Ota-onalar dars jarayonini kamerada kuzatib borishi mumkinmi?
Ota-onalar dars jarayonini kamerada kuzatib turishmoqchi, bu qanchalik to‘g‘ri? Savol: Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi: Ota-onalar tomonidan sinf xonalariga kamera o‘rnatilib, dars jarayonini kuzatib borish ham dars jarayoniga aralashish hisoblanadi. Shuningdek, ushbu harakatlar qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa qoidalarga ham to‘g‘ri kelmaydi. Davlat umumta’lim muassasalariga nazorat kameralarini o‘rnatish «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda sinf xonalarga ham kuzatuv kameralari o‘rnatilganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni, «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida sinf xonasiga ham kuzatuv kameralari o‘rnatish mumkindir, ammo kamera tasvirga olgan lavhalar jamoatchilikka taqdim etilmasligi lozim deb hisoblaymiz.Ota-onalar dars jarayonini kamerada kuzatib borishi mumkinmi?
DO`STLARGA ULASHING:
Maktab sinf xonasida bo‘lib o‘tadigan dars jarayonini ota-onalar tomonidan kuzatib borish maqsadida videokamera o‘rnatish mumkinmi? Buni tartibi qanday? Bu bo‘yicha ta’lim oid hujjatlarda nimalar deyilgan? Agar bu narsaga sinf ota-onalar yig‘ilishida qaror qilingan bo‘lsa qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 31 avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»ga ko‘ra, o‘quvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ta’lim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.
Ota-onalar dars jarayonini kamerada kuzatib borishi mumkinmi?