergani haqida ma’lumot yo‘q. Shuning uchun uning nomi turli yurt tarixshunoslik adabiyotlarida turli shakllarda ishlatiladi: «Tarixi Narshaxiy», «Narshaxiy tarixi», «Tarixi Buxoro» «Tahqiq ul-viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro haqida xabarlar») va hokazo.

Shunga qaramay, u hozirgi tarix fanida «Tarixi Buxoro» bo‘lib qat’iy o‘rin oldi. VIII-XII asr Buxoro davlati tarixiga oid tarixshunoslik asosan «Buxoro tarixi» kitobidan olinganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu asarga bo‘lgan katta qiziqish uning jahon xalqlari tillariga ko‘p marta tarjima qilinishiga va ketma-ket nashr etilishiga sabab bo‘ldi. Masalan, frantsuz sharqshunosi Ch. Shefer 1892 yilda Parijda «Buxoro tarixi»ni nashr etdi.

Bu asarni Samarkand uezdining sobiq boshlig‘i, polkovnik N. Likoshin rus tiliga tarjima qilib, 1897 yilda Toshkentda, o‘zbek ma’rifatchisi Mulla Sulton so‘zboshi bilan 1904 yili Buxoroda, Eron olimi Mudaris Rizaviy 1939 yilda Tehronda, Angliya sharqshunosi R. Fray 1954 yilda Kembrijda nashr etgan. Nihoyat, 1966 yilda o‘zbek tilida Sodiq Mirzaev tarjimasida Toshkentda nashr etildi.

Shunday qilib, asl muallif Muhammad ibn Ja’far, uning tarjimoni va davomchisi Ahmad ibn Muhammad, shuningdek, keyingi mutarjim va sharhlovchi Muhammad ibn Zufar «Buxoro tarixi»da VIII-XII asrlarda yuz bergan tarixiy voqealarni bayon qilarkan, musulmon tarixshunosligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, islom asoslari va fiqhni himoya qiladilar. Shu tufayli xalqning ahvoli va arab bosqinchilariga qarshi harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq harakati) qoralanadi.

Hukmron sinflarning unga qarshi harakati ma’qullanadi. Ammo shunga qaramay, tarixiy voqealarining xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko‘taradi. Busiz O‘rta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoliga, keng xalq ommasining bosqinchilarga qarshi qurashiga baho berish mushkul. «Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir.

Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Movarounnaxr tarixi.

Buxoro tarixi kitobi

Китоб маҳсулотларининг характеристикалари, етказиб бериш шартлари, ташқи кўриниши ва ранги ҳақидаги маълумотлар фақат маълумот учун мўлжалланган ва жойлаштирилган пайтда мавжуд бўлган энг сўнгги маълумотларга асосланади.

Электрон китоб:

Мавжуд эмас.
Буюртма учун: (90) 959-25-26

Дўстларизга тавсия этинг

  • Аннотация
  • Фикр ва мулоҳазалар

“So‘nggi Buxoro amiri Sayyid Olimxon (1881 – 1944 yillar) qalamiga mansub xotiralar to‘liq xolicha o‘z

vatanida ilk bor nashr etilmoqda. Uning tolibi ilm bo‘lgan chog‘laridan, amirlik chog‘i, bolsheviklarning Buxoroni zo‘rlik bilan bosib

olishi va vatandan uzoqda, muhojirlik yillarga qadar kechgan umri suronli va murakkab tarixiy davr ko‘zgusida yaqqol namoyon bo‘lgan.

O‘lkamiz kechmishini o‘rganishda tarixiy shaxslar o‘zi yozib qoldirgan, juda kamchil va noyob bo‘lgan bunday asarlarning qimmati yillar

o‘tgani sayin oshib boishi tabiiy ekan, mazkur asarni o‘z o‘tmishiga befarq bo‘lmagan keng kitobxonlar ommasiga havola etamiz.
Hayoti va

faoliyati yillari
1881 – Buxoroda mang‘it o‘zbeklari sulolasidan bo‘lmish Amir Olimxon Karminada tug‘ildi.
1893 – 1896 yillar Amir

Olimxon Peterburgda o‘qiydi.
1896 – Amir Olimxon Peterburgdan Buxoroga qaytadi.
1898 – Amir Olimxon Nasaf viloyatiga hukumron etib

tayinlanadi.
1910 – Amir Olimxon Karmina voliysi.
1911 – Amir Olimxon Buxoro mamlakati taxtiga o‘tiradi.
1921 – Amir Olimxon

afg‘onistonga ko‘chadi.
1944 – Amir Olimxon Qobilda vafot etadi.”

Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi – Kitobning qisqartirilgan nusxasi

Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi – Kitobdan parchalar – Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи
Author: Vamberi Herman
Composer & Editor: Sirоjiddin Ahmad
Translator & Tarjimon: Tohir Qahhor
Publisher: Toshkent.,G’afur G’ulom nashriyoti
Source:www.ziyouz.com
Publication date: 1990
Number of pages: 96
Format / Quality: PDF
Size: 3,3 Mb
Language:Uzbek

Цитата:
«O’tmishi ko‘milgan millatning istiqboli ham zulmat pardasi ostidadir». Ha, mojor olimi Herman Vamberining o‘tmishi ko‘milgan millat haqidagi gaplarini ayniqsa bugun — fuqaro va ulamolarimizning deyarlisi yaqin va uzoq tariximiz xususida o‘ta yuzaki tasavvurga ega bir davrda eslash juda o‘rinlidir. Moziydan bexabarlik kechagi ham bugungi avlodni bir muncha sindirib, ma’naviy qashshoq va kuchsiz, yurtiga, millatiga, istiqboliga befarq qilib qo‘ygandi. Xayriyatki, elimiz bu kunga kelib u mudroq, mute, qo‘rquvparast ruhiy muhitdan qochmoqqa, qutulmoqqa tutindi. Shuning uchun ham bugunda yoshu keksa birday siyosatga, iqtisodga, madaniyatga havasmand bo‘lib qoldi, milliy urf-odatlar, boyliklar haqida qizishib o‘ylay boshladi. Ba’zilar esa, kelajakka—zulmatli bir parda qoplagan tun kabi hozirda majhul bir bo‘shliqqa kalovlanib tikilgancha karomat qilmoqqa urinadi. Afsuski, istiqbolni aniq, tiniq bilimga erishmasdan turib tasavvur etish mumkin emas. Deylikki, bugungi jumhuriyatimizda yashayotgai avlodning ota-bobolari olti ming yillik tarixga, madaniyatga ega; ajdodlarimiz o‘tmishda ko‘p davrlarda hukmronlik ham qilganlar, hukm ostida ham bo‘lganlar; shunga qarab milliy rivojlanish va tanazzul paytlari ham ro‘y bergan. Biz kechmishda yer boyliklarimiz, chegaralarimiz, elimizning nufuzi, qo‘shni mamlakatlar bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalari, mashhur kishilari, ayniqsa, millatni jahon miqyosida shuhratlantiradigan buyuk shaxslari haqida asosli bir qarorga kelmasdan turib, baribir, kelajakda hayotimiz qanday bo‘lishini tasavvur qila olmaymiz.

Menimcha, kelajakka faqat o‘tmish yo‘l ko‘rsatadi, u yo‘l bugunning ko‘ksidan o‘tadi. Bugungi kun mustahkam, qudratli bo‘lsa, o‘tmish va kelajakniig og‘ir ko‘prigini ko‘tara oladi.

Xalqimizning butun borliq umri o‘tadigan ana shu ko‘prikning bunyodga kelishi uchun, unga tomon borish uchun yo‘lko‘rsatkichlar kerak, tarix haqida bilik zarur. Asl ota yurtlari eski Turkiston bo‘lgan mojorlar (vengerlar-xungarlar — xun erlar — T. Q.) olimi Herman Vamberi, uning «Buxoro yoxud Movarouynahr tarixi» kitobi ham ana shunday yo‘lko‘rsatkichlardan biridir.

Bu kitobniig ruschaga Arkadiy Pavlovskiy tarjima qilgai nusxasi Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada saqlanayotgan «Turkiston to‘plami»ning 70—71 jildlaridan o‘rin olgan. Biz jurnalda e’lon qilingan parchalarni tayyorlashda shu kitobdan ham foydalandik, asosan esa, 20-yillarda Buxoro Xalq Maorif Nazoratining nashriyoti tashabbusiga ko‘ra o‘sha ruscha tarjimadan Fotih Karimiy va Burhon Sharaf turkchaga o‘girgan ikki jildlikka (Moskva, 1924 yil, eski imlomizda) suyandik.

Ma’lumki, Herman Vamberining turkiy xalqlar hayoti va islomga oid ilmiy, adabiy, siyosiy-tarixiy va tilga mansub yigirmadan ortiq asarlari bor. Qisqasi, biz bu o‘rinda Vamberining «ingliz josusi» ekani haqida so‘zlashni ortiqcha bilamiz va Fotih Karimiyning shu so‘zlarini takidlash bilan kifoyalanamiz: bu olim «siyosiy fikri jihatidan osuda ochiq turk muxlisi, ingliz tarafdori, Rusiya muxolifi edi, shunga ko‘ra podshohlik Rusiyasi qoshida g‘ayrimaqbul kishilar jumlasidan sanalar edi». Ammo olimga nisbatan shunday qarashlar mavjudligidan qat’i nazar, uning «Istoriya Boxari ili Transoksaniy» asarini 1873 yilda Avliyo Piter shahrida tarjima yetilib tarqatilgani va bizgacha yetib kelgani noyob zikrdir.

Tarjimoi A.Pavlovskiyning «So‘zboshi»sidagi fikrlari ham haqiqatga to‘g‘ridir: muallif Vamberining aytishicha, bu asar ovrupalik ma’lumotli omma uchun Transoksaniya — Movarounnahr mamlakati haqidagi birinchi tarix bo‘lib qoladi. Chunki Vamberi bu kitobni yozishda asl manbalardan, turk, mo‘gul, arab, fors tilidagi tarix kitoblariga bu o‘lkaga qilgan sayohati davomida ko‘rgan va o‘zi to‘plagan qo‘lyozmalardan foydalangai. Tarjimon bu o‘lka temuriylar saltanati tanazzuligacha Movarounnahr deyilgan va so‘ngra, o‘n oltinchi yuz yillikdan Buxoro xonligi deya shuhrat topganinn aytib, shunday deydi: «Eta strana, znamenitaya uje v drevnosti i dostigshaya polnogo velichya pri Tamerlane, izbravshem Samarkand stolitseyu svoey kolossalnoy imperii, do six por ostavalos dlya istorii pochti sovershenno novыm, netronutim polem».

Bu kitobning foydasi, fazilatlari xususida ko‘p gapirish mumkin. Ammo unda ma’lum juz’iy nuqsonlar ham yo‘q emas. Zotan, bu tabiiy holdir, chunki muallif necha ming yillik tarixni kitoblardan o‘rganib, o‘zi boshqa millatga va boshqa milliy mushohada tarziga ega bo‘lgani holda, hukmron bir muhit vakili o‘laroq bu asarni baholiqudrat bitgan. Asarni iashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad ham, uni tahrir qilish va turkcha, ruscha nusxalarga solishtirish jarayonida men ham, shu jihatlarga imkonimiz yetganicha e’tibor berdik.

O’quvchining milliy tuyg‘ulariga, izzat-nafsiga tegadigan ba’zi iboralarni, jumlalarni ataylab tushirib qoldirdik, ba’zilarini mantiqqa, ilmiy asosga suyanib o‘zgartirdik.

Masalan, turkcha nusxadagi «Arablarning hujumi ham qabuli islom» bobi shunday
boshlanadi: «Ulug‘ islom yurtining amodlari g‘arbiy Osiyoda inisho qilung‘ondan so‘nguq arab qahramonlarining g‘olib firqalari Iskandari kabir yo‘li bilan Movarounnahrga kelub kirdilar».

Ruscha tarjimada esa bunday: «Yedva tolko bыli vozdvignuti stolpi ispolinskogo zdaniya islama v zapadnoy Azii, kak pobodonosishe otryadi arabskix iskatelen priklyucheniy vtorgnulis v Transoksaniyu po sledam velikogo Makedoniyanina». Ko‘rib turibsizki, turkcha nusxada bundan keyin ko‘p o‘rinlarda uchraydigan «qahramon arab», umuman, arablarni ulug‘lash ruscha nusxada yo‘q; men Vamberi kitobining asl nusxasini o‘qiy olmaganim uchun ayni paytda faqat bir faraz bilan cheklanaman: Vamberi kitobini yozishda arab mualliflarining, asosan musulmon sharqi mualliflarining asarlaridan foydalangan va ulardagi arablarni madh etish unga ko‘chgan. Shu boisdanmi, ruscha va turkcha nusxalarda ham Movarounnahrga—Turonga bostirib kirgan arablar «qahramonlar» deb, bu yurtning egalari, yurt himoyachilari esa «dushman» deb talqin qilinadi. Qutayba «eng ilk avval Baykand shahrina qarshi yurdi. Ul, sahro havolisina yetkach, onda dushmam askarini tasodif etdi. Dushman askari som jihatincha Qutayba askarindan bik ko‘b ziyoda edi». Ruschadan ham bu mantiqiy xato takrorini ko‘ramiz:

«…doydya do okrain stepi, nashel tam nepriyatelskie silы». Shunga ko‘ra, biz «dushman» so‘zi o‘ringa ba’zi o‘rinlarda turonliklar, turklar iboralarini qo‘lladik.
Ba’zilarda shunday savollar ham tug‘ilar, balki: nega endi bu asar asl nusxadan yoki ruschadan emas, aynan turkchadan foydalaiib tayyorlandi; nega endn buni biz tarjima deyishimiz kerak va hokazo. Birinchidan, qaysi nusxadan foydalanish har bir ijodkorning yoki ijodiy mahkamaning xos huquqidir, ikkinchidan, ruscha nusxada juda ko‘p ismlar, atamalar noto‘g‘ri berilganki, bu shubhasiz, tarjimonni chalg‘itar edi (masalan, «Temur tuzukoti» so‘zini «Tyutsyukat — i — Temur» deb. Chingiz yasoqlarini «yazau Djengiza» deb yoki mashhur forscha iborani «Ameden u kendend u zuxtend u kushtend u burd-dendu reftend» deb berilgan; holbuki, «omadan va kundan va…»). Endi bu asarni tayyorlashda turkchadan tarjima qilinganiga kelsak, biz yuqorida keltirgan parchalardan ko‘rinib turibdiki, F. Qarimiy va B. Sharaf nusxasi aynan olinsa, bugungi o‘quvchi uchun usmonlicha, tatarcha so‘zlar, forsiy va arabiy iboralar nihoyatda qiyinchilik tug‘dirar edi. (Shu o‘rinda bitta misol keltirmoqchiman: «…avvalgi Movaronnuhr shul qadar dushmish va shul qadar qizg‘onch bir holda qolmishdirki, inson eski jo‘g‘rofshonning lek mubolag‘ali o‘lduqlarini yoxud yalan so‘yladiklarina ishonmoqchi bo‘ladir. Hukumat muqarriy, ulamo markazi ham bir xiyli tijarat va sanoat o‘rni o‘lan Buxoro hozirinda ko‘b o‘lsa 30 ming nufuzli va Osiyoning eng pis va sihat uchun eng zararli bir baldasidir». 1 jild 31-32-betlar). Shuni hisobga olib, biz asarni turkchadan aynan «tarjima» qilib, o‘zbek tiliga moslashtirib, matndan erkin foydalangan holda kitobda e’lon etdik.
Vamberining asarida shunday gaplar borki, menimcha, ular aslida bosqinchilik siyosati manfaati uchun aytilgandek tuyuladi. Masalan, Turon xalqlarini, qavmlari va urug‘larini bir-biriga qarshi qo‘yish uchun u bir o‘rinda, mo‘g‘ullar Samarqandga bostirib kirganida, bosqinchilarga yerli turk va qang‘li qavmlariiing qo‘shilib ketganini aytsa, arablarning Buxoroga bosqin davrida, o‘shanda aholisi asosan turklar va tojiklar bo‘lgani uchun (bir oz hushyor tortib, ovrupalik mustamlakachilar bu yurtga ko‘z tikkan zamonlarda ham aholi tarkibi shunday ekanini va ularni bir-biriga qarshi qo‘yish yerlilarni kuchsizlantirishga olib kelishini, bu esa bosqinchilarning ayni muddaosi ekanini o‘ylang) shunday yozadi: (ruschada) «Guseyn tot chas dvinuleya Boxoru, kotoroy jiteli po bolshoy chasti tadjiki, vo vse vremeni izvestvne za trusos, vishli protiv nego, xorosho voorujennne…» Turkchasida: «Husayn tulo‘q soat Buxorog‘a harakat etdi. Oning aholisi aksariyat tojiklar bo‘lib, jabinlik ila mashhurdirlar. Alar qurollanib, Husayn askarina qarshi chiqdilar…» Biz bu gaplarni ikki karra gijgijlovchi ma’noga egaligi uchun ham kitobda bermadik. Birinchidan, hech bir qavmni, millatni qo‘rqoqligi bilan mashhurdir deb bo‘lmaydi. Ikkinchidan, bu yerdagi bu qavm Buxoro aholisining aksariyatini, bunisi ozchiligini tashkil etardi, degan so‘z ham aniqlik kiritishga muhtoj. Zotan, Vamberining o‘zi ham, barcha forsparast guruhlar ko‘p ta’kidlagan gapni takrorlab, Movarounnahrning madaniy qismi «eron unsurlari» deydi va jumladan, savdo va hokimiyat ishlari markazi bo‘lgan Buxoro shahriga tojiklarniig ko‘proq yig‘ilishi o‘sha muhitda tabiiy hol ekanligini va bu o‘rinda Buxoro mamlakatiga kiruvchi boshqa viloyatlaru qishloqlarda, sahro yaylovlarida asosan ko‘p sonli turk qavmlari yashaganini esdan chiqargan.

Bu holatda ham shu ikki qo‘shin, bir-biriga xalq va millat sifatida taqdirdosh, qismatdosh bo‘lgan tojiklar va turk qavmlari o‘rtasiga nifoq solishning ko‘rinmas iplarini sezish mumkin. Shuning uchun ham bunday gap so‘zlar Vamberining biz kitobda bergan tarixii hikoyalaridan olib tashlandi.

Bu kabi qusurlaridan qat’i nazar, Vamberining asari qimmatli tarixiy ma’lumotlarga to‘la. Ayniqsa, uning bergan izohlari ham ilmiy asosli, ham tarixan maroqlidir. Biz kitobda faqat matnning o‘zini berdik, izohlar ko‘pligi va murakkabligi, boshqa tarixiy manbalar bilan solishtirishni taqozo etgani tufayli, ularni tushirib qoldirdik. Shu boisdan Shayboniyxon shaxsi va umuman, o‘zbeklarning milliy xususiyatlariii ochiqlovchi bir izohni to‘laligicha keltirmoqchiman. Shayboniyxon Burga Sultonni yo‘ldan olib tashlash hokimiyatni mustahkam egallashdagi qilinadigan ishlardan biri ekanini sezgach, qat’iy harakat boshlaydi.

Burga Sulton saroyiga qishda, qahraton sovuqda kutilmaganda bosqin yasagan o‘zbeklar uni qochirib yuboradilar. Saroyda qolganlar qatl etiladi. «Tong ochilg‘ondan so‘ng Shayboniyning odamlari yaralanuvi ma’lum bo‘lg‘on Burgani izlarga boshladilar. Qor ustina tomub borgon qon asarini ko‘rdilar, bu qon izlari o‘rmon ichina borub kirdi. Shuning bo‘yincha borub, nihoyat, yorali bir askar tobdilar. Kim ekanini so‘rag‘anlari vaqt o‘zining Burga Sulton bo‘lg‘anlig‘in so‘yladi. Shayboniy oning Burga emas, balki Burganing xodimi Mungabiy bo‘lg‘onini bilib, sen nechun o‘zingni Burga Sulton deb so‘ylading, dedi. Bunga qarshi Mungabiy: «Podshoh, men Burga bilan birlikda o‘sdim, oning ekmaktuzini oshladim, sening odamlaring oni izladiklarini bilganim vaqt oning hayotini qutqarmoq uchun o‘zimni fido etarg‘a, onga ta’yin etilgan o‘lim o‘qini o‘z ko‘kragimga olurg‘a qaror berdim. Endi ixtiyor sizda, tilasangiz nishlangiz» deb javob bergan. «Shayboniy xeyli bir olijanob zot bo‘lg‘onliqdan bu nomusli odamga zo‘r mukofot berub, ozod etgan. Lekin so‘ngra Burga topilib, qatl etilgan. Bu o‘rinda Shayboniyning shafqatsizligi bilan barobar nihoyatda olijanob, sadoqatni qadrlovchi inson ekani, shuningdek, Mungabiyning mard, to‘g‘riso‘z, eski turklardagi kabi sadoqat egasi ekani, xullas, ikki shaxsning milliy xususiyatlari ayon bo‘lmoqda.
Vamberi yana bir izohida, Qutayba Turon askarlarini kuch bilan yenga olmasligini bilgach, hiylaga o‘tgani va birlashgan turk, so‘g‘d askarlari ichiga ayg‘oqchi yuborib, fitna tarqatganini hikoya qilgach, o‘sha josusning «asli eronli Tindir» (ruschada «eto bil sobstvennыy shpion Kuteybe, po imeni Tender, rodom Pers») ekanini aytadi.

Vamberining bu kitobidagi muhim ma’lumotlardan biri shuki, u Temurning otasining ismi (hozirgacha buni barcha ruschadagi va o‘zbekchadagi kitoblardan Tarag‘ay deb noto‘g‘ri yozilib kelinmoqda — T. Q.) To‘rg‘ay ekanini aytadi «Temurning otasi To‘rg‘ay (bidbildik) barlos urug‘ining boshlig‘i edi» deydi va izohda aytadiki, Vaylning o‘qiganicha Tarag‘ay emas (ruschadan ham «Otets yego Turgay (perepel) bil glavoyu Berlas… Ne Targay, kak chitaet Veyl») deydi. Haqiqatan ham, Vamberining fikri to‘g‘ri. Chunki Targ‘ay, Tarag‘ay so‘zining ma’nosini shunday deb yozganlar izohlashmagan. Vamberi ham bu yerda nega To‘rg‘ayligiga izoh bermagan.

Eski turklar tarixidan ma’lumki, ota-bobolarimiz islomiyatdan avval budda diniga, Ko‘k diniga (shamanizm) mansub bo‘lganlar, ularning totemlari hayvonlar va qushlar bo‘lgani ham ma’lum. Shu jihatdan qaraganda, shuningdek, Temur davri va undan keyin ham islomdan avvalgi eski turk odat va an’analari saqlanib qolganini, xususan, islomiylashgan turklar o‘zlarsha bir arabiy ism bilan birga bitta eski turacha ism ham qo‘yganlarini eslasak, nega To‘rg‘ay deb atalgani anglashiladi.
Vamberining bir izohida ko‘ragon so‘zi (biz hozirgacha o‘rganganimiz «kuyov emas — T. Q.) go‘zal ma’nosini bildirishi, ko‘ragon-ko‘rkli, ko‘rkam ekani aytiladi. Muallif «Temurning urug‘i barlos bo‘lgan, ammo oila tarmog‘i ko‘ragon»dir deydi. Demak, Temur barlos qabilasining ko‘ragon — ko‘rkam urug‘idan bo‘lgan. Hozirda Shahrisabz va boshqa yerlarda yashovchi barlos qavmiga mansub kishilarning ko‘rkamligi ham olimning bu fikrini tasdiqlaydi. Ko‘ragon so‘zini mo‘g‘ulchaga bog‘lovchilarning asl niyati, menimcha, Temur saltanati va yurishlari davrida ancha-muncha tarixiy alg‘ov-dalg‘ovlarga duchor qilingan ellarning vakillari bo‘lmish, xususan, arab va fors mualliflari va ularning asarlari tarjimasi vositasida Ovrupaga ham o‘tgan bir tomonlama, qusurli ma’lumotlardir. Temurning «mo‘g‘ul naslindan bo‘luvi haqinda Mirxond, Sharafiddin, Vayl, Hommer va boshqa mustashriqlarning rivoyatlari ikki martaba yolg‘ashdir». Vamberi bu fikrini va «Temurning Qorachar no‘yon naslindan bo‘luvi bo‘sh hikoya»ligini, Chig‘atoyning unga o‘xshash vaziri bo‘lganligi to‘g‘risidagi so‘z «Jahonkushoy»da yo‘qligi, ammo Rashididdin, Mirxond va boshqalar ma’lumotlarni «Jahonkushoy»dan olganliklarini. tasdiqlaydi. Temurning naslini mo‘g‘ullarga bog‘lagan bizning zamon tarixchilari ham shu adashishning ixtiyorsiz qurbonlari o‘laroq asossiz so‘zlarni takrorlab yurganliklarini ana endi tushunsa bo‘lar, deb o‘ylayman.

Mojor olimining «Temur tuzuklari» haqidagi bir izohi ham maroqli tuzuk so‘zining asli eski turkchadagi tutsuq (arabcha nizom) ma’nosidadir; bu so‘zga arabcha ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shib, «tuzukot» yasalgan. Olim yana bir izohida «Temur tuzuklari»ning asl chig‘atoycha nusxasi Yaman voliysi Ja’farning kitobxonasida saqlanishini aytadi. Agarda bugungi o‘zbek olimlari shu asl kitobiing faksimil nusxasini ishlab chiqib, e’lon qilsalar, tarixiy nashrlarimiz yo‘li bir muncha yorishar edi.
Ma’lumki, Amir Qozg‘on bilan Temurning otasi To‘rg‘ay o‘rtasidagi munosabat juda yaxshi bo‘lgan, shuning uchun Amir Qozg‘on Temurga muruvvatlar ko‘rsatgan, qo‘shiniga mingboshi qilib olgan; so‘ngroq Temurga o‘zining nevarasini — o‘g‘li Saloyning qizi Uljoy Turkon Xotunni olib bergan. Shu Saloy so‘ziga Vamberi bir izohida alohida to‘xtalib, bu ismni bir necha ovrupa olimlari noto‘g‘ri talqin qilganini, noto‘g‘ri o‘qiganinn ta’kidlab, saloy eski turkchadagi vatan so‘zidir, deydi. Haqiqatan ham, saloy so‘zi ism sifatida bugun ham ko‘p uchraydi, faqat biz uni arabcha Salohiddin, Solih so‘zining buzilgan shakli deb qarab kelganmiz.

Temurning oqsoqligi masalasida ko‘p noto‘g‘ri gaplarni o‘qiganmiz. Bu bo‘htonlar buyuk Temurning shavkatiga qasddan qilingandir. Ma’lumki, Temur Seyistonga hujum paytida jangda majruhlanib, keyin oqsoq bo‘lib qolgan. Suriyalik olim Ahmad ibn Arabshoh esa, ichidan to‘qib, Temur qo‘y o‘g‘irlab borayotganda, qo‘yning og‘irligidan yo‘lda oqsoqlanib yurgan va shuning kasrin Oqsoq bo‘lib qolgan, deydi. Vamberi shu bo‘htonni fosh etish barobarida Temurni «tatar jahongiri» deb (ruschada va turkcha nusxalarda ham) o‘ziyam yanglishib ketadi.

Vamberi, umuman, bu kitobida turk iborasini qo‘llash o‘rniga ko‘p hollarda tatar so‘zini ishlatadiki, bu, menimcha, olim mansub muhitda bu istiloh iste’molda bo‘lganini ta’kidlaydi, aks holda, sharqiy Turkiston haqida so‘z ketganda, ruscha nusxada «Kitayskaya Tatariya» deb yozilmasdi, turkchada esa «Turkiston Chini» deb berilgan.

Vamberi Temur shaxsini iloji boricha to‘g‘ri aks ettirishga intilgan. Bu uning hodisalarga, shaxslarga bergan izohlaridan ham ma’lumki, ba’zilarini misol tariqasida keltiraman. Birinchi jildnnpg 243-betidagi izohda aytilishicha, Temur bori 243 qahramon bilan Husaynnnng 12.900 kishilik askariga hujum qilib, qal’ani olib, raqiblarini quvib yuborgan. Avvalo Temur askarlari qorong‘i bir tunda asta-asta qal’a devoriga minib, soqchilarni o‘ldirib, himoyadagi askarlarni zabt bilan o‘rab-qirib, quvib, mislsiz jangovarlik ko‘rsatganlar. Yana bir gap: Temur barcha ishlarni maslahatlashib, qurultoy chaqirib hal qilgani ko‘p aytiladi. Balxdagi qurultoyda Shayx Muhammad, Bayon Sulduz… amir Zindahashm qatnashadilar; olimning izohlashicha, Znndahashm avval Temurga qarshi ko‘p marta isyon etgan, hamisha mag‘lub bo‘lgan. Keyinroq esa, Temurning muruvvati va olijanobligi tufayli, Zindahashm unga xizmat qilish barobarida, yuksak martabalarga erishgan.

Vamberi tarafkashlik qilmasdan, Ibn Arabshohning «Temur Chingizxonning yasoqlarini Qur’ondan yuqori ko‘rardi», deb haqsiz ayblashini ham to‘g‘ri ta’kidlab, aslida, islom tashkiloti askarin idoradan ko‘ra ruhoniy idoraga tadbiq etilib yasalganini, mo‘g‘ul yasoqlari esa davlatni tutib turishda, himoyalashda kuchli jangovarlikka egaligini aytadi. Nazarimda, Vamberining bu qarashi butunda ham ko‘p kishilar, davlat tashkiloti diniy bo‘lishi kerakmi yoki askariymi, deb bahs yuritayotganlar bilib qo‘ysa arziydngan muhim fikrdir. Haqiqatan ham, bir davlat ruhoniy taraqqiy asosida jamiyat qursa-yu, yonidagi qo‘shni davlat askariy taraqqiyga ega jamoadan iborat bo‘lsa, ruhoniy tashkilotli davlat o‘zini qanday himoya qiladi? Amir Temur bu masalalarni o‘z davrida teran o‘ylagan va o‘z saltapatini ham eski turk davlatchiligida bo‘lganidek askariy tartiblarga va hukmron islom ruhoniy tashkilotiga asoslanib qurgan. Xullas, Vamberining bu kitobi o‘quvchilar o‘rtasida keskin mulohazalar uyg‘otishi tabiiy. Uni ilmiy tadbiq etish esa olimlarimizga havola.

Qiziqarli malumotlar
Ушбу китобга ўхшаш асарлар