WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?

WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?

Savol:

Salom, mening wifi imni puli oxirgi paytlar tez tugab qoladigan bo’lib qoldi. Shunga hozirda wifiga necha kishi ulanganini bilishim uchun nima qilish kerak. Ular qanaqa telefondan, qayerdan kirayotganini bilish ham mumkinmi? Maxsus dasturlar bormi yoki buni bilish uchun provayder ofisiga borish kerakmi. Xakerlaram jonga tegdi lekin…

Javob:

WiFi ga nechi kishi ulanganini ikkita usuli bor (men bilganlarimdan albatta):Routerning o’zida mavjud bo’lgan usullar orqali.Maxsus dasturlar yordamida.Routerni o’zi orqali bilishRouterni o’zi orqali bilish uchun boshqaruv paneliga kirish kerak, buning uchun wifi ga ulangan telefon yoki kompyuterda istalgan brauzerni ochib, adresnaya strokaga (saytlarni manzili kiritiladigan joyga) boshqaruv panelining IP manzilini kiritish kerak, ko’pchilik routerlar uchun bu 192.168.1.1 (aynan shu ketma-ketlikda, nuqtalar bilan birga) hisoblanadi.So’ng sizga boshqaruv panelining login va parolini kiritish sahifasi ko’rsatiladi. Uning paroli o’zgartirilmagan bo’lsa yoki siz uni bilmaydigan bo’lsangiz, ikkalasiga ham admin deb yozib ko’ring. Ba’zan login: admin | parol: 12345 bo’lishi ham mumkin. Shuningdek routerni ostida ham bular yozilgan bo’ladi. Agar umuman topa olmasangiz va yuqoridagilar yordam bermasa, sizga wifini ulab began odam bilan bog’laning, u xavfsizlik maqsadida uni o’zgartirib qo’ygan bo’lishi mumkin.Shundan so’ng boshqaruv panelida hozirda tarmoqqa necha kishi ulanganini ko’rish mumkin bo’ladi. Buning uchun «Беспроводной режим» (Wireless) => «Статистика беспроводного режима» (Wireless Statistics) vkladkasiga o’tish kerak (bu TP-Link routerida, boshqalarida farq qilishi mumkin). Ushbu sahifada hozirda necha kishi, qaysi MAC manzildan o’tirgani ko’rsatiladi.Agar begonalar ulanganligiga shubha qilsangiz (buni MAC manzillar yordamida aniqlash mumkin), MAC filtr qo’yish yoki wifi ismini ko’rinmas qilib, parolini o’zgartirish mumkin. Iloji bo’lsa WPS protokolini o’chirib qo’ying (hozi hamma shu orqali buzadi).Maxsus dasturlar yordamida wifi ga necha kishi ulanganini bilishBundan tashqari, wifi ga nechta qurilma ulanganini maxsus dasturlar orqali bilish ham mumkin. Kompyter (Windows OS) uchun bepul dastur — Wireless Network Watcher (yuklab olish uchun http://www.nirsoft.net/utils/wnetwatcher.zip) dasturidir. U ingliz tilida, leki tushunib olish qiyin emas. Android uchun Wifi Analyzer- Home Wifi Alert. Boshqa turlari ko’p, android uchun wifi kill degan dastur ham necha kishi o’tirganini ko’rsatib beradi + ularni «kill ya’ni tarmoqdan foydalana olmaydigan qilib qo’yish mumkin. Internetda boshqa dasturlarni ham qidirib ko’ring.iOS uchun https://itunes.apple.com/ru/app/кто-использует-мою-wi-fi-wuwm-защитите-вашу-сеть-от/id869118704?mt=8Bundan ham qiyinroq usullari mavjud, lekin ularni keltirmagan ma’qul, chunki mazkur masala uchun yuqoridagi yechim yetarlidir. Xatoliklar bo’lsa uzr, qayta o’qib chiqmadim.
Живой опыт). Bir kuni bir tanishim menga shunaqa muammosi bilan murojaat qildi. Albatta men muammoni hal qilish uchun uning uyiga bordim. O’sha vaqt nima bo’ldiki, har doim o’zim bilan olib yuradigan noutbukni olishni esdan chiqaribman. Shunda miyamga bitta juda zo’r fikr keldi. Routerni «almashtirib qo’yish». Ko’pchilik o’sha vaqtda wifini androiddagi programma orqali vzlom qilardi, ayni uchiga chiqqan paytlar…

Qisqasi men o’z smartfonimda точка доступа (access point) ni do’stimning routerining SSID (ismi) va paroli bilan bir xil qilib sozladim. Buni qilish qiyin emas, ismini o’z wifingiz ismi kabi bir xil qilasiz, parolni ham. Deyarli barcha smartfon agar wifi ma’lumotlarini saqlab qolgan bo’lsa, MAC manzilni tekshirib o’tirmaydi, «ismi mos keldimi, xa, parolchi, parol xam mos keldi, demak ulanamiz» kabilida ish tutadi. Masala shu yerda hal bo’ldi desa ham bo’ladi, lekin rosa «chayniklar uchun».

Smartfonda точка доступани yoqish va wifi routerni o’chirish bir vaqtda sodir bo’lishi kerak. Shunda foydalanuvchining smartfoni 5-7 soniyaga wifidan chiqib, yana qayta ulanadi, faqat bu safar oldindan tayyorlangan «qopqonga». Smartfon esa hozirda necha kishi ulanib turganini ko’rsatib beradi (MAC manzilini ham).

Shunday qildik va darrov ko’chaga chiqdik, 2-3 ta bola o’tirgandi (wifida o’tirgani aniq, faqat isbotlash kerak). Qisqasi borib, mana shu mac adreslar bizni wifiga ulangan, agar silar bo’lmasalaring, telefonlarinni MAC maznilini ko’rsatinglar dedik, qarasak shu manzillar. Dakki berib, haydab yubordik, routerni esa qayta vzlom qilmasligi uchun WPS protokolni o’chirib berdim va 95% «testirovshiklardan» qutulish uchun SSID ni ham yashirin qilib qo’ydim.

Qisqasi, bu javob berilgan savoldagi muammoni hal qilish uchun yetarlidir (agar ortig’i bilan bo’lmasa). Bunda hozirda wifiga necha kishi kirganini bilish uchun dasturlar yuklash yoki 192.168.1.1 ga kirish talab etilmaydi.
salom ,mening wayfayimning kimlar ulanganini bil moqchi edim
Kto ispolzuet moy wifi — programma kerak

Savollarga javoblar
WiFi tarmog’ida hozirda necha kishi o’tirganini qanday qilib bilish mumkin?