Рубрика: Tez aytishlar (latin)

Рубрика: Tez aytishlar (latin)

Sharif shartta sharfini oʼradi.

O’TKIR HOSHIMOVNING “IKKI ESHIK ORASI” ASARIDA FOLKLORNING O’RNI

Anotatsiya: O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida folklor namunalari keltirilgan bo’lib ularda xalqimiz ma’naviy qiyofasi ,milliy qadriyatlari, milliy mentalitet o’z aksini topgan.Garchi bu asar sujetiga o’zgartirish kiritmagan bo’lsa-da asarning yurakka yaqin va jonli chiqishida katta o’rin egallaydi.

Ma’lumki,har qanday inson folklor haqida tushunchaga ega emasman deb o’ylagan taqdirda ham ongi, shuurida folkloriy an’analar yashaydi.Ijodkor ham badiiy asarini bilib-bilmay shu an’anaga tayanib yaratadi.Chunki, folklor bizning olamimiz, butun borlig’imiz.Tug’ilganimizda aytiladigan alladan boshlab umrimiz yakunidagi motam qo’shiqlarigacha hamma hammasi folklordir.Bunda xalq ruhiyati, orzu-umidlari, mentaliteti afsonalarda, marosimlarda , kuyimiz-u tilimizda aks etadi.

O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani asosan urush yillari qiyinchiliklari, front va front orti azoblari, muhabbat va nafrat, ochlik va qahatchilikni turli qatlam vakillari tilidan mahorat bilan yoritib bergan asardir.Yozuvchi asardagi voqealarni kichkina bola nigohidan tortib to qari insonlar dunyoqarashigacha har birining “men”iga kirishib yozadi.Bola tilidan so’zlaganda kichkina Muzaffarning dunyosiga, ayol his-tuyg’ularini tasvirlaganda Robiya , Ra’no, Zuhra kelinlarning dunyosiga aylanadi.

Mana shu personajlarni yanada oydinroq aks etishda asarda folklorning o’rni juda katta.

Bilamizki, bolalar dunyosini turli o’yin qo’shiqlari , tez aytishlar, tegishmachoq, chorlama va masxaralamalarsiz tasavvur etish qiyin.Muallif asarda Muzaffardagi sho’xlik, qiziquvchanlikni sinfdoshi Munavvarga qarata aytgan masxaralama orqali tasvirlaydi:

“-Bilasanmi sen kimsan: Minavarsan! Minavar, Minavar cho’ntagingda nima bor? Sichqonning ini bor, kalamushning dumi bor! Dumingni bir ko’rsat!” [1,415-b]

Yoki ma’lum bir guruhga qarata aytiladigan sof bolalik raqobatlari 17-bobda 1-sinf o’quvchisi Muzaffar Shomurodov hikoyasida namoyon bo’ladi.

“Tanaffusda 2-sinf bolalari bizni masxara qilishadi. Hammasi baravar qarsak chalib ashula aytadi

Birinchi chol, otga beda sol,

Oting yemasa ,chaynab sol.

Avvaliga alam qilib yurdi-yu Ma’suda opa bizni yupatdi:

-O’zlariyam bultur birinchi chol edi,qo’yaveringlar!

O’shandan buyon tanaffusda ikkinchilar bilan o’ynamaymiz. ”[1,250-b] O’tkir hoshimov bolalar dunyosini ochib berishda faqat holat tasviriga emas, balki ularga xos soddalikka asoslangan folklorga murojaat etadi.

Yozuvchi asarda chinakam ma’noda o’zbek xalqi urf-odatlarini yorita olgan.jumladan chaqaloqni beshikka belash marosimining tasvirlanishi o’zbeklarda chaqaloqqa e’tiborning naqadar kuchliligidan , uni turli ins-jinslardan , har xil ko’zlardan saqlash maqsadida qilinganidan dalolatdir. Qolaversa, ushbu marosim odatlari xalqimizning azaldan totemlarga, animizmga ishonishlarini yaqqol ko’rsatadi.

“Ammam xokandozda tutab turgan isiriq ko’tarib kirdi.Harsillab nafas olgancha allanimalar deb pichirladi, beshik atrofida xokandozni aylantirdi.Lazakat xola piyolaning og’zicha keladigan kulchani beshik boshiga qo’ydida, ustiga yostiqchani tashladi” [1,171]

Isiriq o’zbeklarda turli balo-qazolardan asrovchi o’simlik sifatida tutatilgan.Qolaversa, tibbiyot nuqtai nazaridan ham ushbu o’simlikning turli viruslarga qarshi eng yaxshi dori ekanligi aniqlangan.Non esa chaqaloq beshigini turli ins-jinslardan asragan,bolaning rizqi butun bo’lishini istagan yaqinlari uni yaxshi niyatda boshi ostiga qo’yishgan.

“Lazakat xola ukamni asta ko’tarib, negadir beshikka ko’ndalang yotqizmoqchi bo’ldi.

-Qayoqqa yotqizay!-deb so’radi baland ovozda.-Shu yoqqami?

Xotinlar chuvillashib ketishdi.-Yo’q! Yo’q!

Lazakat xola endi ukamning oyog’ini yostiq tomonga aylantirib yotqizmoqchi bo’ldi

Xotinlar kula-kula battar chuvillashdi.Yo’q!-Yo’q!

Iye, Lazakat xola qanaqa o’zi!Yostiq qayerdaligni bilmaydi-mi?Ukam yig’lab yotibdi-ku, bular kuladi-ya!Endi jahlim chiqib turgan edi, Lazakat xola nihoyat chaqaloqni qanaqa yotqizish kerakligini “tushundi”. Ukamni to’g’ri yotqizdi

-Ha, ha!-Xotinlar qiy-chuv bilan tasdiqlashdi.-Shu yoqqa!

Lazakat xola oyoq-qo’llarini pitirlatib yig’layotgan ukamni chaqqonlik bilan beshikka bog’ladi-da, duo qildi:

-Iloyo umring uzoq bo’lsin.Baxtli bo’lgin! Insofli tovfiqli bo’l.Mehnatkash bo’l”

Yozuvchi tasvirlagan chaqaloq belash marosimi asar sujetiga biror burilish yoki o’zgartirish kiritmagan bo’lsada u o’zbekona mentalitet iforini taratib turadi, asar mazmunini bezaydi.Muallif o’z dunyosi, atrofidagi “Sfera”dan chetga chiqmaydi.Qaytanga oddiy xalq hayotini ko’rsatib beradi.

Bundan tashqari asarda to’y marosimlari, sovchilikka borish udumlari, yor-yorlar, qochirimlar, qolaversa, motam qo’shiqlari ham mavjud bo’lib bu nafaqat bugungi avlodlarga , balki keyingi avlodlarga ham an’anaviy, ham milliy o’zlikni anglashni o’rgatadi, xalq og’zaki ijodida saqlangan boy tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O’tkir Hoshimov.Ikki eshik orasi.MERIYUS, Toshkent, 2011

Рубрика: Tez aytishlar (latin)

Kasper kemada Kaspiy dengizidan kasal koʼrgani keldi.

«Sport oʼyinlari xaqida» tez aytishlar

Опубликовано 25 января, 2021 автором qwert.uz

Vali bolalar bilan voleybol oʼynadi.

Boqi buvasi bilan boks boʼyicha baxslashdi.

«Sevgi-muxabbat» mavzusida xazil tez aytishlar (prikollar)

Опубликовано 16 декабря, 2020 16 декабря, 2020 автором qwert.uz

«Sen sevasanmu, men sevamanmu» degan qoʼshiqni — siz sevasizmu?

«Sevgi-muxabbat xaqida» tez aytishlar

Опубликовано 11 декабря, 2020 автором qwert.uz

Eshmat «Ishkal» «Ishdagi ishq» ni ishxonada koʼrib, ishsiz qoldi.

Muxabbat muxlislar muxabbatini mensimay muxlissiz qoldi.

«Ob-xavo xaqida» tez aytishlar

Опубликовано 9 декабря, 2020 автором qwert.uz

Kamol xammol shamolda molni tolga bogʼladi.

Burxon bugun boʼron boʼlishini bilib boʼlgandi.

«Qishgi issiq kiyimlar xaqida» tez aytishlar

Опубликовано 8 декабря, 2020 автором qwert.uz

Sharif shartta sharfini oʼradi.

Qoʼldosh qoʼliga qoʼlqopini qoqib kiydi.

«Yangi yil» tez aytishlari

Опубликовано 7 декабря, 2020 автором qwert.uz

Аrcha atrofida barcha ancha charchadi.

Qorqiz — qorday oppoq, oyday oyqiz.

Qish xaqida tez aytishlar

Опубликовано 5 декабря, 2020 5 декабря, 2020 автором qwert.uz

Chillani chinakamiga chirillatgani chatoq.

Qaxraton qishning qaxri qattiq.

TOP-25 o’zbekcha tez aytishlar to’plami bolalar uchun

Ushbu sahifada bolalar uchun 25 ta qiziqarli o’zbekcha tez aytishlar to’plami joylashtirilgan. Bolalarga imkon qadar oson va qisqa bo’lgan tez aytish topishga harakat qildik. Marhamat, o’zbek tilida yozilgan tez aytishlar sizni kutmoqda!

  1. Oltin o‘tloq — oq o‘tloq.
  2. Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.
  3. Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi.
  4. Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?
  5. Oqil oq olma oldi, oq olmani Oqil oldi.
  6. Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
  7. Non yasashasizmi, sholi sanashasizmi?
  8. Ergash Erkinga ergashdimi, Erkin Ergashga ergashdimi?
  9. Tolib to‘pni tepib toldi, so‘ngra to‘pni sumkaga soldi.
  10. Salim sumkasiga patirni soldi, Salima sumkasidan atirni oldi.
  11. G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildiratdi
  12. Jamila jiydani joyiga joyladi.
  13. Lola arralaydi, Sora allalaydi.
  14. Ayiq asal yaladi, asalari taladi.
  15. Bedarak bedana bedazorda bedor bo‘ldi.
  16. Bu bo‘ri bo‘z bo‘rimas chiyabo‘ri.
  17. Bulturgi burgutni bugun Urgutda ko‘rdim.
  18. Chumchuq chug‘urchiqni cho‘qimasa, chug‘urchiq chumchuqni cho‘qimaydi.
  19. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq.
  20. Ikki ayiq qayiqqa qaradi, oq ayiq oldin qaradimi, qora ayiq oldin qaradimi?
  21. Jo‘ja cho‘chib, go‘ja cho‘qir.
  22. Qalin qorga qora qarg‘a zo‘rg‘a qo‘ndi, ana qara.
  23. Qo‘ng‘iroq qo‘zichoqnikimi, qo‘g‘irchoqnikimi?
  24. Shamol shovullab shovqin soldi, shalpangquloq qo‘rqqanidan shataloq otib qoldi.
  25. Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk.

Savol: Ushbu sahifada qanday mavzularda tez aytishlar joylashtirilgan?

Javob: Odam haqida, inson haqida, ismlar haqida, hayvonlar haqida, qushlar haqida, jashoratlar haqida, tabiat haqida va mevalar haqida imkon qadar qiziqarli, oson va qisqa tez aytishlar joylashtirilgan.

Qiziqarli malumotlar
Рубрика: Tez aytishlar (latin)