WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?
WiFi ga nechi kishi ulanganini ikkita usuli bor (men bilganlarimdan albatta): Routerni o’zi orqali bilish uchun boshqaruv paneliga kirish kerak, buning uchun wifi ga ulangan telefon yoki kompyuterda istalgan brauzerni ochib, adresnaya strokaga (saytlarni manzili kiritiladigan joyga) boshqaruv panelining IP manzilini kiritish kerak, ko’pchilik routerlar uchun bu 192.168.1.1 (aynan shu ketma-ketlikda, nuqtalar bilan birga) hisoblanadi. So’ng sizga boshqaruv panelining login va parolini kiritish sahifasi ko’rsatiladi. Uning paroli o’zgartirilmagan bo’lsa yoki siz uni bilmaydigan bo’lsangiz, ikkalasiga ham admin deb yozib ko’ring. Ba’zan login: admin | parol: 12345 bo’lishi ham mumkin. Shuningdek routerni ostida ham bular yozilgan bo’ladi. Agar umuman topa olmasangiz va yuqoridagilar yordam bermasa, sizga wifini ulab began odam bilan bog’laning, u xavfsizlik maqsadida uni o’zgartirib qo’ygan bo’lishi mumkin. Shundan so’ng boshqaruv panelida hozirda tarmoqqa necha kishi ulanganini ko’rish mumkin bo’ladi. Buning uchun «Беспроводной режим» (Wireless) => «Статистика беспроводного режима» (Wireless Statistics) vkladkasiga o’tish kerak (bu TP-Link routerida, boshqalarida farq qilishi mumkin). Ushbu sahifada hozirda necha kishi, qaysi MAC manzildan o’tirgani ko’rsatiladi. Agar begonalar ulanganligiga shubha qilsangiz (buni MAC manzillar yordamida aniqlash mumkin), MAC filtr qo’yish yoki wifi ismini ko’rinmas qilib, parolini o’zgartirish mumkin. Iloji bo’lsa WPS protokolini o’chirib qo’ying (hozi hamma shu orqali buzadi). Bundan tashqari, wifi ga nechta qurilma ulanganini maxsus dasturlar orqali bilish ham mumkin. Kompyter (Windows OS) uchun bepul dastur — Wireless Network Watcher (yuklab olish uchun http://www.nirsoft.net/utils/wnetwatcher.zip) dasturidir. U ingliz tilida, leki tushunib olish qiyin emas. Android uchun Wifi Analyzer- Home Wifi Alert. Boshqa turlari ko’p, android uchun wifi kill degan dastur ham necha kishi o’tirganini ko’rsatib beradi + ularni «kill ya’ni tarmoqdan foydalana olmaydigan qilib qo’yish mumkin. Internetda boshqa dasturlarni ham qidirib ko’ring.iOS uchun https://itunes.apple.com/ru/app/кто-использует-мою-wi-fi-wuwm-защитите-вашу-сеть-от/id869118704?mt=8 Bundan ham qiyinroq usullari mavjud, lekin ularni keltirmagan ma’qul, chunki mazkur masala uchun yuqoridagi yechim yetarlidir. Xatoliklar bo’lsa uzr, qayta o’qib chiqmadim.WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Routerni o’zi orqali bilish
Maxsus dasturlar yordamida wifi ga necha kishi ulanganini bilish
WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?