Vaqt va fursat qadri haqida maqollar to’liq malumot oling
Avval kelgan ho’kiz
Suvning tozasini ichar.
Avvalgi savdo — savdo,
Keyingi savdo — g’avg’o.
Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat.
Bahorgi beg’amlik — kuzgi pushmonlik.
Bahorgi harakat — kuzgi barakat.
Bahorning bir kuni yilga tatir.
Bahorning bir kuni qishni boqar.
Bevaqt qichqirgan xo’rozning
Tojidan qon olinar.
Besh kunim — xush kunim.
Bir kun burun sochsang,
Hafta burun o’rasan.
Bozordan qolgan bir kun qolar,
Ekishdan qolgan bir yil qolar.
Bolta tushguncha, kunda dam olar.
Bugungi ishni ertaga qo’yma.
Bultur edi kuygani,
Endi keldingmi so’rgani.
Vaqillagan vaqtni o’tkazar,
Qo’lidan naqdni ketkazar.
Vaqt aqchadur,
G’ofil bo’lma, qochadur.
Vaqt ketdi — baxt ketdi,
Toji sari taxt ketdi.
Vaqt — omad.
Vaqt tog’ni yemirar,
Suv toshni kemirar.
Vaqt o’tgandan keyin
Qilichingni toshga chop.
Vaqt — g’animat,
O’tsa — nadomat.
Vaqt — qozi.
Vaqtdan yutding — baxtdan yutding.
Vaqti yetsa, qush ham bolasiga uya qurar.
Vaqti kelsa, fil sichqondan qo’rqar.
Vaqtim bo’shga ketdi,
Erim go’shtga ketdi.
Vaqting bor — naqding bor.
Vaqting ketdi — baxting ketdi.
Vaqting ketdi — naqding ketdi.
Vaqtli harakat — oxiri barakat.
Gap — ko’p, ko’mir — oz.
Gap — ko’p, umr — oz.
Dardingning vaqti o’tsa,
Tabibdan o’pkalama.
Dehqon bo’lsang, kuz hayda,
Kuz haydamasang, yuz hayda.
Yozda ishlamagan
Qishda kesak yer.
Yozda ishlamagan
Qishda tishlamas.
Yozda kuyungan
Qishda suyunar.
Yozda mehnat qilsang,
Qishda yeysan kishmish.
Yozda mehnat qilmasang,
Qishda yeysan tirkish.
Yozda miyang qaynasa,
Qishda qozoning qaynar.
Yozda uy-joy qurmasang,
Qishda balchiq kecharsan.
Yozda yuz yama,
Qishda g’am yema.
Yozni qo’yib, qish dema,
Qishga yarasha ishing bor.
Yoshligingda kiymakka qizg’anasan,
Qariganda kiymakka uyalasan.
Yoshligingda odatlansang,
Qariganda ko’nikasan.
Qariganda odatlansang,
Ko’nikkancha ko’milasan.
Yoqti borida g’amlamasang,
Qorong’ida qarmalarsan.
Yoqut bilan vaqt topilmas,
Vaqt bilan yoqut topilar.
Jo’jani kuzda sanarlar.
Jo’ja tovuq bo’lguncha,
Kalxat ko’p kelar.
Inson umri — daryo suvi.
Yo’qolgan oltin topilar,
Yo’qolgan vaqt topilmas.
Kech boshlagan kechikar.
Kechki ekinning xatari ko’p.
Kechning xazinasidan
Ertaning nasibasi yaxshi.
Muzdan o’tsang, oldin o’t,
O’yilguncha o’tarsan.
Nonni tandirning qizig’ida yop.
Ovchi kechiksa, ang ketar.
Oldin otlangan manzilga oldin borar.
Oting borida yo’l tani,
Esing borida el tani.
Osh kutsa ham, ish kutmas.
Oqsoq qo’y tushdan keyin ma’raydi.
Og’am — olguncha,
Yangam — yeguncha.
Sayil o’tgandan keyin
Xinani ketingga qo’y.
Temirni qizig’ida bos.
Umr — ariqdan oqqan suv.
Umr temir bo’lsa ham, bir kun eriydi.
Umr — o’tkinchi mehmon.
Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar.
Chiroying borida chinoringni top.
Ekinni erta yiqqan xirmon qilar,
Kech qolgan armon qilar.
Ekinni erta ekkan,
Hosilni erta o’rar.
Erta turgan ish bitirar,
Kech turgan ko’p turtinar.
Erta turgan horimas.
Ertaga osh qolsa — davlat,
Ish qolsa — mehnat.
Ertagi savdoning dahsar og’irligi bor.
Ertalabki vaqt — naqdgina baxt.
Ertalabki ish,
Ko’ngilni qilar xush.
O’tgan vaqt yo’qolgan oltindan qimmat.
O’tgan kun topilmas,
Kelar kun sotilmas.
O’tgan umr — otilgan o’q.
Qirqida tanbur olgan
O’lganda chalar.
Qolgan ishga qor yog’ar.
Qurbaqa ham vaqti bilan vaqillar.
Har bir ishning vaqti bor,
Vaqt bilganning baxti yor.
Har meva o’z vaqtida pishar.
Har narsa o’z vaqtida yarashar.
Maqollar
Vaqt va fursat qadri haqida maqollar