SHIRK

SHIRK

SHIRK (arab.) — Allohning sherigi bor deb bilish, koʻpxudolilik. Islomga koʻra, Allohdan boshqa «iloh»larga, shuningdek, butlar va odamlarga sigʻinish katta gunoh, kufr hisoblanadi. Allohdan oʻzgaga topinuvchilar mushrikdirlar. Qurʼonga koʻra, Shirk kechirilmaydigan gunoh hisoblanadi. Isteʼmolda kofirni mushrik, mushrikni kofir, deb atab kelinadi.

Ensiklopediya.uz
SHIRK