SHLAK
SHLAK (nem.) , toshqol — 1) metallurgiyada — eritish jarayonlarida (mas, poʻlat eritishda) suyuq metall sirtini qoplovchi (soviganda toshsimon yoki shishasimon holatga oʻtuvchi) eritma. Shlak pechga maxsus solinadigan flyus, metallurgiya reaksiyalari natijasida ajralib chiqadigan qoʻshilmalar va yoqilgʻi kulidan iborat. Asosiy komponentlari — kislotali oksidlar §Yu2 va asosli oksidlar SaO, GʻyeO, M§0, shuningdek neytral oksidlar A1203, 2pO. Tarkibidagi bu oksidlarning miqdoriga qarab, Shlak asosli yoki kislotali boʻlishi mumkin.
Ensiklopediya.uz
SHLAK