TOLUOL
TOLUOL (ispancha tolu — Tolu balzami — shundan ilk bor Toluol olingan) , metilbenzol, S6N5SN3 — aromatik uglevodorod; yonuvchan, rangsiz suyukdik, benzol hidi keladi; qaynash trasi 110,6°; zichligi 870 kg/m3 (20° da). Koʻpchilik organik erituvchilar bilan aralashadi. Toluol baʼzi neftlar, toshkoʻmir smolasi va koks gazida boʻladi. Sanoatda neft fraksiyasini termik ishlash mahsulotlaridan olinadi.
Ensiklopediya.uz
TOLUOL