TUYDUK
TUYDUK — turkman xalq puflama musiqa cholgʻusi. 3 ta turi mavjud. Gargi Tuyduk (qargʻa — qad. turkiycha — qargʻalash, insjinslarni haydash soʻzidan) — toʻgʻri ushlab chalinadigan nay. Qozoq sibizgʻasi, boshqird qu ray iga yaqin. Qamishning maxsus turidan ishlanadi. Uz. 750—800 mm, diametri — 1820 mm. Tovushi kuchli emas, oʻziga xos xiraroq tusga ega; asosiy tovush bilan birga qoʻshimcha shipillaydigan tovush eshitiladi. Oldingi davrlarda tabobat (davolash), jodu marosimlarida keng qoʻllanilgan (nomi shundan).
Ensiklopediya.uz
TUYDUK