Laylatul qadir kechasi haqida sherlar
Quvonchdan koʼzimdan yogʼmoqdadir sel, Sevmadi pok qalbim cherkov bongini, «Rojdestvo»ni deya dard yutganim yoʼq, Xaqning marxamati bunchalar xam keng,Laylatul qadir kechasi haqida sherlar
DO`STLARGA ULASHING:
Seni uzoq kutdi eng bagʼrikeng el.
Ey manim ming oydan yaxshirogʼim kel,
Xis qilay baxt nadir, sakiynat nadir?
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
Masjid band qilgan-chun moʼmin ongini,
Ramazon toʼkkandek qalbim zangini,
Seni intiq kutdim, libosim sabr,
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
Yohud «Xelluin»ni zor kutganim yoʼq.
Menga sanchilguncha ajal degan oʼq,
Qalbimni xushnud qil yutguncha qabr,
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
Barokatli oqshom qilmish seni eng.
Sakson uch yil birla boʼlibdirsan teng,
Baxtliman, bildimku Xaq ishqi nadir,
Tashrifing muborak Laylat-ul qadr!
Laylatul qadir kechasi haqida sherlar