O‘zbekistondagi oziq-ovqat yetkazib beruvchi internet-do‘konlar

O‘zbekistondagi oziq-ovqat yetkazib beruvchi internet-do‘konlar

O‘zbekistondagi oziq-ovqat yetkazib beruvchi internet-do‘konlar

Kundalik ehtiyoj uchun oziq-ovqat va mahsulotlarning internet orqali yetkazib berilishi — juda qulay. Bozor va do’konlarni aylanish uchun vaqt sarflash, mahsulotlar solingan og’ir sumkalarni ko’tarib yurish kerak emas, saytda buyurtmani rasmiylashtirish kifoya, buyog’iga faqat kuryerning yukni yetkazib berishini kutish kerak.

O’zbekistonda, elektron tijoratni rivojlantirishdagi qator qiyinchiliklar tufayli, to’laqonli internet-do’kon deb atash mumkin bo’lgan loyihalar hozircha juda kam (foydalanuvchi mahsulotni tanlasa, biroq pulini mahsulot yetkazib berilganidan so’ng naqd ko’rinishda to’lasa, bu — oddiy vitrina, buyurtma uchun saytning o’zida to’lovni amalga oshirish mumkin bo’lsa — do’kon ).

Hozirda Click, UzCard, Mbank to’lov tizimlari rivojlanib borishi bilan «haqiqiy» internet-do’konlar paydo bo’la boshlaydi. Tadbirkorlarga to’lov tizimlaridan nima kerak? Asosan, komissiya uchun past foiz. Hozirda to’lov tizimlarining eng kam foizi 6 foizdan boshlanadi, ushbu summaga to’lovni amalga oshiradigan banklar foizlari ham kiritilgan. Xorijda bu internet orqali sotiladigan mahsulot va xizmatlar narxini ko’taradigan juda katta foiz deb hisoblanadi. Eng ko’pi bilan 2—3 foiz ko’rsatkichga erishilsa, bu elektron savdo-sotiq rivojlanishiga katta turtki bergan bo’lardi.

Oziq-ovqatlarni yetkazib berish bo’yicha birinchi internet-do’kon bo’lib ko’p yillar davomida Korzinka.uz xizmati hisoblanib keldi. Yaqinda loyiha yangi sayt bilan qaytadan ishga tushirildi, u yerda ushbu supermarketlar tarmog’idagi mahsulotlarni buyurtma qilish mumkin, biroq to’laqonli do’kon (onlayn tarzda to’lash mumkin bo’lgan) tarmoqda hozircha yo’q. Buyurtmalar uchun to’lov ular yetkazib berilganidan so’ng hozircha faqat naqd ko’rinishda amalga oshiriladi. Yetkazib berish taksi xizmati orqali bo’ladi.

Arba.uz servisi qulay xizmatni taqdim etadi — to’lov naqd pul, plastik karta va saytning o’zida Click.uz tizimi orqali qabul qilinadi. Loyiha haqida yaxshi fikrlar bildirilgan, uning o’z yetkazib berish xizmati va mijozlar uchun turli aksiyalari bor.

Arba.uz — uy uchun oziq-ovqat va mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha hozircha yagona «haqiqiy» internet-do’kon deyish mumkin. Bir yil avval bozorda yana bir loyiha eSavdo.uz mavjud edi, u ham to’lovni onlayn tarzda qabul qilib, katta turdagi mahsulotlarni taqdim etar edi, biroq ayni paytda loyiha yopilgan.

Juda ko’plab savdo maydonchalari bozorga chiqqach, turli sabablarga ko’ra yopilib ketdi. Yaqinda O’zbekiston bozorida 3—4 oy ishlashga ulgurgan Kaymu.uz xalqaro loyihasi yopildi.

Ushbu sharhda qaysi servislarni unutib qoldirdik? Siz qanday servislardan foydalanasiz? Sizning fikringizcha, loyihalar nima sababdan yopilmoqda?

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
O‘zbekistondagi oziq-ovqat yetkazib beruvchi internet-do‘konlar