2023-2024 o‘quv yili ham maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladimi?

2023-2024 o‘quv yili ham maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladimi?
2023 2024 oquv yili ham maktab darsliklari ijarasi bepul boladimi 66daf10b0fb73

2023 2024 o%E2%80%98quv yili ham maktab darsliklari ijarasi bepul bo%E2%80%98ladimi

2023-2024 o‘quv yili ham maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Kelasi o‘quv yilida ham maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladimi? 2023-2024 o‘quv yili maktab darsliklari ijarasi nima bo‘ladi?

Ma’lumki, 2022-2023 o‘quv yilida darsliklar ijara narxlarining oshirilishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng Prezidentning topshirig‘i bilan 500 mlrd so‘mga yaqin pul davlat budjetidan to‘lab berilib, shu yili darsliklar ijarasi bekor qilingandi.

Shu sababli juda ko‘pchilik pedagog va ota-onalar mazkur o‘quv yilida ham maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladimi degan mazmunda savol bermoqda.

Xabaringiz bor, 2023 yil uchun davlat budjetidan Xalq ta’limi vazirligiga 26,7 trln ajratilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, davlat budjeti parametrlarida Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga ham mablag‘ ajratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, kelasi yilgi darsliklar ijarasi uchun ham davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan.

Shu bilan birga maktab darsliklarining ijara to‘lovini to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplash hamda o‘quvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilingani sababli Prezidentning 2023 yil 26 maydagi PF-79-sonli Farmoni bilan budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyati ham tugatildi. Uning barcha funksiyalari esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazildi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, endi har yili maktab darsliklarining ijara to‘lovi to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplanib, darsliklar o‘quvchilarga bepul foydalanishga beriladi.

2023-2024 o‘quv yili ham maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladimi?