Sezar salati — resepti, bosqichlari + rasmlar bilan, tavsiyalar, sousi va

Sezar salati — resepti, bosqichlari + rasmlar bilan, tavsiyalar, sousi va

Sezar salati — resepti, bosqichlari + rasmlar bilan, tavsiyalar, sousi va

Mundarija скрыть
Sezar salati — resepti, bosqichlari + rasmlar bilan, tavsiyalar, sousi va
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Sezar salati so’nggi paytda juda mashhur bo’lib bormoqda. U ko’plab turli reseptlarga ega, unga qisqichbaqa, tovuq, kurka go’shti, tovuq yoku bedana tuxumlari, shampinyon, brinza, pishloq, yong’oq, bulg’or qalampiri va hatto jo’xori, mayiz yoki ananas ham qo’shib tayyorlanadigan turlari mavjud. Ushbu maqolada esa an’anaviy tovuq go’shtidan tayyorlanadigan sezar retsepti keltiriladi.
Salatning nomlanishi Rim imperatori Yuliy Sezar bilan hech qanday bog’liqlikka ega emas. U salatni o’ylab topgan Sezar Kardini (Caesar Cardini) nomiga atalgan.
SEZAR SALATI TAYYORLASH RESEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 6
Kerakli masalliqlar

Salat uchun:

Tovuq filesi – 400 g
Aysberg salati – 1 bosh
Cherri pomidorlari – 200 g
Parmezan pishlog’i – 100 g
Oq non – yarimta
Sarimsoq – 2 tishcha
Zaytun moyi – 3 osh qoshiq
Tuz, murch.
Sousi uchun:

Tuxum – 2 dona
Zaytun moyi – 60 ml
Xantal – 2 choy qoshiq
Limon sharbati – 3 osh qoshiq
Sarimsoq – 2 tishcha
Parmezan pishlog’i – 50 g
Tuz.
TAYYORLANISHI
Sousini tayyorlash:

Idishda suv qaynatib olinadi va olovdan olinadi. Tuxum butunligicha qaynoq suvga solib, unda 1 daqiqa davomida ushlab turiladi, so’ng suvdan chiqarib olib, xona haroratida 10-15 daqiqa davomida sovutiladi. U biron idish yoki blender chashkasiga chaqib solinadi.

Tuxum sovuq bo’lmasligi kerak, ularni sovutgichdan 1-2 soat oldin chiqarib, 10-15 daqiqa davomida iliq suv solingan idishga qo’yib olish kerak.
Sarimsoq po’stidan tozalanadi va eziladi. Limondan sharbati siqib olinadi.
Parmezan qirg’ichning mayda tishidan chiqariladi.
Sous uchun barcha masalliqlar blender idishiga solinadi va bir xil massa hosil bo’lguncha maydalanadi. Sezar uchun sous tayyor.

Salatni tayyorlash:

Dastlab oq bo’lka nondan (yoki uzun batondan) yarmi kesib olinadi va ustki qavati olib tashlanadi. So’ng non kubik shaklida kesiladi.
Sarimsoq po’stidan tozalanadi va pichoqning yon tomoni bilan eziladi, kichikroq idishga solinadi va ustidan zaytun moyi quyiladi. Idish 20-30 soniyaga mikroto’lqinli pechga qo’yib olinadi, buning natijasida moy o’ziga sarimsoqning xushbo’yligini oladi.
Non kubiklari protivenga bir tekis qilib teriladi va bir xilda sarimsoqli zaytun moyi surtiladi. Protiven nonning yuzasida tillarang tus hosil bo’lguncha 10-15 daqiqaga 180 °C gacha qizdirilgan pechga qo’yiladi.

Tovuq filesi yuviladi, ikkiga bo’linadi, so’ng taxminan 10 sm uzunlikdagi bo’laklarga bo’linadi. Go’shtga tuz va murch sepiladi.

Tovaga ozgina zaytun moyini solib, qizdiriladi va tovuq go’shti tillarang tusga kirguncha har ikki tomonidan o’rta olovda qovurib olinadi. Go’shtning har bir qismi kichik bo’laklarga bo’linadi (bir bo’lagidan bir portsitya salat chiqadi).

Aysberg yuviladi, bargalari ajratiladi.

Ushbu turdagi salat bargining oddiy salat bargidan farqi, sous quyilganda yumshab qolmasligida. U doim qarsildoqligicha qoladi.
Aysberg barglari yetarlicha katta bo’laklarga ajratiladi.

Salat barglarini pichoq bilan emas, qo’llar yordamida bo’lish kerak. Chunki metall bilan aloqa qilib, barglar achchiq ta’m berishi mumkin. Qolaversa, birinchi usulda ularning ko’rinishi ham chiroyliroq bo’ladi.

Cherri pomidorlari yuviladi va teng ikkiga bo’linadi (agar kattaroq bo’lsa, chorak qismga).
Parmezan sabzavotni archish uchun pichoq bilan ingichka plastinkalar qilib kesiladi.

Endi, salat uchun barcha masalliqlar tayyor bo’lganda uni terish qoldi. Likopchaga aysberg barglari teriladi, ustidan tovuq go’shti va parmizan qo’yiladi. Keyingi qavatda suxariklar va pomidorlar teriladi va saltga sous quyiladi. Sezar salati tayyor, yoqimli ishtaha!

Sezar salati - resepti, bosqichlari + rasmlar bilan, tavsiyalar, sousi va suxariklari
Sezar salati — resepti, bosqichlari + rasmlar bilan, tavsiyalar, sousi va suxariklari
TAVSIYALAR
Agar aysberg salatini topish qiyin bo’lsa, uning o’rniga oddiy salat barglaridan yoki pekin karamidan foydalanish mumkin.
Sousni tayyorlash uchun kerak bo’ladigan masalliqlar qo’l ostida topilmasa, yana bir retespti – mayonez, xantal, o’simlik moyi, limon sharbati va sarimsoqni aralashtirishdir.
Nonni kesish muammo bo’lmasligi uchun tayyor sarimsoqli suxarik sotib olish ham mumkin. Lekin ular uy sharoitida tayyorlangani kabi mazali bo’lmaydi.

bosqichlari + rasmlar bilan, Sezar salati — resepti, sousi va, tavsiyalar